Jazolash - bu tarbiyalanuvchining hatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo turlari.
Tanbeh berish - eng yengil jazo chorasidir. O'qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo'yish mumkin.
2. Uyaltirish - odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo'lsa, avvalo, o'zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo'ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o'stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi.
3. Jamoada muhokama qilish - o'quvchiga jamoa tomonidan qo'llab-quvvatlangan jazo berilsa uning ta'sir kuchi yana oshadi.
4. Ogohlantirish - noma'qul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo'Ilaniladi.
5. Xayfsan berish - agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o'quvchi belgilangan intizomni buzaversa o'quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e'tboriga olib unga xayfsan e'lon qilish mumkin.
O'Z-O’ZINI TARBIYALASH METODLARI
O'quvchida o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo'lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo'ladi O'quvchilar o'qishda, tarbiyada, dam olishda o'z-o'zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o'z-o'zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O'z-o'zini tarbiyalash metodlari quyidagilardir:
1.Shaxsiy maiburiyatlar olish
2. O`z-o`zini nazorat qilish
3.O'z-o'zini tahlil qilish.
4. O'z-o'zini baholash
Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari.
Suhbatlar
Bahs-munozaralar uyushtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |