Mavzuning dolzarblig
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish
Download 56.89 Kb.
|
xursonoy
2.2. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish
Maktab o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda diqqatning barcha turlariga xos xususiyatlarni hisobga olish zarur. O‘quv jarayonida ixtiyorsiz diqqat muhim rol o‘ynaydi. Ixtiyorsiz diqqatning boshlang‘ich sinflardagi roli ayniqsa kattadir. Negaki, kichik yoshidagi o‘quvchilarda diqqatni ixtiyoriy ravishda biror narsaga qaratish qobiliyati sust rivojlangan bo‘ladi. Lekin hatto quyi sinflarda ham o‘quv-tarbiya jarayonini diqqatning faqat ana shu turiga asoslangan holda olib borish maqsadga muvofiq emas. Ushinskiy qayd etib ketganidek, «o‘z darsingizni maroqli o‘tkazar ekansiz, bolalarni zeriktirib qo‘yishdan qo‘rqmasligingiz mumkin, lekin shuni esda tutingki, mashg‘ulotda hamma narsa ham maroqli bo‘lavermasligi mumkin, aksincha muqarrar zerikarli narsalar ham bo‘ladi va shunday bo‘lishi ham kerak. Bolani uni qiziqtirgan ishnigina emas, balki qiziqtirmaydigan ishni ham bajarishga - zavq – shavq olish maqsadida o‘z burchini ado etishga o‘rgating. Maktab ish tajribasida uning uchun ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni birga ko‘shib olib borish va ixtiyorsiz diqqatga tayangan holda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash zarur. Diqqatni irodaviy kuch-g‘ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab turish o‘ta zo‘riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo‘yadi. O‘qitish jarayonida ixtiyoriydan so‘nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqatga xos bo‘lgan qiziqish shaxsning faolligiga bog‘liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik alomatlarining gavdalanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Maktab tajribasida bunga ta’limning muammoliligi, ijodiy topshiriqlardan foydalanish va hokazolar yordam beradi. Butun o‘qitish jarayonini to‘g‘ri va puxta uyushtirish o‘quvchi diqqatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatliligi shartlaridan biri bo‘lgani holda uning shakllanishi ham ushbu jarayonning o‘zida yuz beradi. O‘quv faoliyati ayniqsa ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Maktab yoshi uning faol shakllanadigan guruh shaklidagi o‘sha faoliyatning alohida fazilatini tashkil etadi. Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda, konkret faoliyatga xos munosabat yoki sub’ekt - sub’ekt munosabati qabilida yonmayon mavjud bo‘lgan sub’ekt-ob’ekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin bilvosita namoyon bo‘lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatning emas, balki munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Chuqurroq yondashiladigan bo‘lsa, bevosita sub’ekt-sub’ekt aloqasi shunchaki o‘zicha mavjud bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki xayoliy ob’ektlar) vositasida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat ob’ekti (sub’ekt - ob’ekt - sub’ekt) orqali namoyon bo‘ladi, demakdir. O‘z navbatida individning konkret faoliyatiga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishi bo‘lib ko‘ringan narsa aslida bilvositalik hosilasi hisoblanadi. Buning ustiga shaxs uchun bilvosita ifodalanish bo‘g‘ini endilikda faoliyat ob’ekti ham emas, uning konkret mohiyati ham emas, balki faoliyatda birgalikda ishtirok etayotgan boshqa bir kishining shaxsi hisoblanadiki, u bamisoli faoliyat ob’ektini yaxshiroq idrok etish, anglab olish, his qilish mumkin bo‘lgan nurning aksini sindirib qaytaradigan uskuna sifatida xizmat qiladi. O‘zimni bezovta qilayotgan savolga javob topish uchun men boshqa birovga murojaat kilaman. Aytilganlarning hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt - ob’ekt - sub’ektlararo va sub’ekt - sub’ekt - ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror sistemasi sub’ekti sifatida anglab etish imkonini beradi. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik kilsa,kichik maktab yoshilik davrida bola uz diqqatini uzi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilpnadi. Kichik maktab yoshi uz diqqatini tula ravishda uzi uchun axvmiyatli bulgan va yukori natijalarga erishishi mumkin bulgan faoliyatlarga karata oladi. Kichik maktab yoshining diqqati yaxshi boshkariladiganva nazorat etiladigan darajada rivojlangan bulishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doimo ko‘llab- quvvatlanishi zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga kutarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, kichik maktab yoshining dars jarayonida o‘z tengdoshlari orasida uzini ko‘rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham kichik maktab yoshidagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Psixologiya fanida xotira masalalarini o‘rganish jarayonining asosiy yo‘nalishini belgilaydigan xotiraning amaliyotga bog‘liqligi konsepsiyasining mohiyati aynan shundan iboratdir. Esda olib qolish jarayonining ta’rifiga uning barcha darajalari va shakllaishining barcha bosqichlarida, shu jumladan, eng boshlang‘ich bosqichida, ya’ni qisqa muddatli esda olib qolish darajasida ham ana shu nuqtai nazardan yondashishi kerak. Agar bizga bir nechta tasodifiy raqamlar, harflar yoki so‘zlarni o‘qib berib, ularni darhol takrorlashimizni so‘rashsa, buni sira ham qiynalmasdan bajargan bo‘lardik. Hatto bir qator ma’nosiz bo‘g‘inlarni yana qayta esga tushirish ham bizda unchalik qiyinchilik tug‘dirmasdi. Talaffuz etilgandan keyin birmuncha vaqt o‘tgach, biz bu ishning uddasidan chiqa olmasdik. Bu qisqa muddatli esda olib qolish demakdir. Mazkur qatorni hatto uzoq vaqt mobaynida esda saqlab qolish uchun ham uni bir necha marta takrorlashimizga ehtimol, hatto esda olib qolishning allaqanday maxsus usullaridan foydalanishimizga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Bunday yo‘sindagi esda olib qolish uzoq muddatli esda olib qolish bo‘lar edi. «Qisqa muddatli esda olib qolish» degan nomning o‘ziyoq tegishli tasniflashga, avvalo, vaqtga oid belgi asos qilib olinganligini ko‘rsatadi. Biroq vaqt o‘lchovi xotira hodisalarini anglab yetishda har qancha muhimligiga qaramay o‘zicha qisqa muddatli esda olib qolishga tugal bir ta’rif berilishini ta’minlay olmaydi. Xotira jarayonlarini o‘rganishda uning turli xil vaqt sharoitlarida axborotni o‘zlashtirish borasida kishi faoliyati xususiyatiga bog‘liqligini aniqlashi kerak. Shu narsa aniqlanganki, esda olib qolish yuqoridan berilgan programmaga ko‘ra boshqariladi, ya’ni kishining esda olib qoladigan material ishtirokida amalga oshiradigan faoliyati xususiyati bilan belgilanadi. Hozirgi paytda qisqa muddatli esda olib qolishning kishi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatning xarakteriga u bajarayotgan vazifaning xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Qisqa muddatli esda olib qolishni tadqiq qilishda hozirga qadar asosan ikkita omil: ekspozidiya vaqti va taqdim etilayotgan material variatsiyalanadi. Sinaluvchi o‘z faoliyati davomida bajaradigan vazifa esa o‘zgarmasdan qolaveradi, chunki u doimo mnemik vazifadan iborat bo‘lgan. Uning uchun ham materialni muayyan vaqt tartibiga ko‘ra taqdim etishda esda olib qolish hajmi o‘zgarmasdan qolaverganligi tabiiydir. Hozirgi paytda turli xildagi bilish va mnemik vazifalar qisqa muddatli esda olib qolishning mahsuldorligiga turlicha ta’sir ko‘rsatishdan dalolat beradigan ma’lumotlar olingan. Bu ma’lumotlar qisqa muddatli esda olib qolish odatda u o‘rganilgan o‘sha vaqt oralig‘ida aqalli bevosita esda olib qolish ham bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Qisqa muddatli esda olib kolish sharoitlarida hal etilishi uchun avtomatlashtirilgan harakat usullari qo‘llaniladigan vazifalargina mahsuldor bo‘lishi aniqlandi. Materialni o‘zlashtirishning kengaytirilgap usullarini qo‘llanishni taqozo etadigan vazifalar qisqa muddat mobaynida taqdim qilingan sharoitda esda olib qolishning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Shunga asoslanib qisqa muddatli esda olib qolishni ma’lum vaqt oralig‘ida kishining material bilan ishlash faoliyatida faqat avtomatlashtirilgan usullarni qo‘llanib ishlash imkonini beruvchi esda olib qolish deb ta’riflash mumkin. Operativ esda olib qolish deb ataladigan eslab qolishni qisqa va uzoq muddatli esda olib qolish o‘rtasidagi oraliq darajalaridan biri deb hisoblash mumkin. Operativ esda olib qolishni kishining odatdagi harakatlariga xizmat qiluvchi xotira jarayoni deb ta’riflash mumkin. U kishi bajarayotgan harakatning har bir konkret jarayonida biron natijaga erishish sharoitlaridan biri sifatida yuz beradi. Operativ xotiraning unumliligini va demak, u xizmat ko‘rsatayotgan faoliyatning muvaffaqiyatliligini ta’riflashda xotiraning bizga xozirgacha ma’lum bo‘lgan operativ birliklari, ya’ni unda harakat maqsadlariga erishish jarayonida saqlanib turadigan muayyan hajmdagi material markaziy o‘rinni egallaydi. Xotiraning operativ birliklari har xil darajada bo‘lishi mumkin. Maqbul darajadagi operativ birlikni shakllantirish - operativ xotiraning va u xizmat ko‘rsatadigan faoliyatning unumliligini oshirishda asosiy vositadir. Uzoq muddatli xotiraga shaxs faoliyatining hayotiy muhim maqsadlariga erishishda taktik jihatdangina emas, balki. strategik jihatdan ahamiyat kasb etgan axborot kelib turadi. Uzoq muddatli esda olib qolish kishi faoliyatining qonuniy mahsuli bo‘lib, harakatlar bilan shunchaki qo‘shilib keladigan «iz qoldiruvchi» samara hisoblanmasdan, balki eng avvalo uning kechishi uchun ichki zaruriy shart sifatida shakllanadi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, har qanday materialning esda olib qolinishi - bundan oldingi harakatning mahsuli va shu bilan birga kelgusi harakatni amalga oshirish vositasi hamdir. Ta’lim berishda faqat ixtiyoriy esda olib qolishga emas, balki ixtiyorsiz esda olib qolishga ham tayanish kerak. Ularni qiyoslab o‘rganish esda har biri ham g‘oyat katta foyda keltiradigan muhim shart-sharoitlarni ko‘rsatib berdi. Bu xildagi o‘rganish natijalari o‘kuvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlarida ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolishning tutgan o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Ob’ektlarni tasniflash jarayonida, ya’ni faol aqliy faoliyat jarayonida ularning ixtiyorsiz esda olib qolishni materialni faqat idrok etishga asoslangan holda amalga oshiriladigan ixtiyoriy esda olib qolishga nisbatan yaxshiroq natijalarga olib keldi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilar nisbatan murakkab matnning mazmunini tushunib etish uchun o‘rin tuzib olganlarida ular matnni oddiy o‘qib chiqishgagina tayangan holda ixtiyoriy esda olib qolishga qaraganda yaxshiroq esda olib qolishdi. Binobarin, ixtiyoriy esda olib qolish material ustida ish olib borishning mazmunliroq va faolroq usullariga tayangan taqdirda u bunday usullardan foydalanmasdan ixtiyoriy esda olib qolishga nisbatan bir muncha unumliroq bo‘ladi. Material ustida bir xil usulda ish olib borilayotgan sharoitlarda maktabgacha tarbiya yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz esda olib qolish ancha unumli bo‘lib qolgani holda, o‘rta sinf o‘quvchilari va katta yoshli kishilarda bu asta-sekin o‘z ustunligini yo‘qotadi, ularda ixtiyoriy esda olib qolish tobora unumliroq bo‘la boradi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolishning unumliligi nisbatida yuz bergan bu o‘zgarishlar bilish va mnemik harakatlar o‘rtasida ularning shakllanish jarayonida xosil bo‘ladigan murakkab bog‘lanishlar bilan izohlanadi. Mnemik harakatlar bilish harakatlari zamirida shakllanib, ulardan orqaroqda turadi. Tasniflash bilish harakati sifatida shakllanishning muayyan darajasiga ko‘tarilgan taqdirda esda olib qolish usuli rolini o‘ynashi mumkin. Tasniflashni o‘rganib olgandan keyingina bu aqliy harakatni ixtiyoriy esda olib qolish usuli sifatida qo‘llansa bo‘ladi. Bu qonuniyat tayyor o‘rindan foydalanilgan yoki mustaqil o‘rin uzib olgan holda ishlash usullari bilan matnni ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib qolish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalarda ham namoyon bo‘ldi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqat va xotirani rivojlantirish muammosi psixologlar tomonidan har tomonlama tadqiq etilishiga qaramay, unga har xil tomondan turib yondashilgan va bu muammo turli aspektlarda yoritilgan. Shunga qaramay, zamonaviy kichik maktab yoshidagi bolalarning xotirasi shakllanishi va rivojlanishini diagnostika qilish orqali uni o‘rganish asosida xotirani muntazam rivojlantirib borish zarurligi mavzuning dolzarbligini yana bir bor ta’kidlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun shu xarakterlidirki, ular esda qoldirishning eng ma’qul, eng samarali usul va yo‘llarini izlaydilar, ular mavjud sharoitning esda qoldirish uchun qulay bo‘lish-bo‘lmasligini biladilar va esda qoldirish uchun talab qilinadigan vaqtning ham hisobiga bora oladilar. O‘quvchilar shaxsiy tajribalariga asoslanib, materialni mumkin qadar mahkamroq esda qoldirish uchun dars vaqtida o‘qituvchining tushuntirishlarini qanday tinglash, materialni qanday tartibda o‘qish va uni takrorlash uchun qanday usullardan foydalanish kerakligi to‘g‘risida muhokama yurita boshlaydilar. Ular esda qoldirish uchun eng qulay payt qaysi payt ekanini ham hisobga ola biladilar. O‘quvchilar materialni puxta bilib, tushunib olish yo‘llari to‘g‘risida beriladigan maslahatlarni zo‘r havas va ishtiyoq bilan tinglaydilar. O‘quvchilar tez va puxta esda qoldirishda tafakkur, diqqat, qiziqish va hissiyotning qanday ahamiyati borligini ham tushunadilar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ivanov P.I. Xulosa Men ushbu kurs ishimda ta‘lim jarayonini tashkil etishdagi ta‘lim vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim. Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim vositalarining ahamiyati katta. Xalqimizda ajoyib naql bor ―Ish quroling soz bo‘lsa,mashaqqating oz bo‘lur ‖.Rivojlanib borayotgan texnikalashuv sharayotida, albatta ta‘lim vositalari ham yangilashib borishi tabiiy. Kurs ishida nomlari keltirilgan zamonaviy ta‘lim vositalaridan kelajakda akadamik litsey maktab va oily o‘quv yurtlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta‘lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro bog‘liklikda loyihalash ko‘pincha an‘anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jaxon pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o‘qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‘yicha o‘zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‘argan tajribani aniq o‘quv fani doirasida o‘zlashtirish bilan bog‘liq. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ milliy ta‘lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash oliy ta‘lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Download 56.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling