Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan tarixan qisqa vaqt ichida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi


Download 36.86 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.86 Kb.
#1619985
1   2   3   4
Bog'liq
dildor 01

Tadqiqot ob’yekti: xalq og‘zaki ijodi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: xalq og‘zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalashning mazmuni, vositalari, shakl va metodlari.
Tadqiqot metodlari: mavzuga doir falsafiy, psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish, maktab o‘quv metodik xujjatlarini, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tahlil etish, kuzatish, suxbat, umumlashtirish, so‘rovnomalar hamda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, matematik-statistik taxlil.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar:

  • milliy g’urur tarbiyasida o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari, tarbiyalanganlik darajasi xisobga olinsa;

  • o‘quvchilarda milliy g‘ururni tarbiyalashga xizmat qiladigan yaxlit pedagogik tizim ishlab chiqilsa;

10


  • xalq og‘zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g‘ururni tarbiyalash mezonlari ishlab chiqilsa;



  • xalk ogzaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash



  • modeli yaratilsa: xalk og’zaki ijodi namunalari taxlilida milliy g‘urur tarbiyasiga



  • izchil etibor qaratilsa, ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishish mumkin.


Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim- tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari, nutq va ma’ruzalaridagi manaviy, ma’rifiy, axloqiy, vatanparvarlik, milliy g‘urur tarbiyasiga doir nazariy qarashlari; "Umumiy o‘rta talimni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi", "Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi", Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya, milliy g’urur va o‘zlikni anglash bilan bog‘liq qarashlari, milliy mafkura va istiqlol g’oyasi, xalq pedagogikasining asosiy yo‘nalishlari, Respublikamiz hamda hamdo‘stlik mamlakatlaridagi falsafa, psixologiya, pedagogika, etnografiya, sosiologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlari ifodalangan ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etadi.

Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling