Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan tarixan qisqa vaqt ichida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi
Himoyaga olib chiqilayotan asosiy holatlar
Download 36.86 Kb.
|
dildor 01
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning nazariy ahamiyati
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati
- 3 bosqichda
- Ishning sinovdan o‘tishi (aprobasiyasi).
- Natijalarning e’lon qilinganligi.
Himoyaga olib chiqilayotan asosiy holatlar:
xalq og’zaki ijodi asosida boshlang’ich sinf o‘quvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash mezonlari; boshlang’ich sinf o‘quvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi asarlaridan foydalanishning shart-sharoitlari; o‘quvchilarda milliy g‘ururni tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi asarlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va samarali usullari; o‘quvchilarda milliy g‘ururni tarbiyalash modeli. 11
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida xalq og’zaki ijodi asosida milliy g’ururni tarbiyalash pedagogik muammo sifatida tadqiq etildi: milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari ishlab chiqildi; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalash mazmuni, shakli, vosita va metodlari aniqlandi, xalq og’zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash mezonlari ishlab chiqildi; xalq og’zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash modeli yaratildi milliy g‘ururni tarbiyalash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning samaradorlik darajasi aniqlandi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati: boshlang’ich sinflarning o‘qish va odobnoma darslarida xalq og‘zaki ijodi asarlari taxlili vositasida milliy g’urur tarbiyasining hozirgi holati, pedagogik shart-sharoitlari aniqlanib, yetakchi metodlari, shakl va usullari, vositalarining tizimlashtirilgani, shuningdek, milliy g‘urur tushunchasining mazmun- moxiyati va funksiyalari ilmiy pedagogik nuqtai nazardan asoslangani, dars va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda milliy g‘ururni tarbiyalash imkoniyatlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgani bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: xalq og’zaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o’quvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalashning bir butun tizimi yaratildi; o‘quvchilarda milliy shakllanish darajalari va mezonlari aniqlandi; milliy g’urur tarbiyasiga doir yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqildi. 12
1. 2000-2003 yillarda muammoga doir falsafiy, ijtimoiy- psixologik, pedagogik adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida xalq og’zaki ijodi namunalari misolida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash bo‘yicha to‘plangan ilg‘or ish tajribalari kuzatildi, tahlil etildi va umumlashtirildi. Boshlang‘ich ta’limning Davlat Ta’lim standarti, o‘quv dasturlari, O‘qish kitobi", "Odobnoma" darsliklari o‘rganilib, mashg‘ulotlar kuzatildi. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga doir maktablar aniqlandi. 2. 2003-2006 yillardagi tajriba-sinov bosqichida xalq og’zaki ijodi materiallaridan foydalangan xolda boshlangich sinf o‘quvchilarida milliy g’urur tushunchasini tarbiyalashga qaratilgan dars, darsdan tashkari tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakl xamda metodlari, milliy g‘ururni tarbiyalash modeli ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov maydonlarida sinovdan o‘tkazildi. 3. 2007-2011 yillarda olib borilgan tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari matematik-statistik usulda qayta ishlandi, xulosalar umumlashtirildi va mavzuga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ishning sinovdan o‘tishi (aprobasiyasi). Tadqiqot bo‘yicha asosiy materiallarni yig‘ish, tahlil qilish Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 90-, 114-sonli, hamda Toshkent viloyati Zangaota tumaniga qarashli 45-sonli, shuningdek, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumaniga qarashli 73-sonli maktablarning boshlang‘ich sinflarida amalga oshirildi. Natijalarning e’lon qilinganligi. Tadqiqot ishi bo‘yicha 3 ta metodik qo‘llanma. 3 ta hamdo‘stlik mamlakatlari, 8 ta respublika jurnallari, 6 ta ilmiy to‘plamlarda maqolalar chop etilgan. 13 Download 36.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling