BAHOLASH METODLARI. - URGANCH ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI SALOMATLIK TEXNIKUMI “MAXSUS FANLAR” KAFEDRASINING YETAKCHI O’QITUVCHISI: MAXMUDOVA M.A.
Baholash - Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
- Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Nima uchun baholash kerak? - O’quv maqsadlariga erishilganligini aniqlash uchun;
- Keyingi bosqichga o’tishdan oldin avvalgi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
- Natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
- Ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
- Ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
- Ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak? - Nazariy bilimlarni;
- Amaliy ko’nikma va malakalarni;
- Hulq-atvor va shahsiy fazilatlarni.
- Qachon baholash kerak?
- Ta’lim jarayoni boshida – boshlang’ich nazorat;
- Ta’lim jarayoni davomida – joriy baholash;
- Ta’lim jarayoni yakunida – yakuniy baholash.
Baholash o’tkazish vaqtiga ko’ra 3 turga bo’linadi: - Boshlang’ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlash imkonini beradi.
- Joriy (shakllantiruvchi) baholash – muntazam ravishda o’tkazib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab borish, o’quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
- Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchiningta’lim jarayonining malum davridagi o’zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |