Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan tarixan qisqa vaqt ichida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta islohotlar amalga oshirildi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 36.86 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi36.86 Kb.
#1619985
1   2   3   4
Bog'liq
dildor 01

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavjud adabiyotlarga ko‘ra tadqiqot muammosi quyidagicha 3 yo‘nalishga ega. Jumladan, J.Tulenov, 3.Gʻafurov, B.Turayev. E.Yusupov, A.Ochildiyev, S.Otamuratov, N.Xo‘jamurodovlar milliy g’urur masalasini falsafiy jihatdan, M.G.Davletshin, Gʻ.B.Shoumarov, E.B.Kodirov. E.Goziyevlar psixologik jihatdan tadqiq qilishgan bo‘lsa, pedagog olimlardan S.Nishonova, O. Musurmonova, M.Inomova, U.Mahkamov, O.Hasanboyeva, M.E.Haydarov, S.K.Annamuratovalar milliy urf-odat va an’analarning tarbiyaviy ahamiyati. J.Rahimov, H.Ibragimovlar o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash. Sh.Kurbonov, S.Ochillar bevosita milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti xususida diqqatga sazovor ilmiy tadqiqotlar Yaratganlar.
Shuningdek, U.Askarova, 3.Kurbonniyozova, F.Norboyeva, A.Redjaboyev, B.Hakimova, Sh.Otajonovalarning milliy g‘urur, milliy o‘zlikni anglash, milliy ong tarbiyasiga oid ishlari xam alohida e’tiborga loyiqdir.
Professor S.Ochilning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari" monografiyasida o‘quvchilarda Vatandan faxrlanish, O.Musurmonovaning "Oila ma’naviyati milliy gurur" nomli tadqiqotida milliy g‘urur tarbiyasida oilaning roli masalalari keng miqyosda yoritiladi.
Professor M.Kuronov "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik asoslari" nomli doktorlik dissertasiyasida

7


Tadkikotning maksadi: xalk ogzaki ijodi asosida boshlangich sinf o‘quvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalashning samarali metodlari va modelini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Tadqiqot vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
1. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish.
2. Xalq og’zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash mezonlarini ishlab chiqish.
3. Xalq og‘zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalashning samarali metodlarini ishlab chiqish.
4. Xalq og’zaki ijodi asosida o‘quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalashning modelini yaratish.
5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy g‘ururni tarbiyalashga yo‘naltirilgan metodikaning samaradorlik natijasini aniqlash.
6. Milliy g’ururni tarbiyalashga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling