Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish


Download 24.29 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi24.29 Kb.
#1196083
  1   2
Bog'liq
manbashunoslik kirish xulosa


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish o'zbek davlatchiligi tarixiy taraqqiyotini tadrijiy-tahliliy o'rganishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, “mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu – tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”1.
Yurtimizning har bir hududi milliy davlatchilik va huquqiy taraqqiyotida o'ziga xos o'rin egallaydi. Shu sababli Xorazm vohasida XVI–XIX asrlar va XX asr boshlarida “Xiva xonligi” nomi ostida faoliyat ko'rsatgan yirik davlatning o'zbek davlatchiligi tarixiy taraqqiyotida tutgan o'rni va ahamiyatini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xiva xonligi nomi ostida to'rt asrdan ko'proq vaqt faoliyat ko'rsatgan davlatning boshqaruv tizimi tahlil qilinib, maxsus o'rganish ushbu ishning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Ma’lumki, o’zbek davlatchilik tarixida davlat boshqaruvining yakka hokimlik tipi keng tarqalgan edi. Bunda davlat boshlig’i cheklanmagan huquqqa ega bo’lib, uning mansabi avlodlariga o’tib kelgan. Xiva xonligini idora qilish usuli ham yakkahokimlik asosida qurilgan bo’lib, xon cheklanmagan huquqga ega edi.
Xiva xonligi tarixi o’rganishda tadqiqotning manbaviy asosini to’rt guruhga bo’lish mumkin:
birinchi guruh, XVII-XX asr boshlarida mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan tarixiy asarlar, mahalliy xarakterga ega kundaliklar, memuarlar(xotiralar);
ikkinchi guruh, Xiva xonligiga turli topshiriqlar yoki savdo-sotiq bilan kelgan xorijiy sayyohlarning esdaliklari;
uchinchi guruh, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-125 fond hujjatlari, boshqaruv sohasidagi oid hujjatlar;
to’rtinchi guruhga Respublikadagi ko’plab tarixiy muzeylarning fondlari kiradi.
Xiva xonligi tarixini o’z asarlarida yoritib bergan mahalliy tarixchilardan Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalarni kiritish mumkin. “Firdavs ul-iqbol”, “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, Shohidi iqbol”, Shajarayi Xoramshohiy” asarlaridagi ma’lumotlar Xiva xonligining qadim tarixidan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Xiva xonligining boshqaruv tizimi haqida mulohazalar mahalliy manbalardan Abulg’ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy , asarlarida ma’lumotlar uchraydi2
Xorijlik sayyohlar N.N Muravyov A. Vamberi, M.I.Ivanin3kabilar kitoblarida Xiva xonligi boshqaruvi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilardan Yo’ldoshev M, Azizov B, Mirpanjiy I kabilar asarlarida uchraydi4.

Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling