Mavzuning dolzarbligi
Byudjet hisobining predmeti, metodi va uslubiy asoslari
Download 36.75 Kb.
|
2 5377650357147012676
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet hisobi
1. Byudjet hisobining predmeti, metodi va uslubiy asoslari.
Davlat byudjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi. Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Davlat budjetining hisoblangan daromadlari. Budjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak bo'lgan daromadlar davlat budjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlaming faqat tezkor hisobi olib boriladi. Davlat budjetining kassa daromadlari. Budjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo'yicha baho beriladi. Davlat budjetining kassa xarajatlari. Budjetning bankdagi schyotlaridan budjetda ko'zda tutilgan xarajatlargagina mablag' beriladi. Budjet mablag'iari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo'li bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat budjetining kassa xarajatlari, deb ataladi. Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat budjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag'larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog'liq bo'lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo'jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o'zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul m ablag'iari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi m ablag'lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul m ablag'iari, budjet ijrosi jarayonida ulam ing harakati hamda budjetdan m oliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo'yicha rejasining bajarilishini o'z vaqtida, to'la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi.
Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag' lan hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlaming paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni budjet tashkilotlarida va xo'jalik yurituvchi subyektlarda olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi m a’lumotlami bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi m a’lumotlami esa budjet tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi. Download 36.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling