Mavzuning dolzarbligi


-chizma. Byudjet hisobining funktsiyalari


Download 36.75 Kb.
bet4/11
Sana09.01.2022
Hajmi36.75 Kb.
#260564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5377650357147012676

1-chizma. Byudjet hisobining funktsiyalari.

Nazorat funktsiyasi - orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.

Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.

Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.

Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.

Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.

Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet ijrosi jarayonida daromadlar, byudjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.

Byudjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi.



Download 36.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling