Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

 
 
2.1-rasm. Xizmat sohalarida band bo‘lgan oilalar daromadining tarkibi, (foiz 
hisobida) 
Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xizmat sohasida band 
bo‘lgan oila xo‘jaliklarining pul daromadida 11,8 foizini mehnat haqi olish bilan 
olinadgan daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda. Oila xo‘jaligining ijtimoiy to‘lovlar 
hisobiga olgan daromadlari 3,9 foizga to‘g‘ri keladi. Oila xo‘jaligi daromadlarining 
ancha qismini tadbirkorlik va turli xil xizmatlar hisobiga olgan daromadlari tashkil 


27 
etadi. Umuman oila xo‘jaligi daromadining 84,3 foizi shu yo‘l bilan olingan 
daromadlarga to‘g‘ri kelmoqda.
 Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, oilarning moddiy jihatdan 
farovonligi ko‘p jihatdan tadbirkorlik va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga olinadigan 
daromadlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan uning ulushi yildan-yilga 
o‘sib borishi lozim. 
Oila xo‘jaligi harajatlarining tahlili ham bozor munosabatlari sharoitida 
muhim ahamiyatga ega. Harajatlar ham daromadlar singari turlicha bo‘lib, ulardan 
eng salmoqlisi oilaning iste’mol harajatlaridir. Bu harajatlar tarkibi yildan yilga 
o‘zgarib bormoqda.
 
2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish 
mexanizmini takomillashtirish yo‘llari 
 
Mehnat unimdorligining rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda oilaviy 
biznes sub’ektlari uch asosiy komponentlarga (omillarga) tayanishi lozim: 
rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarida mehnatni rag‘batlantirish tajribasi
respublikamizda mehnatni rag‘batlantirishning muayyan darajada shakllangan 
tizimi; yollanma xodimning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va 
ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlari 
hamda 
mamlakatimizda 
uning 
transformatsiyalashuvining xususiyatlari va istiqbollarini belgilovchi ijtimoiy-
mehnat munosabatlari rivojlanishining tahlili. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari quyidagi omillar 
ta’sirida shakllanadi: ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, ish bilan 
bandlik kafolatining mavjud emasligi, mehnat bozori shakllanishi va mehnat 
faoliyatini yangicha ijtimoiy baholash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidagi deformatsiyalashuv jarayoni o‘ziga xos 
xususiyatga egaligi ob’ektiv holatdir.
Barcha sub’ektlar singari oilaviy biznes sub’ektlarining mehnat jamoalarida 
ijtimoiy tenglik tamoyili to‘liq cheklanadi. Mazkur tamoyil o‘rniga “teng mehnatga 
teng haq to‘lash” tamoyiliga asoslangan maqbul munosabat amal qiladi. Bu 
munosabatning maqbulligi ish beruvchi va yollanma ishchining roziligi bilan 
belgilanadi va ko‘pincha boshqa tomonning roziligi asosida tomonlardan birining 
tashabbuskorigi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu munosabatlar ish haqi va 
moddiy rag‘batlantirish tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Davlat bu munosabatlarni 
qonuniy asosda minimal ish haqi miqdori orqali tartibga solib turadi. Yollanma 
xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini ijtmoiy himoya qilish tamoyillari 
qonunlar majmuasida aks etadi, ya’ni mehnat munosabatlari kontraktlar va mehnat 
shartnomalari asosida tartibga solinadi, lekin uning bo‘limlari mazkur tamoyilning 


28 
talablarini aks ettirmaydi. Ijtimoiy himoyalash tamoyillari jamoa shartnomalari va 
kasaba uyushmalari faoliyati orqali ta’minlanadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling