Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
XULOSA 
Kurs ishda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 
1. “Oila”, «oilaviy tadbirkorlik” kategoriyalari bir-biriga bog‘liq bo‘lgan 
mustaqil tushunchalardir. Bunda oila faqat iste’molchi sifatida bir guruh uyushgan 
kishilardan tarkib topgan ijtimoiy sub’ekt bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy 
jarayon bo‘lib, faqatgina oila negizida shakllanadi va rivojlanadi;
2. Oilaviy tadbirkorlik ham o‘ziga xos tadbirkorlik bo‘lib, oila mulkiga, 
ishlab chiqarish vositalariga, oila a’zolarining mehnatiga va tadbirkorlik faoliyati 
natijasida oladigan daromadiga egalik qilish huquqiga ega. Tadqiqotlar 
ko‘rsatmoqdaki, kelajakda xo‘jalik yuritishning oilaviy tadbirkorlik shakli 
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ektiga aylanadi. Shunday ekan hozirgi 
iqtisodiy muxit «Oilaviy tadbirkorlik faoliyati va uni qo‘llab–quvvatlash 
to‘g‘risida» gi qonunni qabul qilishni taqozo etmoqda. 
 
3. Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteriga ko‘ra, mehnat jarayonida 
qo‘l mehnatini kamaytirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi 
bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy
mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko‘proq qismini 
qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o‘sib 
borgan sari jonli mehnatning o‘sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va 
xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. 
4. Oilaviy tadbirkorlikni yuritish uchun to‘sqinlik qilayotgan omillardan eng 
asosiysi moliyaviy omildir. so‘ralgan oilalarning ko‘pchiligi buning uchun yetarli 
moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O‘z biznesini boshlamoqchi 
bo‘lgan oila uchun 1000 AQSH dollari miqdorida mablag‘ kerak bo‘ladi. Demak, 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish 
talab etiladi. 
5. Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada 
mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi 
va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko‘maklashish 
markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish 
o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni 
ishlab chiqishi va amalga oshirishlari zarur. 
6. Xizmat sohasi bilan band bo‘lgan oilalar daromadi tarkibida tadbirkorlik 
daromadlari salmoqli o‘rin egalaydi. Kuzatilgan oilalarda pul daromadlarining jon 
boshiga o‘rtacha taqsimlanishi eng kam daromadli sartaroshxona xizmatlari bilan 
shug‘ullanuvchi va eng ko‘p daromadli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari 
bilan shug‘ullanuvchi oilalar daromadi o‘rtasidagi farq 2,2 martani tashkil 
etmoqda. Ushbu tahlilda yana bitta muhim qonuniyat kuzatildi. Oila 
daromadlarining ortib borishi bilan ulardagi aholining o‘rtacha soni kamayib 


35 
bormoqda. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila xo‘jaligi a’zolari soni 
qancha kamayib borsa, ularning o‘rtacha daromadlari shuncha ko‘p ekanligi 
kuzatiladi. Shuningdek, pul daromadlarining tabaqalanishi qishloq bilan shahar 
o‘rtasida nisbatan farq qiladi. Qishloq joyida aholining bir oilaga to‘g‘ri keladigan 
soni 6,2 kishini tashkil qilsa, shaharda ushbu ko‘rsatkich 3,4 kishini tashkil qiladi.  
7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘sqinlik qilayotgan 
omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Demak, oila daromadlarini 
ko‘paytirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun mikromoliyaviy institutlarning rolini ham oshirish talab 
etiladi. 
8.
Oilaviy biznes sohasining umumiy faoliyatiga ko‘ra, moddiy 
rag‘batlantirishning turli usullari mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bularning barchasi 
daromadlarni taqsimlashda ishtirok etishni nazarda tutadi va mehnatga haq to‘lash 
tizimining barqarorlashtirish va rag‘batlantirish funksiyalarini ta’minlaydi. Bunga 
misol qilib, ishchilar tomonidan korxona aksiyalariga egalik qilishni kiritish 
mumkin, ammo bunda aksiyalarning daromadliligi, barqarorligi, qimmatli 
qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. 
9.
Oilaviy biznes sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish 
muammolarini hal etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini oilaviy biznes 
sohasida qo‘llash asosida faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga 
keladi. Shunga bog‘liq holda sohada mehnat unumdorligining o‘sishi, oilaviy 
biznes jarayonida mehnat mazmunidagi chuqur o‘zgarishlar, sohaning 
modernizatsiyalashda qo‘l mehnatining sezilarli kamayishi va inson omiliga 
yangicha yondashuv masalalarini o‘z ichiga olgan iqtisodiy samaradorlikni 
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.


36 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling