Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

 
 
2.2- jadval 
2013 yilda Samarkand viloyatda oila xo‘jaliklarining uzoq muddatli oilaviy 
biznes vositalari bilan ta’minlanganligi 
 
Vositalar nomi 
Oila xo‘jaligi soni 
% da 
Muzlatkichlar 
491 
43,8 
kir yuvish mashinalari 
240 
21,4 
Changyutgich 
54 
4,8 
Radioaloqalar 
52 
20,7 
rangli televizor 
517 
96,1 
Magnitofon 
253 
22,6 
videomagnitofon
109 
9,7 
video kamera 

0,6 
Fotoapparat 
47 
4,2 
Velosiped 
127 
15,3 
sputnikli antena 
11 
2,0 
tikish mashinasi 
465 
41,4 
shaxsiy kompyuter 
822 
73,2 
Manba: 2013 yilda Samarkand viloyat statistika boshqarmasi tomonidan 
kuzatilgan oila xo‘jaliklari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 
Og‘zaki so‘rovlarga ko‘ra, oiladagi mulkidan daromad olishga uringan 
oilalarning aksariyati o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli deb hisoblashadi. Bundan 
tashqari, o‘z mulkini kapitalga aylantirishni istagan oilalarning 50 foizi buning 
uchun mablag‘ga muhtoj emasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, ko‘pgina oilalar 
o‘z mulkidan haligacha to‘g‘ri foydalanishmayapti. Bu qulay makroiqtisodiy muhit 
oilalarga o‘z mulklaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanish imkonini bermayapti. 
So‘ralgan oilalar ichida oila resurslari bazasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish 
istagida bo‘lganlar buni amalga oshirganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pni 
tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik 
qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. Chunki oilalarning 
ko‘pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini ma’lum 
qilishadi. Bunga dalil sifatida aytish mumkinki, hozirgi sharoitda tadbirkorlik 
faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oila kamida 1,5-2,0 mln. so‘m mablag‘ jalb 
kilishi kerak bo‘ladi. Jamg‘arma shaklidagi bunday mablag‘ga so‘ralgan 
oilalarning 60-70 foizi ega xolos, 30-40 foiz oilalar esa umuman jamg‘armalarga 


22 
ega emas. Demak, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda mikrokredit 
uyushmalarining rolini oshirish talab etiladi. 
Ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, har bir imtiyozli kredit turlari alohida - 
alohida maqsadlar uchun va alohida shartlar asosida ajratiladi. Xususan, oilaviy 
tadbirkorlik sub’ekti imtiyozli kredit (mikrokredit) olish uchun oilaning kamida 
bitta a’zosi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy 
baddallarni o‘tkazib borayotgan bo‘lishi lozim. 
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 150 
baravarigacha bo‘lgan miqdorda quyidagi: 

chorva mollari, parranda, yem va hashak, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar, 
ko‘chatlar sotib olishga; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalar qurish va 
jixozlashga; 

xunarmandchilik faoliyati, xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy 
san’ati buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kichik 
uskunalar, asboblar, xom ashyo materiallari, yarim tayor mahsulotlar sotib olishga; 

xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholiga Oilaviy 
biznes lar ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarga beriladi. 
Oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar 2 yilgacha muddatga qaytarish 
muddatini uzaytirish xuquqisiz, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolat xatlari 
yoki mulkini garovga qo‘yish sharti bilan berilyapti. 
Oilaviy tadbirkorlikka beriladigan mikrokreditning 50 foizi chorva mollari, 
paranda, omixta yem, urug‘lik va ko‘chat, uskuna va materiallarni jismoniy 
shaxslardan sotib olish uchun naqd pulda ham berilishi mumkin. Mikrokreditning 
nakd pulda berilgan qismi naqd pulda qaytarilishi lozim. Mikrokreditni 
qaytarishning imtiyozli davri 6 oyni tashkil etadi. 
Mikrokredit uyushmalarining qisqa muddatli tajribasining ko‘rsatishicha, 
kredit uyushmasi a’zolari muayan jamg‘armaga ega bo‘lgan va uni qonuniy yo‘l 
bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishlatmoqchi bo‘lgan oilalardir. Ammo 
ayrim oilalar a’zolik badalini to‘lashga mablag‘i yo‘qligi sabab kredit 
uyushmalariga a’zo bo‘lmayaptilar.
Mikromoliyalashtirish rivojlanayotgan davlatlarda juda ommalashgan. 
Bunda kam ta’minlangan oilalarni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rin 
tutadi. Bu unsurlardan mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha 
qo‘llash mumkin. 
Bu 
borada 
rivojlangan 
davlatlar 
tajribasining 
ko‘rsatishicha, 
mikromoliyalashtirish aholining kam ta’minlangan qismiga va yakka tartibdagi 
tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish instrumenti sifatida qo‘llanilgan. 


23 
Hozirgi kunda ham mikromoliyalashtirish ko‘p mamlakatlarda quyidagi instrument 
sifatida foydalaniladi: 
- kam ta’minlangan oilalarni qo‘llash; 
- ommaviy moliya manbaalarga murojaat qilishga imkoniyati yo‘q bo‘lgan 
mikrokorxonalarga moliya - kredit xizmatlari ko‘rsatish; 
- kichik biznesni qo‘llab - quvvatlash.
Shu bilan birga, oila aktivlaridan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 
boshlang‘ich kapital sifatida foydalanishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan 
biri, 
mamlakatda 
bozor 
munosabatlari 
va 
institutlarining 
yetarlicha 
rivojlanmaganligidir. Bu ayniqsa quyidagilarda ko‘proq namoyon bo‘ladi: 
Ko‘chmas mulk bozori, shu jumladan, uy-joy bozori (qishloqda) 
rivojlanmaganligidir. Bu bo‘yicha tuzilgan bitimlarning soni kamligi va ko‘chmas 
mulk bahosining pastligi bilan harakterlanadi. Qishloqda uy - joyning bozor garov 
qiymati shaharga nisbatan pastligi undan garov sifatida foydalanish imkoniyatini 
cheklaydi. Shuningdek, xizmatlar bozorining rivojlanishida ham tafovutlar 
uchraydi. Bunda savdo, naqd pul almashinuvi, keng tarqalgan ruxsatnoma va 
litsenziyalar tizimi tufayli bu biznesga kirish yo‘lida katta to‘siqlar mavjud. Tijorat 
banklari uchun mikrokreditlarga oilaviy biznes qiymati yuqoriligi, bundan 
kreditlarni banklarga taluqli bo‘lmagan moliya institutlari tomonidan berish 
tizimining 
rivojlanmaganligi, 
boshlovchi 
tadbirkorlar 
tomonidan 
ularni 
qaytarmaslik xavfi balandligi tufayli kapital, ayniqsa mikrokreditlash soxasida 
bozori kuchli emas. Bundan tashqari, qonunlar oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining 
ko‘plab aktivlarini va mulkga doir xuquqlarining yetarli darajada himoyasini va 
kafolatini ta’minlamaydi, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga ma’muriy aralashuvi 
esa uni bu faoliyatni butunlay to‘xtatish va bor-yo‘g‘idan ajratish xavfini oshiradi. 
Bizning fikrimizcha, oila - moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga 
oshirish zarur: 

oila xo‘jaliklarining resurslarini ularning o‘z tadbirkorlik faoliyatlariga 
jalb etishni kuchaytirishga yunaltirilgan siyosatni amalga oshirish bilan birga kredit 
tizimini rivojlantirish; 

oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish 
maqsadida tadbirkorlik va mulkchilik xuquqlariga oid to‘plamlar yaratish hamda, 
garovga qo‘yilgan mulk yoki oila aktivlarini sotib olish xuquqiga qattiy amal 
qilishni ta’minlash; 

yosh oilalarning kreditlar olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga 
ko‘maklashish zarur. Bu esa oilaning mulkiy ta’minlanganlik darajasini oshirishga 
xizmat qiladi.  


24 
Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilada tadbirkorlik 
faoliyatidan olingan daromadlar ulushini oshirish, turmush darajasi va ijtimoiy 
maqomini o‘zgartirish imkoniyatlarini yaratib beradi. 
Hozirgi davrning yana bir muhim belgisi – bu tadbirkorlik daromadining 
oila yalpi daromadidagi hissasining uzluksiz oshib borishidir. “Aholining 
daromadlari oshibgina qolmay ularning manbalari ham o‘zgarmoqda. Barcha 
daromadlarning qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushmoqda”
18

Kelajakda har bir oila ehtiyojining kamida 50 foizini aynan shu faoliyat hisobiga 
qoplanishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu bizning bosh g‘oyamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 
majlisida (2012 yil 7 fevral) so‘zlagan nutqida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
asosan 3 muhim vazifani bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida qayd 
qilindi. 
Birinchidan, yaqin 5-10 yilda ularning mamlakat YAIM dagi ulushi 55-60 % 
ga ko‘tarilishi lozim; 
Ikkinchidan, ular aholi daromadlarining asosiy manbaiga aylanishlari kerak; 
Uchinchidan, ular kichik va o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirishi, 
mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy kuch 
ekanligini esdan chiqarish kerak emas. 
Bizga ma’lumki, oilaviy va kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish aholi 
bandligi va daromadlarini oshirishda muxim o‘rin tutmoqda. Ular hisobidan 
mamlakatda 2013 yilda qo‘shimcha 1 mln.ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilib, 
ularning qariyb uchdan ikki qismi qishloq joylarida ochildi. Yangi ish o‘rinlarining 
65 foizga yaqini kichik biznes va oilaviy biznes tarmoqlari, 20 foizdan ortig‘i esa 
kasanachilik sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
19
Ushbu yaratilgan yangi ish o‘rinlari 
eng avvalo oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida kichik biznes, oilaviy biznes va 
kasanachilik hisobidan qilingan daromadlar hissasi ham mos ravishda oshib 
bormoqda.
Agar, respublikamiz oilalarining tadbirkorlik va turli xil xizmatlar ko‘rsatish 
hisobidan olgan daromadlariga e’tibor bersak u quyidagicha ekanligini ko‘rishimiz 
mumkin.
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 
daromadlar oila daromadlari tarkibida yildan-yilga ko‘proq ulushga ega 
bo‘lmoqda. Umum hisobda, bu manbalardan olinayotgan daromad ish haqidan 
18
I.A.Karimov. Barqaror taraqiyotga erishish – ustuvor vazifa. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2012 yil 26 fevral 
19
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh 
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2008 yil 9 fevral. 


25 
ko‘proq, bu esa bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi bilan izoxlanadi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlikdan tushgan daromadlarning 
salmog‘ini oshirishga imkon beradi va o‘z navbatida, ijtimoiy to‘lovlarning 
ulushini bir muncha pasayishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 
1996 yili tadbirkorlik daromadining oila daromadidagi ulushi 12,8 foiz bo‘lgan 
bo‘lsa, 2012 yilda tadbirkorlik daromadi (mulk, oilaviy biznes va qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini sotish hisobiga olingan daromadlar qo‘shib hisoblaganda) 55,1 
foizni tashkil etgan. 
Daromadlar manbai xilma-xil bo‘lgan bozor munosabatlari sharoitida 
oilaning jami daromadida ish haqining ham hissasi bor. Sotsiologik tadqiqot 
natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 2012 yilning oxirida o‘rtacha real oylik ish haqi 
185 ming so‘mni yoki salkam 150 AQSH
20
dollarini, 2013 yilda esa 210 AQSH
21
dollari ekvivalentini tashkil etgan. Bu daromad turi ham kelajakda yanada o‘sishi 
kutilmoqda. Bu borada, mamlakatimiz hukumati tomonidan 2013 yilga borib 2,5 
barobarga oshirish vazifasi qo‘yilgan. 
Ish haqi miqdorining o‘sishi iste’mol tovarlari, ichki bozorlarning tovar va 
xizmatlar bilan to‘ldirilishi va eng muhimi, inflyatsiya darajasi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Aksincha, narx – navoning ko‘tarilishi ish haqining har qanday 
ko‘tarilishini yo‘qqa chiqaradi. Ish haqi hissasining pasayishining ikki jihati bor 
bo‘lib, birinchidan, oila byudjetini boshqa daromadlar bilan to‘ldirishga va oilada 
boqimandalik ruxi bilan yashayotgan ishchilarning bir qismini tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanishga undasa, ikkinchidan esa, iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, 
yollangan ishchilarning yuqori samara bilan ishlashini rag‘batlantirmaydi. Bundan 
tashqari, yuqori soliqqa tortishning mavjudligi tufayli xususiy tarmoqda aslida 
to‘lanayotgan ish haqi ancha qismining yashirilishiga olib keladi.
Oila daromadlari tarkibida salmoqli o‘rin tutadigan manbalardan yana biri 
bu tomorqa xo‘jaligidir. Tomorqa, bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa qishloq 
oilasining muhim daromad manbai hisoblanadi va shu bilan oziq–ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu daromad turli oilalarda 
har xil bo‘lishi turgan gap, chunki ular tomorqa bilan har xil darajada 
shug‘ullanishadi. Shu maqsadda 2012 yilda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, 
oila xo‘jaliklarining 83,8 foizi tomorqa yerlariga ega bo‘lib, o‘rtacha har bir oilaga 
15,9 sothdan yer to‘g‘ri keladi. Ushbu tomorqa yeriga ega bo‘lgan oilalarning 6,7 
foizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmaydi, 52,4 foizida natural istemol 
ya’ni, o‘z ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirilsa, 40,2 foizi sotish maqsadlarida 
20
Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon 
turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir. / ”O‘zbekiston Ovozi”, 2010 yil 13 fevral, 2-B. 
21
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh 
maqsadidir./ “Xalq so‘zi”, 2011 yil 9 fevral.


26 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi va 0,7 foizi boshqa maqsadlarda 
tomorqa yeridan foydalanishmoqda. Shu davr oralig‘ida tomorqadan kelgan pul 
daromadlari ulushi 33,2 % yoki 26710 so‘mni tashkil etadi. Oila xo‘jaliklarining 
51,8 foizida yirik shohli qoramollar boqiladi. Umuman olganda aholining hamma 
qatlamlari uchun tomorqaning ahamiyati katta va bu asosda dehqon 
xo‘jaliklarining vujudga kelishi tomorqadan olinadigan daromadning yildan yilga 
oshishiga, olib kelishiga izlanishlar davomida guvohi bo‘ldik. 
Xizmat sohasi bilan shug‘ullanadigan oilalarda daromadlarining tashkil 
topish manbaalarini tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatining turli 
hududlaridan 135 ta xizmat ko‘rsatuvchi oilaning tanlanma kuzatuvi olib borildi. 
Bular quyidagi xizmat sohalari bo‘yicha olib borildi: savdo xizmatlari (chakana 
savdo, milliy oshxona va restoranlar); milliy hunarmandchilik va ta’mirlash 
ustaxonalari; kompyuter va axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe, 
kichik bosmaxona va uyali aloqaga ulanish kabi xizmat turlari); transport 
xizmatlari (yuk tashish va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish); sartaroshxona 
va go‘zallik salonlari (kelinlik liboslari va to‘y uskunalarini ijaraga berish va b.).  

84,3
11,8


3,9

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling