Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

1.1 - jadval 
 Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari

Davlat 
Firmalar 
Moliyaviy 
institutlar 
Oila xo‘jaligi 
17
A.Golova. Ekonomicheskiye i sotsialnie peremeni: monitoring obshestvennogo mneniya //Informatsionniy 
byulleten. -1997. - № 3. - S.33 


17 
Iqtisodiyotni 
tartiblashtirish 
Ishlab 
chiqarish 
omillari 
va 
xizmatlarni 
sotib 
oladi 
Aholiga 
moliya-
kredit 
xizmat 
turlarini o‘rsatadi 
Resurslarga 
mulkiy egalik 
qiladi 
va 
ularni 
fo-
ydalanish 
uchun sotadi 
Iqtisodiy 
fao-liyat 
qoidalarini 
belgilaydi va sha-
roitlarni yaratadi 
 
Soliq 
va 
boshqa 
usullar bilan dar-
omadni qayta taq-
simlashga qatnasha-
di. Bozor ishtirok-
chisi 
sifatida 
iqtisodiy 
faoliyat
ko‘rsatadi 
Tovarlar va xiz-
matlar ishlab chiq-
aradi hamda ular-ni 
sotadi 
Xususiy 
tadbir-
korlik 
faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlaydi 
va 
moliyaviy 
ko‘mak beradi 
Tovar 
va 
xizmatlar 
sotib oladi 


 
 
Oilaviy biznes sohasida xizmatlarni yaratadigan mehnat jarayoni va ularni 
iste’mol qilish jarayoni bir butun bo‘lib qo‘shilgan bo‘ladi. Xizmatlar faoliyat 
shaklida mavjud bo‘ladi, ularni yig‘ib bo‘lmaydi. 
Aholiga oilaviy biznes sohasini rivojlantirish texnik taraqqiyot, ya’ni 
texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga tayanadi. Bu 
sohada 
texnologik 
operatsiyalarni 
mashina 
va 
apparatlar 
yordamida 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi 
hamda odamlar mehnatini yengillashtiradi. 
Ob’ektiv iqtisodiy qonun hisoblangan mehnat unumdorligining uzluksiz 
oshib borishi Oilaviy biznes sohasida xizmat ko‘rsatish natijalarini son va sifat 
jihatdan samaradorligini oshib borishi uchun zamin yaratadi. Shunday ekan, 
Oilaviy biznes sohasida mehnatning harakteri o‘rganilganda, albatta, uning 
natijasini baholash samaradorligini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
Oilaviy biznes sohasida mehnat natijasini baholash yakuniy natijalarga 
bog‘liq ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarni qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir.
Mazkur sohada mehnat natijalari mehnat faoliyatinig samaradorligi bilan 
chambar-chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy 
vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini 


18 
aniqlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlarini va 
mehnat natijalarini baholash samaradorligini ta’minlash masalalarini hal etishdagi 
strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega. 
Oilaviy biznes sohasida mehnat sig‘imini kamaytirish va foydalanish 
darajasini oshirish yuzasidan doimiy ravishda olib boriladigan ishlar jarayoni 
mehnatni samaralashtirish jarayoni deyiladi. Samaradorlashtirish mehnat 
faoliyatinig u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu 
natijalarning birligini sarflarni qisqartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni 
izlashdir. 
Oilaviy biznes sohasida mehnat sarflari tarkibiga qarab, texnologik mehnat 
sig‘imi va xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlarini tadqiq 
etish mehnat samaradorligini oshirish omillari va rezervlarini aniqlash 
imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa oilaviy biznes texnologik jarayonlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasidagi vazifalarini hal etishda 
konstuksiyalar, olimlar, ixtirochilar va oilaviy biznes xizmatchilarini ijodiy 
tashbbuskorligini ta’minlash va rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Alohida 
e’tibor mehnatning harakteri va uning samaradorligini oshirishda yanada 
mukammallashtirilgan 
oilaviy 
biznesni 
mashina, 
apparat 
va 
boshqa 
texnologiyalarni yaratishga ko‘maklashuvchi, loyhalash sohasidagi nazariy 
ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvtlashga qaratilmog‘i kerak. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnatnig 
harakterini tubdan o‘zgartirdi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni 
kamaytirdi. Mulkchilik munosabatlarining rivojlanib borishi mehnat natijalariga 
bo‘lgan qiziqishlarni tobora oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi. Bu esa mehnat 
natijalariga qarab to‘g‘ri rag‘batlantirishin taqazo etadi. Mehnat qachon to‘g‘ri 
rag‘batlantirsagina unga bo‘lgan munosabat ijobiy amalga oshiriladi. Iqtisodiy
ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ham mehnatning to‘g‘ri rag‘batlantirilishiga 
bevosita bog‘liq. 
Mehnat bunday sharoitda ijtimoiy harakterga va u oddiy mehnatdan 
murakkab shakliga qarab o‘zgarish tendesiyasiga ega bo‘ladi. 
Mehnatning iqtisodiy harakterga ega bo‘lishi, uning to‘g‘ri rag‘batlantirilishi 
asosida kishilarning manfaatdorligi va kasbiy harakatchanligi o‘sishiga olib keladi. 
Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir mehnatiga layoqatli a’zosini ishlashga, 
mehnat qilishga da’vat etadi. 
Oilaviy biznes sohasida xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishni 
ta’minlash uchun uni tashkil etishga qo‘yiladigan ayrim talablarga rioya qilish 
zarur. Eng avvlo, mukofotlash ko‘rsatkichlari muayyan bo‘limdagi, korxonadagi 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish vazifalariga mos bo‘lishi hamda ushbu 
jamoa yoki xodimning mehnat sohasidagi kuch – g‘ayratiga real bog‘liq bo‘lishi 


19 
kerak. Masalan, oilaviy biznes bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilish 
ko‘rsatkichini mukofotlash tizimiga kiritgan vaqtda uni bajarilishi uchun, eng 
avvalo, korxonaning rahbari, shuningdek mazkur xizmatlar bo‘yicha ma’sul shaxs 
javob berishini hisobga olish kerak. Binobarin ushbu ko‘rsatkichni aynan mana shu 
xodimlarni mukofotlash paytida nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling