Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

 
 
 
1.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni 
samaradorligini baholash usullari 
 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini qurish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, u iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarni, shu jumladan, mehnat sohasidagi jarayonlarni ham o‘rganishni taqazo 
etadi. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim kategoriyalari bo‘lgan, mulkchilik 
shakllarining xilma-xilligi asosida amalga oshiriladigan erkin tadbirkorlik, tovar va 
xizmatlar, talab hamda taklifni o‘zaro bog‘liqligi, resurslar cheklangan sharoitda 
tovar va xizmatlar qiymatini aniqlashdagi o‘ta foydalilik, mehnat narxi va 
boshqalar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zamonlaridagi mehnat iqtisodiyotiga asos 
qilib olingan nazariy qoidalarni qayta idrok etishni taqazo etmoqda
12

Mehnat faoliyati jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari 
tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishning zamonaviy 
nazariyasini makro va mikrodarajada tadqiq etish bir tomondan respublikamizda 
mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fan-texnika 
taraqqiyotining mehnat samaradorligini oshirishdagi va odamlarning yashash 
sharoitini yaxshilaydigan barcha vositalarni rivojlanib borayotganligidir. 
Har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy asosini yaratuvchi kuch bu –
mehnatdir.
Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak 
bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlar (buyumlar, tovar xizmat, fan, 
madaniyat, san’at asarlari va hokazolar) ni ishlab chiqish bo‘yicha ongli, maqsadli 
va legitm (taqiqlanmagan) faoliyatdir
13
. Shu tufayli mehnatning harakterini 
o‘rganish hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni harakterini tadqiq qilish faqatgina 
nazariy jihatdan emas, amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Har bir 
sohada ish bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatining harakterini o‘rganmasdan shu 
sohaning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida tutgan o‘rnini, davlatimizning ichki 
yalpi mahsulotiga va yalpi milliy mahsulotiga qo‘shgan hissasini aniqlash 
murakkab. Qaysiki, bu ko‘rsatkichlar shu davlatning qudratini, aholining ijtimoiy 
12
Abduraxmonov.Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot), darslik, T.: “Mehnat”, 2009-B. 6.
13
O‘sha yerda. -B.45. 


13 
ahvolini, iqtisodiy o‘sish darajasini, boshqa davlatlar o‘rtasida tutgan o‘rnini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. 
Masalaning muhimligi shu muammolarning bir qancha nazariy jihatlarini 
hozirgi davr nuqtai-nazaridan o‘rganish va talqin qilishni talab qiladi. Bular 
jumlasiga, ko‘p mulkchilik sharoitida Oilaviy biznes sohasidagi mehnatning 
harakterini (uning unumli yoki unumsizligini), uning qaysi sohaga mansubligini 
(ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish), mahsulot natijasini qanday baholashni 
(mehnat unumdorligi, mehnat sig‘imi, mehnat samaradorligi, ish haqi jamg‘armasi 
darajasi, mehnat haqining mehnat naiijalaridagi hissasi) aniqlash kabi muammolar 
kiradi. Bu muammolarning hal qilinishi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, 
bular mavjud mehnat salohiyatining qancha qismini shu sohada jalb qilish 
zarurligini, ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini, turli xil mulkchilikka 
asoslangan mazkur sohaning jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatiga qanday 
hissa qo‘shayotganligini aniqlashda nazariy asos bo‘lib hisoblanadi. 
Bozor 
munosabatlari 
sharoitida 
iqtisodiy 
nisbatlar 
holati 
bozor 
konyunkturasini ifodalaydi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanib borishi erkin 
tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Raqobatchilik esa har bir 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati samaradorligi oshishini talab etadi. 
Mehnatning harakteri xuddi shu jarayonlarga bog‘liq ravishda davlatning 
ustqurmaviy elementlariga muvofiq holda shakllanadi. Bunda davlatning 
ustqurmaviy elementlari sifatida mehnat sohasidagi siyosat, huquqiy va normativ 
tizim tushuniladi. 
Bizning fikrimizcha, unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi tushunchalarga 
munosabat bildirib, nazariy tahlillarga tayangan holda, mehnat unumsiz bo‘la 
olmaydi degan xulosaga keldik. Har qanday mehnat odamlarning ehtiyojini 
qondirish, odamlarning ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlarni, foydali narsalarni 
ishlab chiqarishdir. U unumli, moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin, lekin bunda 
ular ne’mat bo‘lmasdan qolmaydi. 
Unumli mehnatga mehnatkash nuqtai nazaridan ham yondashish lozim. Agar 
mehnatkash sarf qilgan mehnati evaziga oladigan mehnat haqi bilan o‘zining va 
oilasining yashashini ta’min qilsa, ish kuchini takror ishlab chiqara olsa, bu mehnat 
ish kuchi, mehnatkash uchun unumlidar. Mehnatkash u moddiy ne’mat ishlab 
chiqarayaptimi, yo chiqarmayaptimi yoki xizmat sohasi bilan bandmi, uni 
qiziqtirmaydi. Uni qiziqtirgan narsa o‘z mehnati uchun (unumli yoki unimsizmi 
qatiy nazar) oladigan mehnat haqidir. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, umuman mehnatning harakterini 
tadqiq qilishda bozor iqtisodiyoti sharoitida, unga asosan mulk egasi, sohibkor 
nuqtai nazaridan yondashish lozim. Ammo har qanday sohibkor o‘zi yashab turgan 


14 
davlatning ichida, shu jamiyatning a’zosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uning 
mehnatiga faqat o‘zining iqtisodiy manfaatidan kelib chiqmasdan, balki jamiyat 
manfaatini ham hisobga olish lozim. Jamiyatning a’zosi sifatida har bir 
mehnatkashning ham o‘z manfaati bor. Shu tufayli mehnatning harakteri tadqiq 
qilinganda uning manfaati ham chetda qolib ketmasligi lozim. Demak bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mehnatning natijasini baholashda sotsiolizmdagidek faqat 
jamiyat nuqtai nazaridan qaralmasdan, balki mulk egasi, sohibkor, jamiyat va 
mehnatkash manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash nuqtai nazaridan qarsh 
lozim. 
Mehnatning harakteri mehnat qanday namoyon bo‘lishini, uning jihatlari, 
belgilari, alohida xossalari va xususiyatlari qandayligini ko‘rsatadi. U xodimning 
ishlab chiqarish vositalari bilan birlashishiga bog‘liq bo‘lib, mehnatning ijtimoiy 
tabiyatini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bugungi kunda ishlab 
chiqarish munosabatlari takomillashayotgani, boshqaruv iqtisodiy usullarining 
amal qilish sohasi kegayib borayotgani, samaradorlik va sifatiga, xodimlarning 
haqiqiy moddiy va ma’naviy manfaatdorligiga, ularning chinakkam xo‘jayinlarga 
aylanishiga yo‘naltiruvchi xo‘jalik yuritishning yangi shakllari yaratilayotgani 
tufayli mehnat tabiatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytning o‘zida mazkur 
mehnat mazmuni va funksiyalaridagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, bir 
qolibdagi, zerikarli, malakasiz, og‘ir qo‘l mehnati mavjudligi, uning zararli 
sharoitlari hali uzoq vaqt davomida mehnatkashlar ancha qismining ijodiy 
qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga, 
mehnatga ongli va ijodiy munosabatni tarbiyalashga xalaqit beradi. 
Oila xo‘jaligining funksiyalari ko‘p qirralidir. Chunki u jamiyatning hamma asosiy 
jixatlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Oila funksiyalari sistemasini quyidagi uch 
bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir
14
:
Birinchi bosqichda, oilaning moddiy bazasi yuzaga keltiriladi, ya’ni oila 
byudjetining yaratilishi, uning foydalanilishi va uy xo‘jaligining yuritilishi.
Ikkinchi bosqichda, oilada farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi amalga 
oshiriladi hamda rekresiyali funksiya bajariladi. Har holda “inson kapitali” ni 
ishlab chiqarish uchun: moddiy zahiralar, tovar va xizmatlar bo‘lishi shart. 
Uchinchi bosqichda, realizatsiya masalalari yechiladi, ya’ni bozor 
xo‘jaligida oila a’zolarining aloxida yakka holatda qatnashuvi: oilaviy biznesni 
uyushtirish, uy xo‘jaligini yuritish, daromadlarni yuzaga keltirish va ularning 
taqsimotini amalga oshirish ta’minlanadi. Shu bilan birga oila xo‘jaligining “inson 
kapitali”
15
ni qaror toptirishdagi vazifalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
14
Karimova D. Domoxozyastv O'zbekistana. //Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 7/1999 y. 17-22-B. 
15
“Ekonomicheskaya teoriya” (uchebnik), Toshkent, “Sharq”, 1999. – bet 


15 
Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligi farovonligi muammosi ko‘p jixatdan 
funksional tahlilni talab etadi, shu jihatdan oila xo‘jaligi funksiyalarini, uning 
farovonligini ta’minlovchi omillar sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir. 
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
oila xo‘jaligi funksiyalari quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan tarkib topmoqda: 

yosh avlodni tarbiyalash va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish; 

oilaning iste’mol talabini qondirish; 

oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish; 

oila jamg‘armasi hisobidan investitsion imkoniyatlarni vujudga keltirish, 
mulkiy daromadlardan samarali foydalanish; 

davlat bilan «ichki» iqtisodiy aloqalar (soliqlarni to‘lash, transfert 
to‘lovlardan foydalanish), chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar, xususan, turli xil 
pul o‘tkazmalar va mehnat shartnomalari tuzish va boshqalar. 
Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, oila xo‘jaligi funksiyalari o‘zaro 
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hammasi ham ma’lum darajada daromadlarni 
va harajatlarni ko‘zda tutadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaliklarining xayotiy faoliyati nuqtai 
nazaridan ko‘rinishi, oilalarning yangi imkoniyatlari va ehtiyojlari, rivojlanish 
shart-sharoitini vujudga keltirish va uning iqtisodiy funksiyasini amalga oshirish, 
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, ijtimoiy himoyani ta’min etish va sifatli 
turmush tarzini ta’minlash bilan vujudga keladi. Zamonaviy oila va unga 
asoslangan oilaviy tadbirkorlik shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa 
ehtiyojlarini shu jumladan, oilaning o‘zini va jamiyatni ham bir butunlikda 
qondirishni amalga oshiradi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling