Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi bobida “oila xo‘jaligi”, ”uy xo‘jaligi”, “oilaviy tadbirkorlik” tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yangicha bozor talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilindi va oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari aniqlandi hamda oilaviy biznes sohasida mehnatni tashkil qilishga ilmiy yondashuvlar asosida xizmat bahosi va qo‘l mehnatini kamaytirish yo‘nalishlari tadqiq etildi.. Kurs ishining ikkinchi bobida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi, oilaviy biznes sohasida ish bilan bandlik muammolari va yangi ish o‘rinlarini ochishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlanishi tahlil qilindi va xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari aniqlandi. Kurs ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan. 6 I-BOB. OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va nazariy asoslari Oilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish, mohiyatini to‘liq tushunish uchun oila, uy xo‘jaligi, oila xo‘jaligi kabi tushunchalarning mazmunini tadqiq qilishni taqqozo qiladi. Oila – jamiyatning, ijtimoiy–iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida, bozor munosabatlari sharoitida o‘zining yangicha talqini va ta’rifini talab etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda “uy xo‘jaligi”ga nisbatan turlicha qarashlar shakllanib kelgan. Dastlabki uy xo‘jaliklari taraqqiyoti davomida A.Smit va uning izdoshlaridan biri bo‘lgan J.B.Sey mulohazalari diqqatga sazovordir. A.Smit omillarning sifat jihatlariga, ularning ishlatilishiga ahamiyat beradi, pirovard natijada uy xo‘jaliklarining daromadi va iste’mol imkoniyatlarini shakllantiradi. J.B.Sey mulohazalarida boylikni taqsimlash nazariyasi muomala va ishlab chiqarish nazariyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Moddiy boyliklar alohida sub’ektlar orasida emas, balki alohida sinflar o‘rtasida aylanadi. Boshqa tomondan esa, unda kapitalistni taqdirlash tadbirkorni taqdirlashdan ajratib ko‘rsatilgan. F.Engels, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” nomli asarida o‘z davridagi etnografik adabiyotlardan foydalanib, oila va ayollarning ahvoli, tarixiy o‘zgarishlarini boshidan kechirgani, bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ishlab chiqarish usulining rivoji, ayniqsa, mulkchilik shakllari bilan belgilanganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. U oila rivojini ibtidoiy jamoadan to X1X asrning oxirgi choragigacha iqtisodning rivojlanishi asnosida bayon qiladi. Engelsning maqsadi tarixiy taraqqiyot “patriarxal oila”ga va “ayol jinsining olamshumul–tarixiy mag‘lubiyatiga” 2 , ya’ni ayollarni kamsitish va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga olib kelishini isbotlash edi. Uning davridagi o‘rta sinfga mansub bo‘lgan monogam oilada er ishlab pul topar edi, xotin esa uy ishlari bilan band edi yoki bo‘lmasa oilaning ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ravishda uyda o‘tirardi. Shu munosabat bilan Engels ta’kidlaydiki, ayollar erkaklarga iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolishdi va demak, ularning ixtiyori o‘zida bo‘lmagan odamlarga aylandi. A.Chayanovning “Krestyan xo‘jaliklarini tashkil etish” nomli asarida oilaviy xo‘jaliklar tuzilishi, ularning turli darajadagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Uning fikricha, xo‘jalik yurituvchi oilalarning eng muhim jihati shundaki, ular hech qanday 2 F.Engels. Proisxojdeniye semi, chastnoy sobstvennosti i gosudarstva. – K.Marks i F.Engels. T.21. –C. 23-178. 7 yollanma mehnatga asoslanmasdan oilalarning o‘z kuchiga tayanib xo‘jalik yuritishidir; ular ham iste’molchi xo‘jalikdir, chunki ular o‘z oldiga daromad olish emas, balki oilaning moddiy ehtiyojini qondirishni maqsad qilib qo‘yadi. 3 Noklassik yo‘nalish doirasida 1992 yil Nobel mukofoti laureati G. Bekkerning ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Uning asarlarida oilada mehnat taqsimoti oila xo‘jaligining ishlab chiqarish vazifalari, oila daromadlarining taqsimlanishini gender nuqtai nazaridan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bozordagi tovar va xizmatlarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ishlab chiqaruvchi sifatida namoyon etadigan “Yangi uy xo‘jaligi nazariyasi” (G. Bekker, Dj. Minser, K. Lankaster) 60 – yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, bozor munosabatlarining shiddat bilan rivojlanishi bu muammoga yangidan yondashishni talab etmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, kasanachilikda va aholiga turli xil xizmatlar ko‘rsatishda oilaviy xo‘jaliklar faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugungi kunda nafaqat iste’molchi, balki tovar xo‘jaligiga aylanib bormoqda. Shu bois, hozirgi paytda, oila xo‘jaligining iqtisodiy muammosiga katta e’tibor berilmoqda va bu soha iqtisodiy nazariya faniga kiritilib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida qaralmoqda 4 . Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaligini tadqiq qilish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilmoqda. Masalan, sotsial-demagrafik (aholishunoslik) muammolarni o‘rganishda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat chora- tadbirlarining aniq va umumiy strategiyasini ishlab chiqishda, mehnat bozorining shakllanishida, aholi daromadlari va turmush darajasini tadqiq etishda, iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqishda, hamda ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishda qaralmoqda. Fikrimizcha, bugungi kunda “oilaviy biznes” tushunchasiga nazariy qarashlarni shakllantirish uchun albatta “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarining ta’riflarini qarab chiqmoq lozimdir. Chunki, “oila xo‘jaligi”, “uy xo‘jaligi” va “oilaviy biznes” tushunchalari (kategoriyalari) to‘g‘risidagi dunyoqarash g‘arb iqtisodiy qarashlari ta’siri ostida va boshqa tomondan iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi va tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida shakllanmoqda. Ushbu tushunchalar bir-biridan farqlanishi bilan, ularning har uchalasi ham oilalar faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Biroq, bu iqtisodiy 3 N.Zvereva. A.V.Chayanov o razmere semi i krestyanskogo domoxozyaystva //Vestnik statistiki. – 1991. - №7. – S.47. 4 A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik, T.:Mexnat, 1995 137-147 b., Shodmonov Sh., Jurayev T.Iktisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. T.:2000. 84-87b, Rasulov M. Bozor iktisodiyoti asoslari. Darslik. T.:O'zbekiston, 1999. 58-71b, Shishkin A.F.Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik.- M.:Gumanitarniy izdatelskiy sentr VLADOS, 1996,- T.2.-34-54 b Lvov I.V. Semya v ekonomicheskoy teorii // Semya v Rossii. - M.; 2002. - N 1. - S.124-131. 8 tushunchalarni har birining xususiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moxiyati hozirgacha to‘laligicha yoritilgan emas. Bu tushunchalarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Oila to‘g‘risida A.O‘lmasovning “Oila iqtisodi” nomli risolasida “Oila - kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, ya’ni mikroijtimoiy tuzilmadir” 5 , deb ta’riflanadi. Oila to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor. Masalan, “Iqtisodiy nazariya” bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan darslikda “Oila - shaxs, oila va butun jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun bir-biri bilan qarindosh urug‘chilik aloqalari asosida tashkil topgan kishilarning kichik guruhi” 6 deyilgan. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti hisoblanadi. Ushbu ta’riflarda, oilaning tarkibi va aloqadorlik belgilari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, oilaga asosan iste’mol qiluvchi sub’ekt sifatida qaraladi. Biroq, bizga ma’lumki, xozirgi davrda oila faqat iste’mol qiluvchi sub’ekt emas, balki mustaqil xo‘jalik yurituvchi, hamda iqtisodiyotning ajralmas sub’ektiga aylanib bormoqda. Shu jihatlarini hisobga olsak, ushbu ta’rifda oilaning ijtimoiy – iqtisodiy funksiyasi to‘la yoritilmagan. Umumiy holda, oilaga, nikohga asoslangan yoki kishilarning qon- qarindoshlik asosida birikishi va umumiy tirikchilik yuritishda bir-biriga mas’uliyatli kishilar guruhi, deb tushunish mumkin. Biroq, statistik ma’lumotlarni olish uchun bu umumiy tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu holda, ayrim belgilarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Bir oilani boshqasidan farqlash va individni uning tarkibiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik imkoniyatini beruvchi ayrim belgilarni kiritamiz. Odatda bunday belgilarga qarindoshlik yoki shu harakterdagi kishilar, hamda birgalikda yashovchi yoki birgalikda xo‘jalik yurituvchi kishilarning aloqadorlik belgilari xizmat qiladi. Aholini ro‘yxatga olishda, qarindoshlik yoki quda-andachilik, birga yashovchi va umumiy oila byudjetiga ega bo‘lishi kabi belgilariga qarab aniqlanadi. Fikrimizcha, oila tushunchasini bunday talqin etish uy xo‘jaligi tushunchasiga yaqinlashtiradi, aniqroq aytganda, umumiy byudjet va birikish asosida vositalarni sarf (harajat) etish kabi belgilarining borligi muhim belgi hisoblanadi. Shuning uchun ham, oila, nazariy jihatdan o‘ziga aloqador hisoblovchi barcha kishilarni ularning xohishi asosan o‘zida biriktirishi mumkin. 5 A.O‘lmasov Oila iqtisodi. Toshkent - “Mehnat” – 1998 y. 6 Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik dlya studentov VUZ, obuchayushixsya po ekonomicheskim spesialnostyam.- T.: Shark,1999.-188 bet 9 Bozor munosabatlari sharoitida, oilaga iqtisodiy sub’ekt sifatida qarash maqsadga muvofiq. Agar shunga asoslanadigan bo‘lsak unga “oila xo‘jaligi” yoki “uy xo‘jaligi” sifatida qarash lozim bo‘ladi. Respublikamizning ba’zi iqtisodchi olimlari “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi” tushunchalarini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. So‘ngi yillarda bu borada M.K.Pardayev, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev, D.Karimova, G.M. Shodiyeva va A.Vahobovlarning adabiyotlarida aniq fikrlar aytilgan. Ularni umumlashtirgan holda o‘zimizning qarashlarimizni keltiramiz. SH.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayevlarning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish ommillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi 7 . D. Karimovaning fikricha, uy xo‘jaligi deganda, daromadlari va mulkini to‘liq yoki qisman bir joyga to‘playdigan ma’lum mahsulot va xizmatni, asosan yashash uchun uy xizmati va oziq-ovqat mahsulotlarini birga iste’mol qiladigan bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi 8 . A.Vaxobov, R.Saidovlar fikricha, “iqtisodiyotning o‘z tarkibida ko‘pchilikni birlashtiruvchi hamda iste’molchilari, shuningdek, daromadlari va harajatlari umumiy bo‘lgan va birgalikda istiqomat qiluvchi kishilar guruxini tashkil etuvchi xonadonlari asosan oilaga tayanadi, biroq oilasiz xonadonlar ham bo‘ladi, oilaviy xonadonlarda esa, o‘zga iste’molchilar ham birlashishi mumkin” 9 , deyiladi. Ba’zi bir manbalarda uy xo‘jaligi tushunchasi quyidagicha talqin etiladi: “uy xo‘jaligi” (domoxozyaystvo, household) - iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ekti sifatida, qayerda inson doimiy yashar ekan, o‘sha joydagi iqtisodiy ob’ektlarni va jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy xo‘jaligini - uy xo‘jaligi boshlig‘i boshqaradi. Uy xo‘jaligi – ma’lum bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi. Uy xo‘jaligi iqtisodiy jabhalarning iste’mol bilan bog‘liq muammolarni va uy – joy siyosatini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi” 10 . Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling