Mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi


Download 99.55 Kb.
bet2/17
Sana07.04.2023
Hajmi99.55 Kb.
#1340791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ular faoliyatini amalga oshirish, tugatishning qonunchilik asoslari, shuningdek,


1 Mirziyoеv SH.. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda so`zlagan nutqi. - https://sputniknews-uz.com/politics /2017
tadbirkorlik va biznes munosabati ishtirokchilarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik (xo‘jalik) shartnomalari, boshqaribning o‘ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy himoya tizimi va javobgarlik asoslarini har tomonlama tahliliy o‘rganish dolzarb masalaridan bo‘lib qoladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy qonuniy asoslari yaratilishi, uni yanada takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq o`rganish hamda ularni tahlil qilishdir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi;

  • tadbirkorlik (biznes) huquqi alohida huquq sohasi ekanligini hamda uning predmeti va prinsiplarini asoslash;

  • O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznes qonunchiligining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish;

  • tadbirkorlik (biznes) subyektlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning qonuniy asoslarini o‘rganish;

  • xususiy mulk daxlsizligining huquqiy kafolati aniqlash;

  • O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznesning turlarini ko`rsatish;

  • Tadbirkorlik va kichik biznes sub`ektlarini boshqarishning innovatsion metodlarini joriy etishning o`ziga xosligini o`rganish;

  • Korporativ boshqarishning afzalliklarini ko`rsatish.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzu dolzarbligi va keng qamrovligi tufayli siyosatshunoslar, huquqshunoslar, faylasuflar va boshqa soha xodimlari e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Ayniqsa horijiy olimlarning
ishlari kop qirralidir, jumladan David P., M. Jennings , Genry R., Jemes Morgan va boshqalar. Mavzu yuzasidan o‘zbek olimlari ham tadqiqot olib borganlar1.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi tadbirkorlik (biznes) huquqi alohida huquq sohasi ekanligini hamda uning predmeti va prinsiplarini asoslashda ko`rinadi, shuningdek, O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznes qonunchiligining rivojlanish bosqichlari, tadbirkorlik (biznes) subyektlari faoliyatini huquqiy tartibga solishi, Tadbirkorlik va kichik biznes sub`ektlarini boshqarishning innovatsion metodlarini joriy etishning o`ziga xosligini o`rganilganligida namoyon bo`ladi.

Download 99.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling