Mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi


Download 99.55 Kb.
bet8/17
Sana07.04.2023
Hajmi99.55 Kb.
#1340791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti

partnership - LLP). Bu oxirgi tashkil qilingan tadbirkorlik faoliyati turlaridan biridir. Ro‘yxatga o‘tkazuvchi sub]ekt tomonidan ro‘yxatga olinadi. Korxona mulkiga yuridik shaxs egalik qiladi ya’ni a’zolar. Korxona uning hamma qarzlari uchun o‘zi javobgar bo‘ladi, hech qanaqa a’zolar o‘rtasida shaxsiy javobgarlik bo‘lmaydi. Agarda korxona bankrot bo‘lsa, sheriklar qo‘ygan sarmoyasidan judo bo‘ladi, ammo korxona mulki bo‘yicha ularda hech qanaqa majburiyat bo‘lmaydi. SHeriklar sherikchilik shartnomasida bu haqida kelishib olishadi, ammo shunday kelishishga qonun majburlamaydi. SHunga qaramasdan, sherik tomonidan ikki yil mobaynida uning xatosi bilan korxona bankrot bo‘lsa, sud unga nisbatan majburiyat yuklashi mumkin. LLPning tajribasi hozirgi kungacha shuni ko‘rsatadiki, 2000 -yildagi LLP akti advokatlar, buxgalterlar va boshqa mas’uliyatli shaxslar tomonida keng qo‘llanilgan. LLP 2000 Aktining hamma boblari va yo‘nalishlari hamda boshqa qoidalar 1985 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunga (UK Companies Act 1985) asoslanadi. 2007 yil noyabrda hukumat 2006 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunnig LLP qismiga alohida to‘xtalib o‘tdi. E’tiborlisi shuki, LLP o‘rta biznes
qatlami uchun qo‘llaniladi, vaholanki u yirik kompaniyalar tomonida tashkil
topilishi lozim. Aniq bo‘lishicha, hozirda LLPning 2006 yilgi Korxonalar to‘g‘risida qonuning unga bog‘liq qismi yangilanish lozim. Qonunning bo‘limlari endilikda LLPga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan shaxslar hamda ayni paytda a’zolarining o‘rtasida aniq muvozanatni yaratishi lozim.

  1. Korxonalar (companies) . Biznes faoliyati ro‘yxatdan o‘tgan korxona shaklida ham yuritilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish qoidalari asosida Kardiffdagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan ro‘yxatga olinadi. 2006 -yildagi qonunga asosan xususiy korxonalar korxona kotibiyati tashkil qilishi shart emas, ammo ular xohlasa bunga ta’qiq yo‘q. Xususiy korxonada asosiy xulosalar sarmoyadorlar hamda biznes maslahatlatchilari, ya’ni maxsus buxgalterlar va advokatlar tomonidan chiqarilishi umumiy hisoblanadi.

Korxonalar to‘g‘risidagi qonunning ijrosidan so‘ng, xususiy korxonalarda ulushlar ma’lum darajada cheklanadi, yoki biz a’zo bir kishi uchun javob beradi. YOki uning sherikligi bir kishi uchun yopiladi. Bu qoidalar 2006 -yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunda belgilangan. Agarda biznes faoliyati anchagina katta bo‘lsa va korxona ochiq turdagi mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lsa, u 2006-yilgi qonunga binoan kotibiyatga ega bo‘lishi lozim.1

Download 99.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling