Mavzusida yozgan mustaqil ishi


Download 129.7 Kb.
bet3/13
Sana30.12.2022
Hajmi129.7 Kb.
#1072513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzusida yozgan mustaqil ishi

3) Individ (lot. yagona, bo‘linmaC) - bu insoniyat zotining yakka vakili, insoniyatning hamma sotsial va ruxiy jihatlarini idrokiy irodasi, ehtiyojlari, manfaatlari va hokazolarning sohibi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, alohida insonning o‘ziga xos tabiiy-biologik va ijtimoiy ehtiyojlari, manfaatlari, aqli, irodasi va hokazolar yig‘indisi ekanligi nazarda tutilib,«individ» tushunchasi qo‘llaniladi. Individ «mohir odam» turiga mansub yaxlitlikni o‘zida gavdalantirgan alohida insondir. «Individ» tushunchasi bu vaziyatda «aniq inson» sifatida foydalaniladi.
«Individ» tushunchasini ayrim olimlar insonning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri kelishini bayon etgan. Ikkinchi xil fikrga ko‘ra, individ sifatida inson o‘zining jismoniy mavjudligini ta`minlashni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Masalaning bunday qo‘yilishida turli biologik omillar (yosh jihatlari, jinsiy mijozlarining o‘ziga xos tomonlari), shuningdek, inson hayotiy faoliyatining sotsial sharoitlaridagi tafovutlar belgilamaydi.
Har qanday inson individi o’ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi. Hamma gap bu salohiyatni qay tarzda ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan, izchillikni taqozo qiladigan davrdir. Bu bosqichda uning asta-sekin shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi. Individning shaxsga aylanishida, boshqacha aytganda, insonning individ bosqichidan shaxs bosqichiga o‘tish jarayonida sotsiumning u yoki bu darajasida olingan jamoa a`zosi sifatida uning imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli belgilari qat`iy tizim shaklida qaror topadi. Ya’ni fe’l-atvori shakllanadi.
4. Individuallik tushunchasi. Individuallik – «Individ» atamasidan yasalgan bo‘lib, insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Insonni turli darajada: yakka tarzda va tarixiy rivojlanishining aniq-tarixiy o‘ziga xosligini aks ettirishda «individ» tushunchasi bilan bir qatorda «shaxs» tushunchasi ham qo‘llaniladi. «Shaxs» bir qator gumanitar fanlarning falsafa, ruxshunoslik, pedagogika va sotsiologiyani o‘rganish ob’yekti hisoblanadi.
5. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi.

Download 129.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling