Mavzusida yozgan mustaqil ishi


Shaxsning ijtimoiylashuvi deb


Download 129.7 Kb.
bet9/13
Sana30.12.2022
Hajmi129.7 Kb.
#1072513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzusida yozgan mustaqil ishi

Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladigan jarayonga aytiladi. Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo‘lishi 2 muhim jihatga bog‘liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta`sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta`siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog‘liq.


Shaxs ijtimoiylashuvning 2 fazasi mavjud:
1. Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot vainstitutlarga, ya’ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagihar qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida o‘z aksini topadi. Shu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o‘ynaydi.
2. Sotsial interiorizatsiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko‘pgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi, tashqi ta’sir ob’yekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o‘zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyati sifatida o‘zi ham ijtimoiy hayotining hamma sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial ta`sirlanishning ob’yekti va sub’yektidir. Ijtimoiylashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat ko‘rsatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

Individ faoliyat qiluvchi mavjudotdir. U tashqi muhitga shunchaki javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham insonsifatidagi o‘zining taraqqiyot va faoliyati qonuniyatlarni anglaydi va anglash asosida o ‘zining sotsial faoliyatini belgilaydi. Shaxs tomonidan o‘z faoliyatini boshqarish faqat ob’yektiv va sub’yektiv qonuniyatlarni bilishgina emas, balki shu qonuniyatlarni, uning elementlarini, xususiyatlarini ham bilishni taqozo etadi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang‘ich nuqtasi ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’yektiv hayot sharoitlaridir. Faoliyat turlari ko‘p, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsning moddiy va ma’naviy asosini tashkil qiluvchi,ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar shaxsning tashqi muhitga ob’yektiv bog‘liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning amaliy faoliyat ehtiyojlarini qondirish shakli sifatida qaralishi ob’yektiv sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarini anglash sifatida qaralishi mumkin.
Ehtiyojlarning 2 ko‘rinishi mavjud: 1) tabiiy va 2) jamiyat tomonidan paydo qilingan ehtiyojlar.


Download 129.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling