Mavzusida yozgan mustaqil ishi
Download 129.7 Kb.
|
Mavzusida yozgan mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Shaxsning individualligi
- Munosabatlar sub’yekti.
- Munosabat manfaati
- Harakat manfaati
- Yo‘nalish manfaati
3. Professional xislati:
1) ishlab chiqarishni bilish; 2) kadrlarga e’tibor; 3) o‘z malakasini oshirish; 4) ishbilarmonlik va hokazo; Jamiyat va individning integratsiyalashuv jarayoni va ijtimoiy birliklarining turli tiplari ham mavjud bo‘lib, bular: 1) guruh; 2) ijtimoiy institutlar; 3) ijtimoiy tashkilotlar va boshqalardan iborat. Shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari 3 ta kichik tizimdan iboratdir: 1. Shaxsning individualligi. 2. Shaxslararo munosabatlari. 3. Munosabatlar sub`yekti. 1. Shaxsning individualligi undagi harakter, iroda,dunyoqarash, faoliyat jarayonidagi ba’zi bir xususiyatlar bilan belgilanadi. Undagi individual xususiyatlaruning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. 2. Shaxsning shaxslararo munosabati, avvalo shu munosabatlar sistemasi elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida xizmat qiladi, shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda insoniylik, poklik, rostgo‘ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va takomillashuvida alohida o‘ringa ega. 3. Munosabatlar sub’yekti. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub’yekti sifatida mavjud bo‘lishi uning shu munosabatlarda sub’yekt sifatidagi maqomini belgilaydi. Shaxs ma’lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababchisi hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va harakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holat ta’sirida uning faoliyatida o‘rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma’lum sotsial muhit sharoitlarida individlar orasidagi o‘zaro ta’sirlar jarayonida yuzaga kelgan aloqalar tizimidir. Shaxsning sotsial xususiyati kishining faoliyati,xatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida ko‘rinadi. Shaxsning sotsial sifatlarini tashkil etuvchi elementlarga (shaxs sotsial maqsadi): - o‘z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar; - foydalanadigan belgilar tizimi; - o‘z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi. Shaxs sotsiologiyasida shaxs manfaati alohida o‘ringa ega. Shaxs manfaati – bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq yo‘nalganligidir. Manfaatlar asosida kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial qonunlar talablarini ifodalaydi, buning natijasida manfaat ehtiyojini anglashda muhim rol o‘ynaydi. Manfaatning 4 turi mavjud: 1. Munosabat manfaati: - shaxs faoliyatida u yoki bu ob’yektdagi voqea va hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaati 2 ko‘rinishda kechadi: a) asosiy munosabat manfaati – bu shaxsning hayotida maqsad va vazifasini, harakatlarini o‘z ichiga oladi; b) yordamchi yoki ikkinchi darajali munosabat manfaatdir. Bu shaxs faoliyatining maqsad va vazifalaridan tashqari uning boshqa voqelikka qiziqishini bildiradi. 2. Harakat manfaati: – shaxsning u yoki bu faoliyatida qatnashishida ko‘rinadi. Aktiv yo passivligini bildiradi. Harakat manfaati: a) maqsadli va b) maqsadsiz bo‘lishi mumkin (boshlang‘ich faoliyati bilan cheklanib qolgan, tor doiradagi harakat). 3. Tayanch manfati: – shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta`sirlashuvida shakllangan va turli vaziyatlarda o‘z yo‘nalishinisaqlab qolgan manfaatdir. Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda shakllanadi. 4. Yo‘nalish manfaati: – bu yo‘nalish manfaatlar ichida juda murakkab bo‘lib, u shaxs manfaatlaridan birini tanlashi bilan bog‘liq. Demak, shaxsning tipi u yashaydigan jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga bog‘liq. Shaxsning shakllanishini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat: 1) Ijtimoiy siyosiy tizim. 2) Tarbiya va maorif tizimi. 3) Turmush. 4) Mehnat faoliyati. 5) Ijtimoiy faoliyat. 6) Oila va boshqalardir. Shaxs shakllanishida uni o‘rab turgan muhit va u intiladigan madaniy-ijtimoiy ideallar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ham ahamiyati kattadir. Bunday hodisani fanda insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializatsiya yo‘li bilan shaxsga o‘tishi, deb atash qabul qilingan. Buni izohlaydigan ko‘pgina qarashlar mavjud. Download 129.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling