Mavzusida yozgan
YaIM (YaHM) Aholi jon boshiga YaIM (YaHM)
Download 1.22 Mb.
|
Jo`rayev Imomlali
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi 407514,5 105,1 12365,6
- O`zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil)
O`zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil) 4-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 2018-yil yakunlari bo‘yicha YaHM ko‘rsatkichlarida Toshkent shahri (108,1 %), Andijon (112,1 %) va Toshkent viloyatlarida (106,4 %) yuqori o‘sish sur‘atlari qayd etilgan. Respublika darajasiga (105,1 %) nisbatan past o‘sish sur`atlari Qashqadaryo (101,0 %), va Sirdaryo (102,1 %) viloyatlarida kuzatilgan. Samarqand (99,3 %), Surxondaryo (98,9 %) viloyatlarida esa umuman o‘sish kuzatilmagan. O‘tgan yilda Respublika bo‘yicha YaIM ning shakllanishida Toshkent shahri 13,1 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 9,4 % va Samarqand viloyati 7,7 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0 %) va Jizzax viloyatlariga (2,9 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 %) to‘g‘ri kelmoqda. Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda respublikaning har bir iqtisodiy tuman va viloyatlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishiga bog‘liqdir. Shuni hisobga olgan holda har bir hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilib chiqish hamda xulosalar asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, 2018-yilda hududlar o‘rtasida xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushni Toshkent shahri (32,9 %), Toshkent (7,5 %), Samarqand (6,7 %), Farg'ona (6,2 %) va Andijon (5,4 %) viloyatlari egallaydi. Ma‘lumki, respublikamizda xizmatlar asosan 13 ta katta guruhga bo‘linadi, bular: aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, yashash va ovqatlanish xizmatlari, savdo xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, ta‘lim sohasidagi xizmatlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, ijara xizmatlari, kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar, shaxsiy xizmatlar, me‘morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hamda boshqa xizmatlar. Fikrimizcha, YaHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi naqadar muhimligini aniqlab olishimiz uchun xizmatlar sohasi yuqori, o‘rta va past bo‘gan hududlar kesimida yuqoridagi xizmat turlarining ko‘rsatkichlarini tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 1. Xizmatlar sohasi nisbatan past rivojlangan hududlar: Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Dastlabki ma`lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda Sirdaryo viloyatida YaHM 2,1 % ga o‘sdi va 8 200,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ham ijobiy o‘sish sur`atlari qayd etildi. Xususan, o‘sish sur`atlari sanoatda 106,7 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 21,8 %), qurilishda 109,1 % (4,3 %), xizmatlar sohasida 104,7 % (23,6 %) ni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida esa, ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 2017 yilga nisbatan 97,9 % ni tashkil etdi (ushbu tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 50,3 %). Aholi jon boshiga YaHM hajmi 9 966,6 ming so‘mni tashkil etdi va 0,4 % ga o‘sdi. 2. Xizmatlar sohasi o‟rta darajada rivojlangan hududlar: Farg‟ona va Samarqand viloyatlari. O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‟ona viloyatida YaHM 3,9 % ga o‘sdi va 25 181,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi. YaHM ning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur`atlari bilan bog‘liq. O‘sish sur`ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,7 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 39,2 %), sanoatda – 104,8 % (20,6 %), qurilishda – 109,6 % (5,1 %), xizmatlar sohasida – 104,7 % (35,1 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 6 895,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2,2 % ga o‘sdi. 3. Xizmatlar sohasi yuqori darajada rivojlangan hududlar: Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Toshkent viloyatida YaHM 38 398,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 6,4 % ga o‘sdi. YaHM ning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur`atlari bilan bog‘liq. Jumladan: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 102,8 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 32,5 %), sanoatda – 111,3 % (40,6 %), qurilishda – 110,1 % (3,1 %), xizmatlar sohasida – 103,7 % (23,8 %) ijobiy o‘sish sur`atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 5,1 % ga o‘sdi va 13 333,4 ming so‘mni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari (pul mablag‘larini olish va qayta taqsimlash bo‘yicha xizmatlar) pul-kredit sohasida vositachilik xizmatlari ustunlik qiladi. 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ushbu xizmatlarning ulushi 96,2 % ni tashkil etdi. Sug‘urta xizmatlari tarkibida eng katta ulush sug‘urta xizmatlariga to‘g‘ri keladi, hayotni sug‘urta qilish xizmatlari bundan mustasno (baxtsiz hodisa va yong‘indan sug‘urta qilish, sog‘liqni sug‘urta qilish, turistik sug‘urta qilish, mol-mulkni sug‘urta qilish, transport sug‘urta qilish, pul yo‘qotishlaridan va majburiyatlardan sug‘urta qilish) - 58,9 %. Hayotni sug‘urta qilish xizmatlari umumiy sug‘urta xizmatlari hajmining 30 % ini tashkil etdi. 2022- yilning yanvarsentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 16 351,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,1 % ni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga to‘g‘ri keldi– 65,0 %. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan mazkur hududda ushbu turdagi xizmatlar hajmi 2 284,5 mlrd. so‘mga oshib, 10 018,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling