Mavzusida yozgan


Yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 1.22 Mb.
bet6/14
Sana06.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1329644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jo`rayev Imomlali

Yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 49 111,0 mlrd. so‘mga oshib, 253 840,0 mlrd. so‘mga yetdi.
Taqqoslama ekvivalentda 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan (119,5 %) o‘sish sur’ati 115,4 % ni tashkil etdi. 2021- yil sentabr oyiga nisbatan (25,7 trln. so‘m), 2022- yil sentabr (diskret oy) uchun taqdim etilgan bozor xizmatlari hajmi (32,2 trln. so‘m) 6,5 trln. so‘mga oshdi. 2022- yil yanvar oyiga nisbatan joriy yilning sentabr (diskret oyi) uchun bozor xizmatlari hajmi 7,9 trln. so‘mga oshdi va 32,2 trln. so‘mga yetdi. 2022- yilning oldingi (avgust) oyiga nisbatan 1,3 trln. so‘mlik o‘sish qayd etildi.

1.3. O‘ZBEKISTONDA XIZMATLAR SOHASINING RIVOJLANGANLIK DARAJASI VA UNING YALPI HUDUDIY MAHSULOTDAGI ULUSHI TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, qo‘mita tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o‘rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshiriladi. YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida respublika hududlarida (viloyatlarda) ishlab chiqarilgan YaHM tarkibida xizmatlar soasining ulushini tahlil qilib chiqdik va bu orqali hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda xizmatlarga bo‘lgan talab hajmini aniqlab oldik. Xususan, o‘tgan 2018-yil mobaynida ishlab chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz:[31]
3-Jadval





Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling