Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Yangi meva va rezavor-meva jelesi


Download 0.62 Mb.
bet10/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Yangi meva va rezavor-meva jelesi. Saralangan jelatin donachalari sovuq suvda bo'ktiriladi. Mevalar siqib sof sharbati olinib, turpi suvda xuddi kisel tayyorlaganga o'xshash qaynatib suziladi, suyuqligida shakarli sharbat tayyorlanadi va bu sharbatga bo'kkan jelatin dokada suyuqligi silqitilgan holda solib qaynatiladi. So'ng plitadan olib, meva sof sharbati hamda ta'mga ko'ra limon ishqori solinib, uy haroratigachasovitiladi. Tayyor jele sovitilgan qolipgasolinib harorati 8°C dan yuqori bo'lmagan muzxonada 1—2 soat davomida qotiriladi. Tayyor jelelar tiniq ko'rinishga ega bo'lishi kerak. Shu sababli sanoatda ishlab chiqarilgan sharbatlardan jele tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Agar jele tayyorlashda jelatin qo'shilgandan so'ng tiniqlik holati buzilsa, tuxum oqidan qo'shib tindiriladi. Buning uchun tuxum oqiga barobar miqdorda sovuq suv qo'shib ko'pirarli darajada aralashtiriladi va 50°C gacha isitilgan jele mahsulotiga solinib, qaynatiladi. So'ng plitadan olinib, 5—10 minut tindirilib, dokadan o'tkazib suziladi vasovitiladi, sovuq qolipgaquyib qotiriladi.Tarqatishdaqoliplardan vazayoki taqsimchalargabo'shatib beriladi.
Olma jelesi. Jelatin suvda bo'ktirilib, suyuqligi siqilib tayyorlanadi. Olma yuvilib po'sti tozalanadi, palladia shaklida kesilib, o'zagi, urug'i olib tashlanadi, limon ishqorli suvda pishirilib (5—7 minut) suzib olinadi. Bunda olma o'z shaklini saqlagan holda pishgan bo'lishi kerak. Suyuqligi suzilib, shakar qo'shib bir qaynatilb olinadi, tayyorlangan jelatin qo'shib aralashtirilgan holda qaynash darajasiga yetkazib, uy harorati darajasidasovitiladi.Pishgan olmaham sovitiladi.Qolip yoki likopchaga 2—3 mm qalinlikda jele suyuqligi solinib muzxonada qotirilib, ustidan tayyorlangan olma chiroyli qilib teriladi, uning ustidan qolgan jele suyuqligi quyilib muzxonada qotiriladi. Xuddi klyukva jelesiga o'xshash usulda tarqatiladi. Meva jelesi yangi va konservalangan mevalardan tayyorlanadi.
Limon, apelsin, mandarin jelesi. Jelatin sovuq suvda bo'ktiriladi. Limon, apelsin, mandarin yuvilib artiladi, po'sti vaichidagi ipsimon po'sti tozalanib, somoncha shaklida to'g'raladi, ezib, sharbati ajratilib, sirlangan idishda muzxonada saqlanadi. Turpi va po'stini suvda bir qaynatib olinadi, shakar bilan aralashtirib, bo'ktirib tayyorlangai jelatin qo'shib qaynatiladi. So'ng plitadan olinib, qopqog'n yopilgan holda 15—20 minut tindiriladi va limon sharbati bilan aralashtirilib, elakdan o'tkazib suziladi vaqoliplargaquyib sovitilgach iste'molgatarqatiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling