Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet8/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Yangi mevadan tayyorlangan kisel. Bu kiselni tayyorlash uchun meva-rezavorlardan maymunjon (16-rasm), chernika, brusnika, qoraqat ishlatiladi. Mevalar saralanib, qaynatilgan suvda yuviladi. Yog'och kapkir yordamida eziladi, ko'p miqdori tayyorlansa ezuv-chi mashinada ezib, sharbati ajratiladi va sirlangan idishga solib muzxonaga qo'yiladi. Turpiga (1:6) suv quyib 10—15 minut qaynatiladi va suyuqligi suziladi, shakar qo'shib bir qaynatib olinibsharbat tayyorlanadi. Kraxmalga (1:5) qaynatib sovitilgan suv qo'shib aralashtiriladi, uni meva sharbatiga qo'shib 1—2 minut qaynagandan so'ng, olovdan olinib, muzxonadagi meva sof sharbati bilan aralashtiriladi. Meva sof sharbati kiselga yangi meva mazasi, rangi, xushxo'rligini beradi. Biroz sovitilib, stakanlarga quyilib, ustidan shakar sepib sovitiladi va harorati 10—14°C ga yetgandan so'ng tarqatiladi. Klyukva 126 g, brusnika 133 g, qoraqat 122 g yoki qizil qoraqat 128 g, suv 895 g yoki chernika 163 g, suv 850 g, shakar 120 g, kartoshka kraxmali 45 g (limon ishqori 2 g).
Olmadan tayyorlangan kisel. Olma yuvilib o'zagi va urug'i olib tashlanadi, tilim-tilim shaklida kesilib, qaynab turgan suvga solib, qopqog'i yopilgan holda yumshaguncha pishiriladi. Suyuqligi suzilib, olmasi ezib pyure holiga keltiriladi. Suyuqligini 1/4 qismi sovitilib kraxmal bilan aralashtiriladi. Qolgan suyuqlik, olma pyuresi, shakar qaynash darajasiga yetkazilib, tayyorlangan kraxmal qo'shib tayyor holga keltiriladi, sovitilib, yuqoridagi usulda tarqatiladi.
Sut kiseli. Sut kiselini tayyorlash uchun sut yoki suy aralashtirilgan sut ishlatiladi. Agar kisel suv-sut aralashmasidan tayyorlansa, qaynagandan so ng unga suv qo'shilishi lozim. Jo'xori kraxmali qaynatib sovitilgan suyuqWcMan aralashtirilib elakdan o'tkaziladi. Qaynab turgan suyuqhkka tayyorlangan kraxmai qo'shib aralashtirilgan holda olov balandlatiladi va qaynatiladi. Qaynab eniqqacn olov pasaytirilib, 10 minut qaynatib, tayyor holga keltiriladi va vamlin qo smo stakanga quyiladi. Sovigach, iste'molga tarqati-ladi.
Quyuq sut kiseli sutdan tayyorlanadi. Bu sut kiselini tarqatish uchun taq simchaga solinib, ustidan meva shirin sardagi (50 g) yoki murabbo, djem (2U g) qo'shib beriladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling