Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash
Download 0.62 Mb.
|
Shirin taomlar tayyorla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konservalangan mevalardan tayyorlangan puding (gurev botqasi).
- Jeleli shirin taomlar
Urvoq pudingi. Kishmish saralanib yuviladi. Tuxum oqi ajratib ko'pirtiriladi. Tuxum sarig'i esa shakar bilan eziladi va biroz sut qo'shib aralashtiriladi. Vanilinli urvoq tayyorlangan suyuqlikka solinib biroz bo'ktiriladi. Yog'lanib shakar sepilgan qolipgasolishdan awal tayyorlangan kishmish va ko'pirtirilgan tuxum oqi aralashtirilib, manti qasqon yoki bug' qozonlariga qo'yib qopqog'i yopiladi va 25— 30 minut davomida pishiriladi.Iste'molgatayyor puding biroz sovitiladi, qolipdan olib likopchalarga solinadi va o'rik shirin sardagi solib tarqatiladi. Agar puding kattaroq qolipdatayyorlansa, porsiyalargabo'lib tarqatiladi.
Konservalangan mevalardan tayyorlangan puding (gurev bo'tqasi). Sutni toza idishga solib, qovurish shkafiga qo'yiladi va 240—260°C darajali sharoitda yuzida qaymoq (yupqa qobiq) hosil bo'lguncha ushlanadi. So'ng qaymog'i qoshiq bilan olinadi. Shu tariqa bir necha bor sut yuzidagi qaymog'i ajratib olinadi va tayyor taom tarqatilguncha saqlanadi. Sut-suv aralashmasidan ilashimli manna bo'tqasi tayyorlanadi va unga shakar, sariyog' qo'shib aralashtirib, 50—60°C li darajagacha sovitiladi. Tuxum oqi ajratib olinib ko'pirtiriladi. Agar pudingga yong'oq solinsa, uni tozalab mag'zi maydalanadi. Sovitilgan bo'tqaga tuxum sarig'i, vanilin, yong'oq solib yaxshilab aralashtiriladi, so'ng ko'pirtirilgan tuxum oqi qo'shilib yana bir bor aralashtiriladi. Tayyorlangan mahsulot va sut qaymog'i porsiyali tovaga bir qavatdan qilib ustma—ust solinadi. Solingan mahsulot usti tekislanib, shakar sepiladi, pazandachilik ignasi qizdirilib, sepilgan shakarga kuydirilgan holda bezak berilib qovurish shkafida 5—7 minut yopiladi. Tayyor puding o'z tayyorlangan tovasida, ustidan marinadlangan meva va yong'oq mag'zi bilan bezab tarqatiladi. Alohida sardak idishida issiq o'rik shirin sardagini berish mumkin. Gurev bo'tqasi yangi mevalardan tayyorlansa, mevalar ishlovdan o'tkazilib palladia shaklida kesiladi va quyuq shakar sharbatida qaynatib olinadi. Jeleli shirin taomlar Jeleli shirin taomlarga kisel, jele, muss, sambuk, kremlar kiradi. Sovitilganda bu taomlar ilvira ko'rinishiga ega bo'ladi. Ular ilvira hohga kirishi uchun ularga jeleli mahsulotlardan jelatin, kraxmal, agaroidlar qo'shiladi. Bundan tashqari, shirin taomlarni ilviralashtirish uchun natriy alginat, pektinli moddalar, turli xil kraxmalli mahsulotlar ham ishlatiladi. Ular soviganda suv tarkibini quyuqlashtirib ilvira ko'rinishga olib keladi. Ilviraning quyuqlik darajasi ularga qo'shilgan jeleli mahsulot miqdoriga bog'liq bo'ladi. 9-jadvalda jeleli taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan kraxmal va jelatin miqdori keltirilgan (1 kg mahsulotga g hisobida) Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling