Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish


Pedagogik texnologiyaga nima uchun «yangi» soʻzi koʻshib ishlatilmoqda?


Download 387 Kb.
bet14/22
Sana19.06.2023
Hajmi387 Kb.
#1603907
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Axmedova Umida BMI

Pedagogik texnologiyaga nima uchun «yangi» soʻzi koʻshib ishlatilmoqda?
«Yangi pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?
Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud boʻladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma oʻz ta`sirini oʻtkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini oʻz navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maqsadini yangi yoʻunalishga burdi, ya`ni : «oʻtmishdan qolgan mafkuraviy sarqitdan toʻla xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilandi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning xam yangilanishi tabiiydir.
Ikkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga oʻqitish imkoniyatlari katta boʻlgan yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga oʻzining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Pedagogik texnologiya mohiyati bilan boshqa texnologiyalar bilan bir qatorda turadi, chunki ular ham boshqa texnologiyalar kabi oʻz xususiy sohasiga, metodlari, vositalariga ega, ma`lum material bilan ish koʻradi. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli boʻlmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan farq qiladi.

Pedagogik texnologiya turlari


Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari boʻyicha turlarga ajratiladi.
Uzluksiz ta’lim turlari boʻyicha maktabgacha ta’lim, boshlangʻich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qoʻshimcha ta’lim, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga boʻlinadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari boʻyicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud boʻlgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib oʻtishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega boʻlib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos boʻlgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari boʻyicha turlarga ajratiladi.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling