Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish
Download 387 Kb.
|
Axmedova Umida BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli ta’lim texnologiyalari
Muamoli ta’lim texnologiyasi. Muammoli ta’lim texnologiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish dars samaradorligini bevosita oshirishga imkon yaratadi. Muammoli darslarda oʻqituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo oʻquvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, koʻnikma, va malakalarni ijodiy oʻzlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Muammoli ta’lim texnologiyalari oʻquvchilarning bilimlari oʻzlashtirish darajasini orttirish, koʻnikmalarni malaka darajasiga yetkazish maqsadida qoʻllanilib, unda oʻquvchi oʻquv materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi, sintezlaydi, ma’lumotlarni umumlashtirib, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, avval oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini yangi vaziyatlarda qoʻllab, bilimlarni chuqurlashtiradi, kengaytiradi. Oʻquvchilarni ijodiy va mantiqiy fikr yuritishga oʻrgatish, aqliy faoliyat usullarini egallashga, ularda ilmiy, tanqidiy- taxliliy, mantiqiy fikr yuritish koʻnikmalarini shaklantirish va rivojlantirishga olib keladi. Modulli ta’lim texnologiyalaridan biologiyani oʻqitishda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda oʻquvchilarning oʻ’quv-bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi. Oʻquvchilar oʻquv materialini modul dasturidan oʻrin olgan oʻquv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil oʻzlashtiradilar va oʻz oʻquv faoliyatining sub’yektiga aylanadilar. Shu tariqa yagona ta’lim tarbiya jarayonining ikkita sub’yekti oʻqituvchi va oʻquvchi oʻquv jarayonida koʻzlangan maqsadga erishadi. Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning afzallik tomonlari, uni an’anaviy ta’lim texnologiyasi bilan taqqoslanganda aniq koʻrinadi. 1-jadval 1-jadval
Xulosa qilib aytganda, oʻqitish jarayonining samaradorligi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning bilish faoliyatini oʻqitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish koʻnikmalarini egallaganlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling