Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga
Download 387 Kb.
|
Axmedova Umida BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga
- Didaktik oʻyin texnologiyalar.
- Muammoli ta’lim texnologiyalari.
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi; Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalar; Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalar; Ta’limni differensiallashtirish individuallashtirish; Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: Didaktik oʻyin texnologiyalari; Muammoli ta’lim texnologiyalari; Modulli ta’lim texnologiyalari; Hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari; Loyihalash texnologiyasi; An’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi. Quyida biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalarning turlari, metodlari va oʻziga xos hususiyatlari bilan tanishamiz. Didaktik oʻyin texnologiyalar. Ta’lim jarayonida didaktik oʻyinli texnologiyalar didaktik oʻyinli dars shaklida qoʻllaniladi. Ushbu darslarda oʻquvchilarning bilim olish jarayonini oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashtiriladi. Shu sababli, oʻquvchilarning bilim olish faoliyati, oʻyin faoliyati bilan uygʻunlashgan darslar didaktik oʻyinli darslar deb ataladi. Didaktik oʻyinli texnologiyalarning syujetli- rolli, ijodiy ishbilarmonlar, konferensiyalar va oʻyin mashqlar kabi turlari bor. Oʻquvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egallash koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻzlarida mujassamlashgan bilim, koʻnikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qoʻllash orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirishda syujetli- rolli oʻyinlar muhim rol oʻynaydi. Oʻquvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mant qiy fikrlashini rivojlantirshda, qoʻshimcha bilm olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy oʻyinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni oʻquvchilar guruhining oʻzaro hamkorlikda avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni ijodiy qoʻllash va izlanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik oʻyinlarni ijodiy oʻyinlar deb atash lozim. Jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, oʻquvchilar ma’lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, koʻnikma va malakalar bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, ilmiy dunyo qarashini kengaytrishga moʻljallangan didaktik oʻyinlar ishbilarmonlar oʻyini deyiladi. Ishbilarmonlar oʻyini ham boshqa oʻyinlar kabi, oʻqituvchi va oʻquvchilardan puxta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi. “ Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari, Qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik” mavzusini oʻrganishni auksion–dars shaklida oʻtkazish yuqori samara beradi. Didaktik oʻyinli darslar ichida ham konferensiya darslari ham muhim oʻrin tutadi. Konferensiya darslari oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni qoʻshimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchi konferensiya darsni oʻtishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qoʻshimcha ilmiy, ilmiy- ommabop adabiyotlarni koʻzdan kechiradi. Mazkur dars koʻrish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. E’lon qilingan didaktik oʻyinli darsga “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash oʻquvchilarning ixtiyorida boʻladi. Darsga tayyorgarlik davrida oʻqituvchi tomonidan ijobiy ragʻbatlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yoʻllovchi oʻqituvchining muloqot madaniyati, oʻzaro yordami oʻquvchilarning darsga qizgʻin tayyorgarlik koʻrinishning muhim omili sanaladi. Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati faol boʻlishi bilan xaraktarlanadi. Oʻquvchining matbuot konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. Oʻqituvchi matbuot konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. Oʻqituvchi matbuot konferensiyasini oʻtkazishdan bir hafta avval sinf oʻquvchilarini ikkita guruhga boʻladi boʻladi. Ularning tahminan 30% parrandalar seleksiyasi sohasida ishlayotgan olimlar va parrandachilik fabrikalarining mutaxasislari, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallarning muhbirlari rolini bajaradilar. Shundan soʻng har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot konferensiyasida beradigan savollari oʻquvchilar yordamida tuziladi. Bu savvollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak. Savollar mazmuni muhokamadan oʻtgandan soʻng, gazeta va jurnal muxbirlari va seleksiyachi olimlar roli oʻquvchilarning hohishiga koʻra taqsimlanadi. Oʻqituvchi parandachilik seleksiyasi bilan shugʻullanadigan olimlar va mutaxasislar rolini bajaradigan oʻquvchilar bilan alohida tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish va savollarga javoblar topish haqida koʻrsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan boʻlishi lozim. Oʻqituvchi ana shu javoblarni oldin koʻzdan kechirishi, agar ularda juz’iy kamchiliklar boʻlsa, ularni toʻgʻrilashi, toʻldirishi kerakligini oʻquvchilarga topshiradi. Muhbirlar rolini bajaradigan oʻquvchilar ham savollarga javoblar topishi olimlar va mutaxasislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega boʻlishini ta’minlashi kerak. Mazkur darsga hamma oʻquvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar qizgʻin tayyorgarlik koʻrishi lozim. Biologiyani oʻqitishda, boshqa didaktik oʻyinlar bilan bir qatorda oʻyin mashqlardan oʻz oʻrinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Oʻyin mashqlar uchun televideniya va matbuot orqali berib borilayotgan va oʻquvchi yoshlarning eng qiziq mashgʻulotiga aylangan oʻyinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zigzag”, “Zinama zina” , “Kim millioner boʻlishni hohlaydi?” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur oʻyinlarda oʻquvchilar avvalo oʻz kuchi va bilimlarini sinab koʻradilar va yana ularning aksariyati shu oʻyinlar ishtirokchisi boʻlishi orzu qiladilar. Oʻyin mashqlar evolyutsiya asoslari yuzasidan umumlashtiruvchi dars qilib oʻtkazish mumkin. Muammoli ta’lim texnologiyalari. Ta’lim jarayonida salmoqli oʻrin egallagan muammoli ( aqliy hujum) dars, munozarali ( ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslari muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi. Mazkur darslarning oʻziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muommoli vaziyatlarga asoslanadi. Muammoli ta’lim deb oʻqituvchi tomonidan pedagogik ta’sir koʻrsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonunyatlariga tayangan holda, oʻquvchilarning bilimlarini oʻzlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yoʻnaltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, oʻquvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’yekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish koʻnikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli bilogiyani oʻqitishda oʻqitishning reproduktiv metodlari boʻlgan ogʻzaki bayon, koʻrgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muommoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi buning uchun oʻqituvchi mazkur metodlarning oʻziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni toʻgʻri anglashi va oʻz oʻrnida samarali foydalanish koʻnikmalarini egallagan boʻlishi lozim . Muammoli izlanish metodlari guruxiga mansub muammoli - izlanish xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda , avval muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi , oʻquvchilarning oʻqituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishga oʻquv farazlarini hosil qilish va isbotlash suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga imkon yaratiladi. Muammoli bayon metodida, oʻqituvchi yangi mavzuni oʻrganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga, oʻquv farazlari asosida muammoli xal qilinadi. Muammoli-amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar oʻtkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan oʻquv farazlarini hosil qilinadi va oʻquv-tadqiqot tajribalari oʻtkazilib, oʻquv hulosalari va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi. Muammolarni xal etishda oʻqitishning mantiqiy metodlari guruhiga mansub induktiv, deduktiv, tahlil, bosh gʻoyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan ham ham foydalanadi. Muammoli darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan ( “Tafakkur boʻroni” B.R Qodirov), ( “ Miyaga hujum ” , “ Fikrlar toʻqnashuvi ”, “ Fikrlar jangi ” B.M Karimova, F.A Akramova ), ( “ Aqliy hujum ” J.G Yoʻldosheva ) nomlash rasm boʻldi. Muammoli dars ( “Aqliy hujum” ) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi: I-bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan oʻquvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. II-bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat boʻlgan oʻquv topshiriqlarini tarqatish va ularning topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish III-bosqich. Oʻqituvchilarning bilish faoliyatini oʻquv muammolarini hal etishga yoʻnaltirish. IV-bosqich. Oʻquvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish boʻyicha axborotlarni tinglash. V-bosqich. Kichik guruhlar oʻrtasida oʻquv baxsi va munozara oʻtkazish. VI-bosqich. Umumiy hulosa chiqrish. “Aqliy hujum ” da oʻquvchilar avval oʻzlashtirilgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qoʻllab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. “Aqliy hujum” darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni oʻrganishga bagʻishlanadi. Mazkur darsning didaktik maqsadi: Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali taxsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish. Oʻquvchilarning avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qoʻllash orqali yangi bilimlarni egallashga erishish. Oʻquvchilarning bilimdagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga boʻlgan intilishni rivojlantirish. Oʻquvchilarning nutqini oʻstirish, oʻz fikrini loʻnda va mantiqdan toʻgʻri bayon etish, ularni dalillash koʻnikmalarini hosil qilish. “Aqliy hujum” darslarining tuzilishi quyidagicha boʻladi: Oʻqituvchining kirish soʻzi. Bunda oʻqituvchi dars mavzusining maqsadi va vazifalari, umumiy munozara oʻtkaziladigan muammolarning umumiy tavsiloti, darsda oʻquvchilar guruhi bajaradigan oʻquv topshiriqlari bilan tanishtiradi. Oʻquvchilarni teng sonli kichik kuruhlarga ajratish. Oʻquvchilar faoliyatini munozarali va muammoli masalalarni bajarishga va hal etishga yoʻllash; Oʻquvchilar guruhi oʻrtasida oʻquv bahsi va munozarani tashkil etish; Oʻquv bahsi va munozara yakuni. Oʻqituvchi dars davomida oʻquv bahsi va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy gʻoya va tushunchalarni ta’kidlab, xulosalar yasaydi. Oʻquvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. Oʻquv bahsi va munozaralarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi. Uyga vazifa berish. Darsni umumiy yakunlash. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling