Tadqiqot ob’yekti: “Tabiiy ekosistemalar” mavzusini pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻqitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: “Tabiiy ekosistemalar” mavzusini pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻqitishni mazmuni, metodi, vositalari.
Bitiruv malaka ishinng ilmiy amaliy ahamiyati: “Tabiiy ekosistemalar” mavzusini oʻqitish uchun tadqiqot davomida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalari va metodik tavsiyalar umum ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari qituvchilari va oʻquvchilari uchun amaliy qoʻllanma boʻlib hizmat qiladi.
1. “Tabiiy ekosistemalar” oid bilimlarini tarkibiy qismlarga ya’ni modullarga ajratib oʻrganilsa;
2. “Tabiiy ekosistemalar” mavzularini oʻrganish borasida mavzularini tegihli tehnologiyalarga mos tanlay olsa;
3. “Tabiiy ekosistemalar” mavzularini oʻrganish jarayonida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkurlarini rivojlantira borilsa;
4. “Tabiiy ekosistemalar” mavzularini oʻrganish jarayonida qoʻshimcha ilmiy ommabop qiziqarli va mahalliy materiallardan foydalanilgan holda mashgʻulotlar olib borilsa pirovard natijada ta’lim samradorligi ortishiga imkon boʻladi.
Bitiruv malaka ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv malaka ishi 54 bet boʻlib mundarija, kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
I.BOB. TABIIY EKOSISTEMALAR
1.1.Chuchuk suv ekosistemlari.
Sayyoramizdagi ekosistemalar juda xilma-xil. Kelib chiqishiga ko‘ra ekosistemalarning quyidagi xillari farqlanadi. 1. Tabiiy ekosistemalar - bu turdagi ekosistemalarda biologik o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va boshqalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. 2. Sun’iy (antropogen) - ekosistemalar, inson tomonidan yaratilgan va inson ko‘magida faoliyat yurita oladigan ekosistemalar. Bu guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, urbanoekosistema (shahar ekosistemalari) va kosmik ekosistemalar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |