Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi
Download 387 Kb.
|
Axmedova Umida BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalash texnologiyasi
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining dars samaradorligini oshirishdagi asosiy gʻoyasi oʻquv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlida oʻqishni oʻrganishdir.
Hamkorlikda oʻqitish har bir oʻquvchini kundalik qizgʻin aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga oʻrgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir oʻquvchida shaxsiy qadr- qimmat tuygʻusini vujudga keltirish, oʻz kuchi va qobiliyatiga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirishni koʻzda tutadi. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi har bir oʻquvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, oʻquv topshiriqlarini sifatli bajarishga, oʻquv materialini puxta oʻzlashtirishga, oʻrtoqlariga hamkor boʻlib, oʻzaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. Oʻquvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarni egallagan boʻlishlari, muammoni anglash va uni hal etish yoʻllarini izlashlari bu borada avval oʻzlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bogʻlanishlarini tasavvur qilishlari zarur. Loyilash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarini egallashlari, fanlararo bogʻlanishlarni amalga oshirish sanaladi. Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: “Oʻrganilayotgan bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman” sanaladi. Bu tezis oʻquvchilarning fan asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslanishlari va moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi. Biologiyani oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqt darsda oʻquv muammolarini hal etishda foydalanishi zarur. Loyihalash texnologiyasida foydalanish oʻquvchilarga individual va differensial yondashish orqali darsning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Loyihalash texnologiyasi oʻquvchilarda ijodiy faoliyatning shakllanishiga asos boʻladi. Ma’lumki, ijodiy faoliyat ta’lim mazmunining tarkibiy qismi sanalib, uni oʻqituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirib boʻlmaydi. Oʻquvchilar loyihalar yechimi ustida ishlar ekan, ular avval oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini yangi vaziyatlarda qoʻllab, yangi bilimlarni oʻzlashtiradilar, shu tariqa ijodiy faoliyat tarkib topadi. Yuqoridagi ta’lim texnologiyalarning biologiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli oʻrganilgandan soʻng ularni genetika va seleksiya asoslari boblari mavzulariga qoʻllab amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling