Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish


Download 387 Kb.
bet5/22
Sana19.06.2023
Hajmi387 Kb.
#1603907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Axmedova Umida BMI

1.2. Tropik o‘rmonlar turlari
Tropik o‘rmonlar turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu o‘rmonlarni harorat va yillik yog‘in miqdori yuqori darajada bo‘lgan, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoit yetarli bo‘lgan hududlarda (Janubiy Amerika shimoli, Markaziy Amerika, Shimoliy Afrika, Hind va Tinch okeanidagi orollar) uchratish mumkin. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000-2500 mm. O‘simlik turlari ham juda ko‘p. Daraxtlar yarus bo‘ylab zich joylashgan. Ildizlari tuproqqa yetib bormaydigan, daraxtlarda o‘sadigan epifitlar, ildizi tuproqlarda bo‘lib, o‘zi daraxtlarga chirmashib to ularning eng yuqori qismlariga yetib boruvchi lianalar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlar hayvon turlariga boy bo‘lib, sutemizivchilar (maymunlar, yalqovlar), qushlar (to‘ti, kolibri), sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va hasharotlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Tropik o‘rmonlarda yonma-yon o‘suvchi bir turga mansub o‘simliklarni uchratish mushkul. Odatda bu o‘rmonlarda har xil turga mansub o‘simliklar yonma-yon o‘sadi.
Hozirgi kunda o‘rmon biogeotsenozlari keskin kamayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida biosferaga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
Chuchuk suv ekosistemalari. Chuchuk suv ekosistemalari boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallashiga qaramay, ularning ahamiyati juda katta. Chunki ular Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur bolgan chuchuk suv manbayi hisoblanadi. Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va karbonat angidridning miqdori ozgaruvchan va u cheklovchi omil hisoblanadi. Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar hayot shakllariga ko‘ra: bentos, plankton, nekton organizmlarga ajratiladi.
Barcha chuchuk suv havzalari tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: oqmaydigan suv havzalari - ko‘l, hovuzlar; oqadigan suv havzalari - daryo, soy, buloqlar; botqoqlar.
Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar, ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur nuqtalarida ham hayot mavjud. Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy aylanishi kuzatiladi, dengiz ekosistemalarida to‘lqinlar vujudga keladi. Dengiz suvining sho‘rlanish darajasi juda yuqori (30% gacha), shu sababli dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‘qotilishiga qarshi bir qancha moslanishlar vujudga kelgan. Dengizlarda plankton, nekton va bentos organizmlar yashaydi.

II.BOB. BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA QOʻLLANILADIGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
2.1. Biologiya darslarida qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalarning umumiy tasnifi.
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim oʻquvchilarni oʻquv fanlari boʻyicha muayyan bilimlarni egallishi bilan bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni koʻzda tutadi. Shu sababli barcha oʻquv fanlari kabi Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqiyiladigan Biologiya fanini oʻqitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi hisoblanadi.
Biz shu oʻrinda pedagogik texnologiya atamas uning ta’rifiga toʻxtalib
oʻtsak; Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim oʻz nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Adabiyotlar tahliliga koʻra hanuzgacha bu tushunchaga toʻliq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarining ichida eng maqsadga muvofigʻI YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya- oʻqitish shakllarini optimallashtirish maqsadida oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qoʻllash, ularning oʻzaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlardan majmuasidir.
Bu yerda, inson salohiyati deyilganda, oʻqituvchining pedagogik va oʻquvchilarning oʻquv- bilish faoliyati, texnik resurslar deganda oʻqitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda.
Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya- ta’lim jarayoning samaradorligini oshirish maqsadida oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida oʻqituvchining pedagogik va oʻquvchining oʻquv bilish faoliyatini uygʻun ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida samarali oʻqitish metodlari, vositalari va shakllarini qoʻllash, ularning oʻzaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir.
Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qoʻllanilib kelayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar shaxsga yoʻnaltirilganligiga, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarilishiga, shaxsga boʻlgan munosabatga, hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni yangilash va ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan oʻzgartirishga qaratilganligiga koʻra pedagogik texnologiyalar tavsiflanadi.
I.Shaxs strukturasiga moʻljallanganligiga koʻra:

  • Bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga moʻljallangan pedagogik texnologiyalar.

  • Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalar.

  • Estetik va ahloqiy munosabatlarni tarkib toptirishga moʻljallangan hissiyotli- texnologiyalar.

  • faoliyatni qaratilgan texnologiyalar.

II. Mazmuni va tuzilishiga koʻra:

  • Talim tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalar;

  • Dunyoviy va diniy ta’limiga moʻljallangan texnologiyalar;

  • Umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalar;

  • Insonparvarlik va texnokrat texnologiyalar;

  • Hususiy predmet texnologiyalari;

  • Monotexnologiya va kompleks (majmua) texnologiyalari;

III.Ta’lim- tarbiya jarayonida oʻquvchi shaxsining tutgan oʻrniga koʻra pedagogik texnologiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • Avtoritar texnologiyalar;

  • Didaktosentrik texnologiyalar;

  • Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar;

  • Insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari;

  • Erkin tarbiya texnologiyalari;

IV.Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan oʻzgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

  • Pedagogik munosabatlarini insonparvarlashtirish va demokratlash asosidagi pedagogik texnologiya;

  • Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim- tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya;

  • Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;

  • Oʻquv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya;

  • Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologiya;

Hozirgi hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim tarbiya jarayoni tashkil etishni tubdan oʻzgartirishga qaratilgan texnologiyalarga qisqacha toʻxtalamiz.
1.Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya oʻqituvchi va oʻquvchi shaxsi oʻrtasidagi munosabatlarni mukammallashtirishoʻshaxsiga individual yondashish, ta’lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik gʻoyalari bilan boyitishni nazarda tutadi.
2.Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya biologiyani oʻqitishda oʻquvchilarning bilish faollashtirish va ta’lim- tarbiya jarayoninig samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu texnologiyalar guruhi didaktik oʻyin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim texnologiyalarni oʻz ichiga oladi.
3.Ta’lim tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani oʻqitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirishga imkon beradi. dasturli ‘qitish, defferinsial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik, uygʻunlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi.
4.Oʻquv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya oʻquv materialini didaktik jihatdan takomollashtirish va qayta ishlash orqali oʻquvchilarning bilimlarini oʻzlashtirish jarayoninig samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma- bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
5.Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’lim- tarbiya jarayoning uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Biologiyani oʻqitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish oʻquchilarni mustaqillik prinsiplari va Ona vatanga sadoqat, miliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol goʻyalarini singdirish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalarning oʻziga xos hususiyatlari, mohiyati va mazmuniga koʻra ikki guruhga ajratiladi:

  • Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi, va mazmunini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  • Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar.


Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling