Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish


Download 387 Kb.
bet8/22
Sana19.06.2023
Hajmi387 Kb.
#1603907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Axmedova Umida BMI

An’anaviy ta’lim texnologiya. Hozirgi zamon ta’lim muassasalarida oʻz hukmronligini saqlayotgan an’anaviy ta’lim jarayoni oldiga qoʻyilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.
Taniqli didaktik olim M.N. Maxmutovning fikriga koʻra oʻquv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilim olishga boʻlgan ehtiyojlarini, fanga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirmaydi, faol fikrlashni vujudga keltira olmaydi, hamda bilimni e’tiqodga, e’tiqodni esa, ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi. Lekin bu fikrlardan qarab an’anaviy ta’lim texnologiyasidan umuman voz kechish kerak degan fikrdan yiroq boʻlish zarur.
An’anaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ma’ruza, seminar, an’anaviy dars va sinov darslarining t’lim jarayonida tutgan oʻrni va qimmatini kamaytirmagan holda, hozirgi zamon talabalari asosida ularni takomillashtirish yoʻllari haqida fikr yuritmoqchimiz. Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. Bunda pedagogik munosabatlarda hukmronlik qilayotgan avtoritar yondashuvga barham berish. Sub’ekt-sub’yekt munosabatlarni vujudga keltirish. Ta’lim-tarbiya jarayonini oʻquvchilar bilan hamkorlikda tashkil etish.
Ta’lim jarayonini demokratizatsiyalanash. Oʻquvchilarga oʻz fikri va nuqtai nazarini erkin bayon etish, oʻquv topshiriqlarini xilma-xillashtirish orqali ularga tanlash huquqini berish. Oʻquvchi shaxsni hurmat qilish, ularni kamsitish va oʻrinsiz tanbehga barham berish.
Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, oʻzaro hamjihatlikka asoslangan qulay ijtimoiy-psixologik muhit yaratish;
Oʻquvchilarning ijodiy va ishlarini samarali tashkil etish.
Ma’ruza, seminar, an’anaviy va sinov darslarida ta’lim texnologiyalari elementlari va metodlaridan foydalanish;
Biologiyani oʻqitishda ma’ruza, seminar, an’anaviy va sinov darslaridan oʻz oʻrinda foydalanish maqsadga muvofiq.
Ma’ruza darslari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Ma’ruza mazmuni chuqur ilmiy, gʻoyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda koʻrgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi.

  2. Oʻquvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi.

  3. Oʻquvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda 15-20 minutdan soʻng qisqa mustaqil ish yoki savol -javob oʻtkazish, oʻquvchilarfning bilish faoliyati faollashgandan soʻng davom ettirilishi lozim.

Ta’lim jarayonida ma’ruza darsini qoʻllash oʻqituvchidan jiddiy tayyorgarlik koʻrishni talab etadi, chunki u:

  1. Ma’ruza mavzusi, maqsadi va dolzarb muammolarini aniqlashi;

  2. Tanlangan mavzu boʻyicha darslik, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishishi;

  3. Oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hamda qiziqishlarini hisobga olgan holda ma’ruza rejasi, mazmunini tuzishi;

  4. Yuqori samara beradigan oʻqitish vositalari va metodlarini tanlashi kerak.

Ma’ruzaning muvaffaqiyatli oʻtishi, avvalo oʻquvchilarning oʻquv- bilish faoliyati qanday tashkil etilganligiga bogʻliq.
Unda oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan koʻrgazma vositalari- OʻTV, multemedialar, tabiiy,tasviriy jihozlar va boshqa oʻqitish vositalaridan foydalanish hamda ma’ruza davomida oʻquvchilar uning rejasi, mazmunini qisqa yozib olishi, savollarga javob topishiga erishishi oʻqituvchining diqqat markazida boʻlmogʻi lozim.
Biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan ma’ruza darslarini didaktik maqsadiga koʻra 3 guruhga ajratish mumkin:

  1. Kirish ma’ruzalari

  2. Mavzuli ma’ruzalar

  3. Umumlashtiruvchi ma’ruzalar

Kirish ma’ruzasi biologiyadagi u yoki bu bobini oʻrganishga bagʻishlangan birinchi darsda foydalaniladi. Unda shu bobni oʻrganish masalalari, muammolari, keyingi darslarda oʻtiladigan mavzularga qisqacha toʻxtaladi.
Mavzuni ma’ruzalardan esa biolgiya kursida muhim dolzarb va muammoli mavzularni oʻqitishda foydalanish mumkin.
Umumlashtiruvchi ma’ruzalar bobning yakunida oʻtkazilib, unda avvalgi darslarda oʻrganilgan bilimlar tartibga solinadi, mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi.
Ma’ruza darslari tuzilishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: kirish, asosiy qism, xulosa.
Ma’ruzaning kirish qismida oʻquvchilarning didaktik, bilish faoliyati faollashtiriladi, bilimlarni qabul qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma’ruzani boshlashda uning mazmuniga oid qiziq misollar, yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib, oʻquvchilar oldiga muammolar qoʻyiladi.
Ma’ruzaning asosiy qismida oʻquv materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta’lim mazmuni mantiqiy izchillikda bayon qilinadi.
Ma’ruzaning xulosa qismida oʻquvchilarning bilimlarini tartibga solinib umumlashtiriladi, xulosalar chiqariladi.
Ma’ruza yakunida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga, umumlashtirishga qaratilgan xulosalarni yana bir bor takrorlaydi. Soʻng oʻquv topshiriqlari yuzasidan oʻquvchilarning javoblari tekshiriladi va jadvalning toʻldirilishi koʻzdan kechiriladi. Savol-javob, oʻquv bahsi oʻtkaziladi.
Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi boʻladi, ya’ni, avval umumiy tushunchalar beriladi, keyin ob’yektlar va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib beriladi.
Ma’ruza darslarida muammoli ta’llim texnologiyasi, hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining kichik guruhlarda oʻqitish metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling