Mavzusini oʻqitishda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida qoʻllash hamda na’munaviy dars ishlanma berilgan. Mundarija kirish


Download 387 Kb.
bet7/22
Sana19.06.2023
Hajmi387 Kb.
#1603907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Axmedova Umida BMI

Munozarali darslar ham muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi.
Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga koʻra:
Ilmiy munozarali darslari
Erkin fikrlash darslariga ajratiladi.
Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni oʻrganishga bagʻishlanadi. Ilmiy munozarali darslardan “Odamning paydo boʻlishi”, “Yerda hayotning paydo boʻlishi va dastlabki rivojlanishi”, “Genetika asoslari” kabi munozaralardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalanish tavsiya etiladi.
Modulli ta’lim texnologiyalari biologiyani oʻqitishda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasining oʻziga hos hususiyati darsda oʻrganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajraladi va modul dasturi tuziladi. Modul dasturi bu oʻquvchining mazkur darsda oʻquv-bilish faoliyatini boshqarish dasturi boʻlib, u oʻquv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish yuzasidan koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida modulli ta’lim tenologiyasidan foydalanish uchun oʻqituvchi quyidagi amalga oshirish lozim:
Oʻquv materiallarini modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanib oʻrganilishini belgilash;
Mazkur mavzular boʻyicha modulli dars ishlanmalarini loyihalash;
Mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq holda modul dasturlarini tuzish;
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga koʻra;
Oʻquvchilarning indivudual tarizda ishlashiga moʻljallangan modul dasturlari har bir oʻquvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, oʻzlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, oʻz-oʻzini baholash koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ikkita oʻquvchi hamkorlikda ishlashiga moʻljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, oʻquvchilarning bir-birini oʻqitish, oʻzaro nazoratni amalga oshirishi;
Oʻquvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga moʻljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda oʻquvchilar oʻrtasida muloqot, oʻquv bahsi va munozara, oʻzaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Oʻqituvchi mazkur modul dasturlardan avval individual tarzda modul dasturlaridan qoʻllab, oʻquvchilarning oʻquv materiallarini mustaqil va ijodiy oʻzlashtirish koʻnikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan soʻng, ikkita oʻquvchi hamkorlikda ishlashiga moʻljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart-sharoitlar vujudga kelgandan soʻng, kichik guruhlarda ishlashga moʻljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki hil yondashuv mavjud:
1. Musobaqa usuli.
Oʻqituvchi oʻquvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Guruhlar oʻrtasida gʻoliblar aniqlanadi. Guruh a’zolari oʻz faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2. Kichik konsultantlar usuli.
Oʻqituvchi oʻquvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tshkil etadi. Har bir guruhga kichik konsultantlar tayinlanadi. Kichik konsultantlar guruh ishini boshqaradi, oʻquvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, oʻquv bahsi oʻtkaziladi. Oʻzaro nazorat orqali oʻquvchilar baholanadi.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari. Biologiyani oʻqitishda hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining komandada oʻqitish, kichik guruhlarda oʻqitish, “arra” yoki “zig-zag” , “Birgalikda oʻqiymiz” metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
Komandada oʻqitish (R.Slavin) metodidan foydalanilganda oʻquvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari oʻquv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir oʻquvchi mavzudan koʻzda tutilgan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishiga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi mualliflaridan biri boʻlgan R.Slavinning ta’kidlanishicha, oʻquvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish boʻyicha koʻrsatma berilishi yetarli emas. Oʻquvchilar oʻrtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir oʻquvchining qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy- psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada oʻquvchilarning bilimlarini oʻzlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir oʻquvchining kundalik natijasi avval qoʻlga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina oʻquvchilar oʻzining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, koʻproq izlanishga, bilim, koʻnikma, va malakalarini puxta oʻzlashtirishga intiladi.
Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha “arra” metoldi deb nomlanadi va uning asoschisi E. Aronsondir. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta oʻquvchidan tashkil topadi. Dars davomida oʻrganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qism (blok yoki modul)larga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan oʻquvchilar bajarishi lozim boʻlgan oʻquv topshiriqlar tuziladi. Har bir oʻquvchilar guruhi mazkujr topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism boʻyicha mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism boʻyicha “ mutaxasis”ga aylanadi. Soʻngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) “mutaxasisi” boʻlishi shart, mazkur “ “mutaxasis”lar oʻzlari egallagan bilimlarni huddi “arra” tishlari ketma ket kelganidek, navbat bilan oʻrtoqlariga bayon qiladi. Mazkur guruhlarda oʻquv materiali mantiqiy ketma ketlikda qayta ihlb chiqiladi.
Loyihalash texnologiyari. Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki u 1920 yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J. D’yu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Oʻquvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun oʻqituvchi ularga tegishli koʻrsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, oʻqitishdan koʻzlangan natijaga erishish yoʻllarini koʻrsatishi, buning uchun muammoni hal etishda oʻquvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim.
Har bir loyiha oʻziga xos hususiyatga ega boʻladi, shu sabali ular ma’lum belgilariga koʻra tasniflanadi.
Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra:
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar;
Ijodiy xarakteridagi loyihalar;
Rolli loyihalar.
Amaliy xarakterdagi loyihalar;
Izlanish va moʻljal olishga moʻljallangan loyihalar;
Loyihalarning predmeti va mazmuniga koʻra:
Bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar;
Fanlararo izlanishini talab etadigan loyihalar;
Loyihalar xarakteriga koʻra:
Aniq natija olishga moʻljallangan loyihalar;
Koʻp yoʻnalishli natija olishga moʻljallangan loyihalar;
Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra:
Yakka tartibdagi loyihalar;
Ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar;
Oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar;
Loyiha koʻlamiga koʻra:
Bir sinf oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
Maktab oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
Shahar miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
Mamlakat miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
Dunyo miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
Loyiha muddatiga koʻra:
Qisqa muddatli;
Uzoq muddatlilarga ajratiladi;

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling