Maxmudova Dilobar №16 variant


Download 25.63 Kb.
Sana27.04.2020
Hajmi25.63 Kb.
#101712
Bog'liq
Pedagogik mahorat


Maxmudova Dilobar


№ 16 variant
1.O`qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat
olib borishi

Tarbiya vazifalari:

O‘z Vatanining fuqarosini tarbiyalash.

Shaxsning ma’naviyatini shakllantirish

Mehnatkash insonning iqtisodiy tafakkurini tarbiyalash

Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash

Kishining tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtirish

Shaxsda individuallik va jamoaviylikni tarbiyalash

«Texnologiya» – lotincha «texne» - «san’at, mahorat, kasb-hunar» va «logos» - «fan, e’tiqod» suzlari birikmasidan iborat.



  • Texnologiya – ishlab chiqarishda erishilgan darajaning jamlangan ifodasi bulib, bu ilmiy yutuqlarni joriy qilishning ham usuli, ham natijasidir.

  • «Har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san’at bulishi mumkin. San’at – ichki his-tuyg‘uga, texnologiya esa fanga asoslanadi. Hamma narsa san’atdan boshlanib, texnologiya bilan tugaydi, sungra hammasi yana boshidan boshlanadi.

Tarbiya texnologiyasi tarbiyaviy jarayonga kompleks yondashish orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari quyidagi majburiy talablarni bajargan holda kompleks yondashuvni amalga oshiradi:

  • Tarbiyalanuvchilarga uch yunalish – ongi, hissi va axloqi – buyicha ta’sir kursatiladi

  • Tarbiya va shaxsning uzini-uzi tarbiyalashi uzaro qushilib ketsa ijobiy natijalarga erishiladi

  • tarbiyaga aloqasi bulgan barcha jamoalarning harakatlarini birlashtirish

  • Shaxsga berilgan xislatlarni aniq tarbiyaviy ishlar tizimi orqali shakllantiriladi.

  • Kompleks yondashuv tarbiya jarayoni va uni boshqarishga tizimli yondashuvni kuzda tutadi


2.O`qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o`rni

O’qituvchining o’z-o’zini boshqarishida, o’z-o’zini takomillashtirishida refleksiyaning roli. Refleksiya tushunchasining pedagogik-psixoiogik, falsafiy talqini. Hozirgi kunda falsafiy kategoriya sifatida o’rganilayotgan refleksiya psixologiya, sotsiologiya, sinergetika, mantiq, andrologika, evkistika, kibemetika va boshqa ko’plab murakkab fanlaming tadqiqot ob’ekti sifatida e’tirof etilishi. Hozirgi zamonaviy pedagogik ilmiy-tadqiqot ishlarida ko’plab olimlar refleksiyaning I.N.Semyonov tomonidan taklif qilingan tasnifiga tayanishi. Uning tasnifi bo’yicha refleksiya turlari. N.V.Kuzbmina, A.V.Xristeva, V.A.Krivosheev, A.A.Bizyaeva, Yu.N.Kulyutkin, G.M.Kodjaspirova kabi olimlarning pedagogik refleksiya haqidagi fikrlari. Kasbiy refleksiya o’qituvchining o’z-o ’zini rivojlantirishda, shijoati, kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni muntazam izlanishida, ijodkorligida namoyon bo’lishi, o’qituvchining o’z-o ’zini kasbiy takomillashtirishiga ham asos yaratishi, pedagogik faoliyatda refleksiv jarayonlar pedagogik faoliyatni rejalashtirish bilan bog’liq hodisa ekanligi, refleksiya - asrlar davomida o’qituvchining kasbiy faoliyatida to’planib kelingan tajribalarida, uning xulq-atvori, muloqot madaniyati, tafakkurida yig’ilgan eski andozalarni, kamchiliklami bartaraf etish imkoniyatini berishi. Kasbiy pedagogik refleksiya o’qituvchiga o’z-o ’zini kasbiy jihatdan takomillashtirish manbalari asosida o’z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda ko’maklashishi hamda uning rivojianishini ta’minlashi. o’qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlangani sari uzluksiz pedagogik kasbiy mahorati va o’z - o’zini takomillashtirish imkoniyati vositalari. Kasbiy refleksiyaning o’qituvchi pedagogik faoliyatini tashxislashga, ya’ni diagnostika qilishga ta’siri. Pedagogik diagnostika funktsiyalari. O’qituvchi o’z kasbiy pedagogik faoliyatini tahlil va o’z-o’zini tahlil qilish bosqichlari. O’qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash kontseptsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarish imkoniyatini ta’minlashi, pedagogik tashxis o’qituvchining pedagogik faoliyatida erishayotgan yutuqlarini belgilovchi xarakter kasb etishi va u bevosita o’qituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanishi.




3.O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta'lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga yetishish, o’kuvchilarning xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o’stirish o’quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kelajagi, mustaqil O’zbekistonning istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Uzluksiz pedagogik ta'lim g’oyasi  amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o’qituvchilar malakasini ishirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik diqqat markaziga qo’yildi. 

O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar umumlashtirilgan, usuliy g’oyalar bayon etiladi. O’qituvchilarning yosh individula xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.

Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O’zbekiston davlatining umumiy ta'lim maktabida ishlaydigan o’qituvchi 

•pedagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon;

•milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol;

•O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida  taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan e'tiqodli fuqaro;

•ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, nazariy ishlarni mukammal egallagan bo’lishi kerak.

Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogik o’qituvchilik faoliyatini yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota - onalar va bolalarni izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi uchun ham kishida qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim. 



2 – topshiriq. Testlarni eching

1. d
2. a
3. a

4. c

5. a
Download 25.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling