Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish natijalari muhokamasi
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
3.4. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish natijalari muhokamasi
Sportchilarni musobaqa faoliyati tahlili quyidagi tavsiflar asosida amalga oshirildi: to‘pga egalik vaqti; aniq va noaniq to‘p uzatishlar soni; to‘pni olib qo‘yish va oldinga o‘tib olib qo‘yishlar soni; to‘p yo‘qotishlar soni; almashish harakatlari soni; darvozaga zarbalar soni. Sportchilar harakatlarini baholash besh ballik tizim bo‘yicha amalga oshiildi. Texnik-taktik usullarni bajarish bo‘yicha kuzatuvlar, stenografiya va xronometraj usulini qo‘llash bilan amalga oshirildi. Kuzatuvdagilar sonidan kelib chiqib, sportchilarning o‘yin harakatlarining vaqt tavsifi sekundomerda 0,1soniyagacha aniq o‘lchandi. To‘p uzatish va darvozaga zarbalar, futbol maydoni maketida grafik yozuv yordamida ro‘yhatladi. Kuzatuv natijalari bayonnomaga kiritildi. 38 ta musobaqa davomida 100 ta sportchi ko‘rib chiqildi. Shu bilan bir qatorda o‘xshash uslubiyat bo‘yicha bolalar va o‘smirlar jamoasi futbolchilarining musobaqa faoliyati ham kuzatildi. 39 musobaqada 68 futbolchi ko‘ib chiqildi. To‘plangan ma’lumotlar axborot olish maqsadida qayta ishlandi. Umumiy kabi, turli yoshdagi va tayyorgarlikka ega sportchilar musobaqa faoliyatining spesifik xususiyatlarini ham aks ettiruvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqildi. O‘yin faoliyati ustidan kuzatuv. O‘quv mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan pedagogik kuzatuvlarning asosiy vazifasi, ta’lim muvaffaqiyatini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Shu maqsadda, shug‘ullanuvchilarning ehtimoldagi imkoniyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritishga yordam beradigan o‘yin ko‘rastkichlarining individual o‘sish darajasi aniqlandi. O‘yin faoliyatiga qobiliyatlarni ochish nazorat o‘yin mashqlarini o‘tkazish jarayonida tadqiq etildi. Shug‘ullanuvchilarga chegaralangan maydonda aniq o‘yin vazifasini bajarish taklif qilidi. Sodda taktik fikrlash, mo‘ljal bilimi, tezkorlik, epchillik va hokazo kabi sifatlarni namoyon bo‘lishiga yordam beradigan, soddalashtirilgan futbol o‘yini modeli shunday yaratildi. Shug‘ullanuvchilarning harakatlari besh ballik shkala bo‘yicha baholandi. O‘yin faoliyatini nazorat testlash 6 oylik mashg‘ulotdan keyin o‘tkazildi. Kuzatuv natijalari va baholar bayonnomaga kiritildi. Tadqiqotni o‘tkazish jarayonida, har biri talabga javob beradigan turli uslubiyatlar majmuasi qo‘llanildi. ko‘p martalik tadqiqotda aynan bir sinaluvchining o‘rganilayotgan vazifalarini baholash natijalarini ishochliligi va ma’romlashganligi; uslubiyatlarning differensiyalanishi, o‘rganilayotgan vazifalarning aniq xususiyatini baholash uchun mustaqil va maxsus hisoblanadi; ularning osonligini tavsiflovchi qulaylik, bajarilishi sodda va tez, chegaralangan yordamchilar bilan qo‘llanilish imkoniyati. Qo‘llanilgan uslubiyatlarning har bir tadqiq etilyotganlarning o‘rganilayotgan funksional faoliyatining aniq sifat xususiyatlarini ochishga yo‘naltirilgan. Uslublarning bir qismi ko‘pgina yo‘nalishga ega va bir nechta harakat vazifalarining tuzilish jihatdan bog‘liqligini baholashga yordam beradi. Barcha holatlarda biz, labaratoriya tadqiqotlarini iloji boricha real o‘yin sharoitida o‘z o‘rniga ega faoliyatlarga yaqinlashtirishga harakat qildik. Ushbu ishda tadqiqotning asosiy uslubiyati, bir yi mobaynida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar bo‘ldi. Pedagogik tajribaning asosiy vazifasi, ishchi farazda keltirilgan asosiy holatlarni tekshirish hisoblandi. Bu tekshiruv, ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari o‘quvchilarining aniq va oldindan kutilgan harakat faoliyati xususiyatlarini taqqaslash yo‘li bilan amalga oshirildi. Bunda biz, shug‘ullanuvchi bolalarning harakat sifatlarini faqat kompleks va uzoq o‘rganish sharoitidagina to‘laqonli pedagogik tahlillar imkoni borligidan kelib chiqdik. Bunday yondoshuv, o‘tkazilishi dastlabki tadqiqotlar davrida amalga oshirilgan sinalgan va amaliyotda tekshirilgan instrumental tadqiqotlarni nazarda tutadi. Tajribalar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi: saralashning an’anaviy uslubiyatlariga nisbatan BO‘MSM (SDYuSSh) ga bolalarni birlamchi saralashida kompleks uslubiyatlar samaradorligini aniqlash; Tashkil etilgan futbol mashg‘ulotlari jarayonida kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarni iste’dod darajasini bashorat qilish yo‘li bilan baholash imkoniyatlarini belgilash; Yosh futbolchilarni maxsus harakat iste’dodini bashoratlovchi tavsiflarni aniqlash. Asosiy pedagogik tajribalar ikki yil davomida o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarga asosan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, ahloqli va odobli, yaxshi o‘zlashtirishga ega o‘smirlar kiritildi. Maktab vrachi shug‘ullanishni hohlovchilarning salomatlik holatini aniqladi. Ishning maqsad ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, shug‘ullanuvchilar yoshi chegaralandi – 9 yosh 6 oydan katta bo‘lmaganlar. Umuman 102 kishi tajribalarga jalb qilindi. Matimatik statistika uslubiyati. Ushbu ishda matematik statistika uslubiyatlari tadqiqot to‘plamlarining son tavsifi ishonchliligini to‘g‘ri asoslash uchun qo‘llanildi: yosh futbolchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasi, funksional holati va morfologik alomatlari orasidagi ishonchli farqlanishni aniqlash. Matematika-statistik qayta ishlash asosida ma’lumotlarning miqdoriy tavchifi ishonchliligi, qonuniyat va g‘oyalar, tadqiq etilayotgan omillar orasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlandi. Olingan ko‘rsatkichlar tavsifidan kelib chiqib, korreksion tahlil qo‘llanildi. Ishda quyidagi statistik parametrlar qo‘llanildi: O‘rtacha arifmetik, standart og‘ish, Styudent mezoni, korrelyatsiya koeffitsenti. Pedagogik tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, mavjud layoqat maxsuslashtirilgan mashg‘ulotlar jarayonida qobiliyatgacha o‘sdi, ehtimoldagilar o‘rniga – dolzarb qobiliyat bo‘lib shakllandi. Dolzarb qobiliyatlarning yaqqol namoyon bo‘lishini, ma’lumki, iste’dod sifatida tasniflash mumkin. Murabbiylar faoliyatida iste’dodlarni izlab topish eng murakkab jaryondir. Agar hali ham bu izlanishlar mohiyatan tahminan olib borilayotgan bo‘lsa (52), demak to‘plangan daliliy ma’lumotlar bilan birga unga boshqariluvchi ilmiy-asoslangan tavsif berish imkoniyati tug‘iladi. Bu еrda, ishlab chiqilgan 10-12 yoshli futbolchilar tayyorgarligini baholash me’yorlari foydali va asosiy ahamiyatga ega. Oxirgi paytlargacha kichik maktab yoshidagi ( kichik yosh chegarasi 10 yosh) bolalar bilan ish olib borishga layoqat va ko‘p yillik futbolchilar tayyorgarligini boshqarish asoslari kabi bunday me’yoriy baza bizning mamlakatimizda bo‘lmagan. Sport qobiliyatlari tashhisi, asosan bolalarda o‘zining yakuniy еchimidan uzoq bo‘lgan juda murakkab muammo nazarda tutadi. Bu еrdagi asosiy qiyinchilik, anatomo-morfologik, morfofunksional va asab-ruhiy komponentlarini o‘z ichiga olgan tadqiqot majmuasiga zaruriyatdir (5). Bunda albatta har bir sport turi talablaridan kelib chiqish lozim. Saralashning u yoki bu uslubiyatlari qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligini asoslash uchun, har bir boladan olingan natijalar yordamida 10-12 yoshli bolalarning harakat iqtidorini tashhis natijalarini taqqoslash zarur. Bunday verifikatsiya har biri 20 kishidan iborat ikki guruh ishtirok etgan ikki yillik pedagogik tajribalar davomida amalga oshirildi. Avvalo, saralash nuqtaiy nazaridan morfofunksional tavsif mezonlari bo‘yicha yosh futbolchilarni harakat iqtidorini baholash kabi bunday muhim jihatga to‘htalib o‘tish lozim. Futbol o‘yinini o‘rgatish muvaffaqiyatlari va unga moyillik orasidagi o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatib ketilgan mualliflarning alohida ishlari ham mavjud. Ish davomida 10-12 yoshli bolalar yosh toifasi uchun olingan parametrlar, tashhis uchun qimmatli hisoblanadi, chunki kichik maktab yoshidagi bolalar organizmining rivojlanish fazasi shundayki, jismoniy rivojlanish tempini oldindan aniq aytib berish imkonini beradi. Bu еrda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, sportnin o‘yin turlariga o‘smirlarni tanlash uchun test modeli kabi, somatik balog‘atni baholash uchun shkala ham, nazorat mashqlari va o‘tgan to‘rt yillik tezkor saralash alomatlaridan tashkil topgan va texnik tayyorgarlik integral ko‘rsatkichlari bilan yuqori korrelyatsion aloqaga ega. Tadqiqotning bu lavhasida bizning ma’lumotlar boshqa sport turlarida tadqiqot olib borgan bir qator mualliflarning (22,28,30,34,38) xulosalariga to‘g‘ri keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tanlangan kompleksining bashoratliligini aniqlash uchun pedpgogik tajribalarning yakuniy o‘lchov natijalariga e’tiborni qaratish lozim. Tajriba va nazorat guruhlari orasida ishonchli farqlanish kuzatildi. “A” guruhining test ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Aniqlangan natijalar, tajriba boshidagi kabi va ohirida ham nazorat guruhi tajriba guruhi kabi bunday hajmdagi tashkiliy o‘yin amaliyotiga va texnik-taktik usullarni bajarish ko‘nikmalariga va ega emas edilar. O‘yin musobaqalari, har doim tezkor kurashlar, tezkor qaror qabul qilish va harakat tezligi bilan ajralib turadi.aynan shuning uchun tezkorlikni turlicha namoyon bo‘lishi yuqori darajada bashoratlidir. Bu sifatning kuzatilgan yuqori tempda rivojlanishi harakat qobiliyatlari rivojlantirishning umumiy qonuniyatlarini tasdiqlaydi. 10-12 yosh o‘sish tempi ancha yuqori jiddiy (sensitiv) davrga kiradi. Bir vaqtning o‘zida, shu davrda tezkor-kuch sifatlari, koordinatsiya qobiliyatlari, egiluvchanlik faol rivojlanadi. Bu dalillarni, sport iste’dodi namoyon bo‘lish vaqti keskin chegaralanganligini va albatta sport uchun ahamiyatli sifatlarni o‘z vaqtida tashhislash zaruriyatini tasdiqlovchi xujjat qatoriga kiritish mumkin. Shuning uchun, tadqiqotning koordinatsiya qobiliyatlarini o chish hamda yosh futbolchilar koordinitsiyasini aniqlashga yo‘naltirilgan qismi alohida e’tiborga loyiq. Yuqori darajadagi koordinatsiya qobiliyati avvalo, harakatlar aniqligini ta’minlaydi va futbolchilarning bazaviy qobiliyatlariga kiradi. Koordinatsiya qobiliyatlari juda murakkabligi bilan ajralib turadi va ohirigacha ochilmagan tizilma hisoblanadi. Lekin ko‘pchilik, qo‘l epchilligi (“oyoqlar” epchiligi), daqqatni jamlash qobiliyati, muhitda mo‘ljal olish, ritm va kinestetik differensiyalanish kabi omillar rolini tan oladilar. Bularning barchasi “epchillik” jismoniy sifatga umumlashadi, ayrim hollarda psixomotor sifatlar kabi ham qabul qilinadi. Shu еrdan tashhis uslubiyatlarini tanlash bilan bog‘liq qiyinchilikni tushunish mumkin. Harakatlarning tuzilish darajasi, hamda motorikaning yashirin xususiyatlarini namoyon bo‘lish zaruriyatlarini asta-sekin aniqlash tavsiya qilinadi [46]. Oxirgilari hammaga oson va maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan vazifalarni bajarishda namoyon bo‘ladi.yosh futbolchilarni koordinatsiya qobiliyatlarini tashhis qilish uchun testlar saralashi aynan shunga asoslangan. Natijalar, ushbu tadqiqot vazifalari muvoffaqiyatli еchim topganligiga dalil bo‘la oladi. Koordinatsiya qobiliyatlarini tanlangan differensial namoyon bo‘lish majmuasi, bu qobiliyatlarni vujudga kelish mexanizmini aniq aks ettirdi.koordinatsiya ko‘rsatkichlarini maxsus harakat tayyorgarligi darajasi bilan o‘zviy bog‘liq va uning o‘sish tempi ularnibashorat mezonlari sifatida tanlashga imkon berdi. Kutilganidek, to‘p bilan (joglerlik, uzatish, zarbalar) ayyorlik, epchillikka qobiliyat va harakatlarni lahzada barcha darajalarda tuzish ( harakatli o‘yinlar sharoitida va futbol o‘yinida bu qanday o‘rin tutgan bo‘lsa) maxsus epchillikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ancha ahamiyatli bo‘ldi. Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin, tadqiqot natijalari kichik yoshdagi bolalarni biron-bir aniq sport turiga-futbolga umumiy va turlarga mo‘ljallashning nazariy asosi bo‘ldi. Bu yana bir bora 10-12 yoshda sport o‘yilariga birinchi saralashni amalga oshiish imkoniyatlarini tasdiqladi. O‘tkazilgan pedagogik tajribalarning muvoffaqiyatlilik mezoni sifatida, navbatdagi o‘quv yilida ta’lim olishga qabul uchun qabul va o‘tish me’yorlari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari, pedagogik tajribalarda ishlab chiqilgan va asoslangan saralash va yosh futbolchilarning istiqbollarini bashoratlash uslubiyatini tasdiqladi. Demak, “A” guruhi sportchilari o‘tish me’yorlarini 87,5%, “B” guruhi esa – 62,7% bajardilar. Shunga o‘xshash natijalar muvoffaqiyatli deb tan olinishi mumkin va boshqa bir qator mualliflar ishlarida tasdiqlangan. Antropometriyaning morfofunksional xususiyatlari tadqiqoti bo‘yicha shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, pedagogik tajribalarda qo‘llanilgan soni chegaralangan alomatlar uzoq tadqiqotlar davomida olingan va ularning barchasi yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini integral ko‘rsatkichlari bilan yuqori korrelyatsiyaga ega. 8 dan 16 yoshgacha ontogenez yosh davrida total va parsial tana o‘lchamlari va somatik balog‘at alomatlari o‘sishini batafsil o‘lchanishi quyidagilarni ochib berdi: Turli tekislikda joylashgan tananing murakkab o‘lchamlari sinxron tarzda ko‘payadi. Bu asosan, o‘sish jarayonlarini intensivligini tahlil qilishda yoki bir yilda qo‘shilgan uzunlik ko‘rsatkichlarida kuzatiladi. 16 yoshga yaqinlashganda proksimal va distal zvenolarda o‘sish intensivligi kamayadi. Bo‘y ko‘rsatkichlarida ikki sakrash, birdan o‘zgarish aniqlandi: 3dan 7 yoshgacha tananing yuqori qismi jadal o‘sadi, 11dan 15 yoshgacha tananing pastki qismi. Biz bayon etgan o‘sish jarayonlari qonuniyatlari, murabbiylar uchun favqulotda zarur, chunki ularga ko‘ra sport bilan shug‘ullanish uchun bolani tanlash va bashoratlash mumkin. Biz olgan ma’lumotlarni, yosh futbolchilar mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilishi ishonchli natijalarni beradi va sport ontogenez bosqichida sport mashg‘uloti tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, sportning o‘yin turlariga saralash va bashoratni 8-9 yoshdan boshlash maqsadga muvofiq. Sport mo‘ljali tizimiga jalb qilingan bolalar yoshini pasaytirish, saralash sifatini yaxshilashga va shu bilan birga o‘quv-mashg‘ulot jarayonini samaradorligini oshirishga imkon beruvchi xaqiqiy yutuqdir. Shuning uchun, kelajakda amaliyotga tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan natijalar, sport seleksiyasining umumiy tizimida hali ham orqada qolgan zvenolar, ya’ni o‘smirlarni birlamchi sport saralashi samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling