Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi


Yosh futbolchilarning funktsional holati va jismoniy tayyorgarlik darajasini tadqiq etish


Download 1.97 Mb.
bet27/34
Sana17.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1553622
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
Дилдора БМИ

3.3. Yosh futbolchilarning funktsional holati va jismoniy tayyorgarlik darajasini tadqiq etish
Maxsus adabiyotlarda, sport o‘yinlarida maxsuslashtirilgan mashg‘ulotlar, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarining jismoniy rivojlanish tempi, jismoniy tayyorgarlik va funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar bor. Shuning uchun pedagogik tajriba davomida olingan ma’lumotlar, mavjudlarini kengaytirishga va bir vaqtning o‘zida asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga futbol mashg‘ulotlarining ta’sir xususiyatlari vaqtini ko‘rsatishga yordam beradi.
Shug‘ullanuvchilarning dastlabki jismoniy tayyorgarlik darajasi va funksional holati testlar yordamida baholandi. Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dastlabki test sinovlarida tajriba guruhlari orasida ishonchli farqlanish (r>0,05) aniqlanmadi. Bu guruhlar tengligidan dalolat beradi.
12-jadval.
Sportning o‘yin turlariga saralash uchun test modeli.



Nazorat mashqlari

Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi
(2-o‘quv yili)







Baholar













Yuqori




O‘rta




Past




1.

10 m ga yugurish, soniya

2,05




2,06




2,07




2.

50 m ga yugurish, soniya

8,05




8,15




8,2




3.

Moksimon yugurish 7x50 m, s

77,0




78,0




79,0




4.

3000 m ga yugurish, daq, son

38,0




37,0




36,0




5

Turgan joydan balandlikka sakrash, sm

180




175




170




6

Turgan joydan uzunlikka sakrash, sm

12,50




12,20




11,90




7

To‘p maksimal uzoqlikka uchishiga zarba

28,5




26,0




23,5




Tadqiqotning keyingi bosqichi tajribadan bir yil o‘tgandan so‘ng boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi yakunida o‘tkazildi.


Guruhlar t mezoni bo‘yicha taqqaslandi (14-jadval). Bu еrda shuni takidlab ketish joizki, tajriba guruhi nazorat guruhiga nisbatan barcha ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘nta testdan beshtasida ishonchli farqlanish (r<0,05) aniqlandi. “A” guruhida 50 metrga yugurish natijalari 0,11s yuqori (t=2,61, r<0,05) besh karra uzunlikka sakrash 55s yuqori (t=2,47, r<0,05), to‘pni uzoqqa tashlash testida – 80 sm (t=3,13, r<0,05), to‘p maksimal uzoqlikka uchishiga zarba testida – 320sm (t=2,57, r<0,05) tashkil qildi.
Yosh sportchilarning funksional holat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hech qanday ishochli farqlanish kuzatilmadi (r>0,05).
Pedagogik tajribaning asosiy vazifalaridan biri, o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga kirish uchun, yosh sportchilar qabul me’yorlarini qanday topshirishlarini kuzatish bo‘ldi.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, tajriba guruhi qabul me’yorlarini o‘rtacha 82,6% ga uddaladilar, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 62,3% tashkil qildi. Test dasturi bo‘yicha “A” guruh sportchilari me’yorlarni 77,7-88,8% chegarasida bajardilar, “B” guruh sportchilarida bu ko‘rsatkich 50-72,2% .
Shunday qilib, ikki yillik tajribalarning ikkinchi yili maxsuslashtirilgan futbol mashg‘ulotlari ta’siri ostida o‘tkazilishi 10-11 yoshli bolalarning asosiy harakat sifatlarini rivojlanishida ijobiy qo‘zg‘alishlarni keltirib chiqardi deb hisoblasa bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, futbol bilan shug‘ullanish yosh sportchilarni jismoniy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tezkorlik, tezkor -kuch sifatlarini va texnik tayyorgarlikni yuqori darajada namoyon etishga yordam beradi.

13-jadval



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling