Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi


Download 1.97 Mb.
bet25/34
Sana17.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1553622
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
Дилдора БМИ

O‘yinga ko‘rsatma berish
Bu murabbiydan har bir o‘yinchi, jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, raqib jamoa futbolchilari o‘yin faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rga-nishni talab qiladi.
O‘yinni muhokama qilish rejasi quyidagilardan iborat:
– o‘yinning vazifalari;
– raqib jamoasiga tavsif (xarakteristika);
– o‘yinchilarga topshiriq;
jamoa chiziqlariga topshiriq;
– o‘yinning taktik rejasi.
Murabbiy raqib kuchini hisobga olgan holda har bir o‘yinchiga topshiriq beradi, so‘ng guruh o‘yinchilari, ya’ni himoya, yarim himoya va hujum chizig‘i o‘yinchilari topshiriq oladi. Bu topshiriqlardan murabbiy o‘yinda foydalanishi lozim bo‘lgan reja hosil bo‘ladi.
O‘yinga ko‘rsatma o‘yin kuni beriladi. Bo‘limlar oralig‘i tanaffusida murabbiy o‘yin rejasiga qo‘shimcha ko‘rsatmalar kiritishi mumkin. Tanbeh berishdan oldin murabbiy o‘yinchilar o‘zini bosib olishi uchun 2-3 daqiqa vaqt berishi kerak. Shundan so‘nggina jamoaga umumiy tanbeh beriladi, so‘ng alohida o‘yinchilarga ko‘rsatma berish mumkin.
O‘yin muhokamasi
O‘tkazilgan o‘yinning muhokamasi va tahlili murab-biydan atroflicha tayyorgarlikni talab qiladi. O‘yin muhokamasi o‘yinni video tasmasiga yozish, pedagogik kuzatish bayonnomasi va maydon maketini qo‘llash orqali tayyorlanadi. Bularsiz o‘yin muhokamasi yuzaki va samarasiz bo‘lib qoladi.
O‘yin muhokamasi quyidagi bo‘limlardan iborat:
– o‘yinni umumiy baholash;
taktik rejaning bajarilishi;
– jamoa chiziqlarini baholash (himoya, yarim himoya, hujum);
– har bir o‘yinchi harakatini baholash;
– umumiy yakun;
xatolar muhokamasi;
– xulosalar.
O‘yin muhokamasini keyingi kun (dam olish kuni) yoki mashg‘ulotdan oldin qilish maqsadga muvofiq.
O‘yin muhokamasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu darsda futbolchi o‘zining harakatlariga baho oladi, o‘zini va sheriklari harakatlarini baholashi mumkin.
O‘yinning nazariy muhokamasida murabbiy faqat xatolarni ko‘rsatibgina qolmay, ularni bartaraf qilish yo‘llarini tushuntirib berishi lozim. Shuning uchun murabbiy doim o‘z nazariy bilimlarini boyitib borib, o‘yinchilarga yangi, qiziqarli, barchaga manzur bilimlarni еtkazib borishi kerak.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling