Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
AMALIY TAVSIYALAR
Istiqbolli futbolchilar saralashi bo‘yicha iglarning uslubiy asosi quyidagi holatlar bo‘lishi kerak: Sport takomillashuv jarayonida organizmga yuqori talab qo‘yiladigan bola salomatligini har tomonlama va chuqur o‘rganib chiqish. 4 guruh bolalar ajratiladi: a) sog‘lom; b) to‘liq hajmda mashg‘ulot ishlarini bajarishga qodir, sog‘ligida kamchilik yoki kasallik jiddiy tus olmagan deyarli sog‘lam; v) mashg‘ulotlardan chetlatishni (qisqa yoki uzoq vaqtga) talab qiluvchi kasalliklar; g) umuman jismoniy yuklamalar mumkin bo‘lmagan bolalar. Qat’iyan mumkin bo‘lmaganlar, tug‘ma va orttirilgan yurak hastaliklari; gipertonik kasalliklar va ayrim ikkilamchi gipertoniya formalari (nevrogen); ko‘pgina LOR patologiyasi shakllari; o‘pka, suyak, bo‘g‘imlar tuberkulezi, bronxial astma. tadqiqotning pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik uslubiyatlari qo‘llanilishiga asoslangan kompleks yondoshuv. Pedagogik tadqiqotlar davomida jismoniy sifatlarining dastlabki va rivojlanish dinamikasi, hamda bajarilgan mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari parametrlari va sport texnikasining o‘zlashtirilash darajasi belgilab betiladi. Biologik ishonchlilik omillari ustidan tibbiy psixologik kuzatuv ob’ekti, organizmning barcha funksiyalarini faol mobillashuvi kabi tiklanish reaksiyalariga faol turtki beruvchi, bolalarda funksional va harakat iqtisodi hamda asab tizimi tipi xususiyatlarini aniqlashga asos bo‘luvchi hajmili jarayonlarni bashkarish tezligini o‘rganish bo‘lishi kerak. Psixologik uslubiyatlar yordamida, musobaqa va og‘ir mashg‘ulot sharoitida sport ishchanlik qobiliyatini saqlab qolish imkoniyatlari haqidagi tassavvurga ega bo‘lishga imkon beruvchi, kuch va asab jarayonlarining muvozanati, talab, motvatsiya, iroda sifatlari, ruhiyat qirralarining tavsifi tadqiq etiladi. Sport saralashi jarayonini, sport mashg‘ulotlari bilan bir vaqtda ko‘p yillar davomida o‘tkaziladigan bolalar yoki o‘smirlar shaxsini har tomonlama tahlil qilish kabi tushunish lozim. saralashda asosiy e’tibor bolalarning futbol mashg‘ulotga bo‘lgan nasliy qobiliyatlariga qaratiladi. Chunki kuzatuvlar natijasi, ularda yaxshi ko‘rsatkichlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda bajarilganlar, yosh futbolchilarni sportga mo‘ljallash bosqichida ularni sport tayyorgarligi tizimida birlamchi saralash tizimlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalarni ifodalashga yordam berdi. Maxsuslashtirilgan futbol mashg‘ulotlari uchun bolalar saralashi 9-10 yoshdan boshlanishi kerak. Buning uchun harakat iqtidori, asosiy sport uchun ahamiyatli sifatlarni, birinchi navbatda umumiy va maxsus epchillik va tezkorlikni (uning namoyon bo‘lishi turlarida) kompleks baholash uslubiyatini qo‘llash maqsadga mumofiq. Kichik maktab yoshidagi bolalarnin harakat iqtidorini kompleks baholash 1,5 yil davomida amalga oshirib borilishi kerak va uchta o‘zaro aloqador bloklarga kiritiladi: a) ahamiyatli alomatlarning dastlabki ifodalanish darajasini birlamchi baholash; b) kamida olti oyda bir marta amalga oshiriladigan shug‘ullanuvchilarning individual o‘zlashtirish tempini dinamik kuzatish; v) muntazam futbol mashg‘ulotlardan 18 oydan keyin o‘tkaziladigan shug‘ullanuvchilar istiqbollarini uzul-kesil baholash. Yosh futbolchilarni iqtidorini tashhisi uchun qo‘llaniladigan uslubiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: a) to‘p bilan va to‘psiz harakatli o‘yinlarda tartibli harakatlanish, to‘pni olib yurish, to‘xtatish va zarbalar kabi birlamchi o‘yin bilimlarining darajasi va harakat sifatlarini (tezkorlik, epchillik, kuch va chidamkorlik) rivojlanish darajasini sport-pedagogik testlash; b) birlamchi o‘yin bilimlari, to‘pli va to‘psiz harakatli o‘yinlarda tartibli harakatlanish, to‘pni olib yurish, to‘xtatish va zarbalar. 10 yoshda sport saralashi, sportni o‘yin turlariga o‘smirlar saralashi somatik balog‘atni baholash uchun shkalalarni qo‘llash bilan, test modeliga muvofiq o‘tkazilishi kerak. 9-10 yoshli bolalar bilan muntazam futbol mashg‘ulotlari davrida birlamchi tekshiruvlardan so‘ng tanlob olinganlar bilan individual o‘zlashtirish tempini dinamik kuzatuvini o‘tkazish maqsafga muvofiq. Yosh futbolchilarda sport uchun ahamiyatli sifatlarni rivojlanish dinamikasini hisobga olish, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni tuzilishiga individual yondoshish hamda har bir sportchining alohida sifatlarini rivojlanish darajasidn kelib chiqib, unga tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda to‘liq dastur asosida muntazam takroriy tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bunda nazoratdagi ko‘rsatkichlardan har biri bo‘yicha o‘sish kattaligi aniqlanadi va maxsus tayyorgarlikni individual egri o‘sish tempi tuziladi. Bu ko‘rsatkichlar kelajakda iqtidorning uchta eng muhim mezonlariga aylanadi: dastlabki daraja, yakuniy daraja, o‘sish tempi. Albatta dastlabki darajaga nisbatan o‘sish tempi yuqori bo‘lgan bolalarga e’tiborni qaratish lozim. Yuqori iste’dod darajasini ko‘rsata olmagan bolalar, boshqa sport seksiyalariga kirishlari uchun tavsiya qilinishlar kerak. Bunday bahoni iloji boricha 18 oylik mashg‘ulotlardan so‘ng berish mumkin. O‘zlashtirish tempi orqada qolayotgan bolalarga, ularning individual tayyorgarligidan kelib chiqib, boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun aniq tavsiyalar berilishi lozim. Amaliy tavsiyalarda, 9-12 yoshli sportchilar uchun mashg‘ulot va musabaqa yuklama hajmi nazarda tutilgan. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida birinchi o‘quv yili mashg‘ulotlarini UJT dasturi bo‘yicha o‘tkazish tavsiya qilinadi (18-jadval). 18-jadval Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling