Maxsudova moxichehraxon psixologiyaning tadqiqot metodlar


Download 1.07 Mb.
Sana09.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1759930
Bog'liq
MAXSUDOVA MOXICHEHRAXON


MAXSUDOVA MOXICHEHRAXON
Psixologiyaning tadqiqot metodlar
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: 1. Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2. Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3. Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4. Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5. Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7. Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; 8. Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi.
Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psimxika to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik modelь, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi.
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshriuvchining mahoratiga va qiziqishiga yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shog’irdi A.Siman insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a so’rganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Bartegg, Reksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining na’munalarini kiritish mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi. Eng keng tarqatilgan testlar qatoriga:
1. Bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgandeagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo’ljallangan),yozma testlar(maxsus blankalardagi savollardan bitta to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va Jismoniy tarbiyada tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).
2. Insonning aql-idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga mo’ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular rebral va novebral shakllarda tuzilgan bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn farosatlik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va boholashga mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsining hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning maxsuldorligi; egiluvchanligi, tezkorligi, topqirligi, argenalligi, talabchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga yo’naltiriladi. 4. Me’zonga mo’ljallangan (kreterial orientirlangan) testlar tekshiruvchidan egallangan va kaspiy topshiriqlarni bajarish uchun etarli yoki etarli emasligini aniqlashga mo’ljallangandir. Me’zon (kreteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Me’zonning yaratilishi uning mantiqiy psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan me’zonning psixologik munosibligi, relevandligi oldindan hisobga olinishi lozim. 5. Shax’sga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi qadriyatlaga munosabati,emsiona holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o’rganish shakllari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash, baholash, o’zini o’zi baholashga yo’naltirilagn bo’ladi. Shuningdek, sub’ektivlikni aks ettiruvchi temtlartizimini ham qarmaboladi. 6. Proektiv testlar (lotincha prochestio – oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi) proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yahlit o’rganishga qaratilgan metodlar majmuosi proektiv testlar deyiladi. Endi testga ayrim misollarni keltiramiz. Ortiqcha so’zni chiqarib tashlang: a) Enisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr – u Evropada joylashgan); b) Petrozavodski, Ijevsk, Siktivka, Abakan (javob: Abakan – u Osiyoda joylashgan); Tajriba (eksperiment
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling