Bevosita(to’g’ri) harajatlar deb tegishli kalkulyatsiya obyektining tannarxiga to’ppa to’g’ri ya’ni bevosita o’tkaziladigan harajatlarga aytiladi. Masalan. Texnologik maqsadda sarflanadigan hom-ashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning asosiy ish haqi va hokozo. Bilvosita(egri) harajatlarga- bir necha hil maxsulotni tayyorlash bilan bog’liq( quvvat, suv, bug’ va hokozo) shuning uchun ular mazkur maxsulot turlari o’rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Maxsulot (ishlab chiqarish)ning ishlab chiqarish tannarxiga bevosita maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi shartlangan harajatlar kiritiladi. Ularga quydagilar kiritiladi.
materiallarga doir bevosita harajatlar
mehnatga doir bevosita harajatlar
bilvosita harajatlash, shu jumladan ishlab chiqarish ahamiyatidagi ustama harajatlar.
Turlari va vazifalari bo’yicha yordamchi ishlab chiqarishni quydagi guruhlarga ajratish mumkin.
-asbobsizlik
-ta’mirlash
-energetika
-transport
-idish
-tosh shag’am qum va boshqa noruda materiallarini qazib olish
-qishloq xo’jaligi maxsulotlarini tuzatish, kiritish va konservatsiyalash va boshqalar
Asosiy ishlab chiqarishga hizmat ko’rsatadigan yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha harajatlarni hisobga olish uchun , yordamchi ishlab chiqarishning har bir turi bo’yicha alohida hisob yuritiladidigan 2310 aktiv kalkulyatsiya hisobvarag’I qo’llaniladi. 2310,, Yordamchi ishlab chiqarish’’ hisobvarag’ining debitida hisob davri moboynida maxsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, yordamchi sexlar bo’yicha ishlarni bajarish bilan bevosita, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va boshqarish bilan bilvosita boshqa bo’lgan harajatlar jamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |