Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning turlari. Kirish
Buxgalteryada tannarxga oid bazi o’tkazmalar va korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari
Download 208.25 Kb.
|
Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet dayitlar
3.Buxgalteryada tannarxga oid bazi o’tkazmalar va korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari.
Keyingi yillarda korxonalar mahsulotlarining tannarxi tarkibida moddiy xarajatlar salmog‘i ortib bormoqda. Shu sababli mamlakatimizda qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan me’yorlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, tejamkorlik talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli mazkur dasturda ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan. Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (2-chizma). Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari 2-chizma
Korxonalarda har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun: korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanib, barcha ishlarning vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash; xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini oshirish; korxonalarning texnik va texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasini oshirish; mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. Masalan: Biz un ishlab chiqarish korxonasida buxgalter bo’lib ishlaymiz va bizning vazifalarimizdan biri bu ishlab chiqarayotgan maxsulotimizni tannarxini hisoblashimiz kerak va bu tannarxni yig’ish sho’ti buxgalteryada 2010-Asosiy ishlab chiqarish sho’tida yig’iladi.Biz un ishlab chiqarish uchun maxsulot, asosiy vositalarini eskirishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, komunal to’lovlar(suv,gaz, svet va boshqa komunal xizmatlar),ishchilarga ish haqi va boshqa barcha qilgan xarajatlarimizni yig’amiz va maxsulot tannarxini shu yo’l bilan aniqlaymiz. Dt 2010 Asosiy ishlab chiqarish Kt 1010 Xom ashyo va materiallar Kt 0220 Bino,inshoat va uzatuvchi moslamalarning eskirishi Kt 0530 Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi Kt 6710 Xodimlar bilan hisoblashishlar Kt 6010 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigon sho’tlar(komunal to’lovlar. Va shu yo’l bilan maxsulot tannarxi buxgalterya o’tkazmalarida aks ettiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar D.Xolboyev, U.N.Ibragimov "Moliyaviy hisob". O'quv qoʻllanma. -T-2016 I.K.Ochilov, J.E.Qurbonboyev “Moliyaviy hisob”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2007-y. A.Ibragimov va boshqalar “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2008-y. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” Internet dayitlar www.uz.unitial.com; www.wikipedia.uz www.hozir.org www.lex.uz. Download 208.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling