Ishning bajarilishi: 3-4 ml glyukoza eritmasiga 1-2 ml 5%-li natriy ishqori va 2-3 tomchi 5%-li mis sulfatdan solinadi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi. Probirka past olovda sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Avval sarik cho’kma (CuOH) hosil bo’ladi, keyin esa qizil cho’kmaga (Cu2O) aylanadi.
Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya
Feling reaktivi segnet tuzining alkogoli xisoblanadi. Monosaxaridlar Feling reaktivi bilan qaynatilganda, monosaxaridlar uni mis gidroksidigacha qaytarib, glyukon kislotasigacha oksidlanadi.
Reaktivlar: a) glyukoza yoki fruktozaning 1% li eritmasi. B)Feling reaktivi. Bunda 2 ta eritma tayyorlanadi: 1- 500 ml hajmli kolbada 34,64 g mis sulfat (CuSO4.5H2O) eritiladi va suv bilan o’lchov ko’rsatgichiga yetkaziladi. 2- 200-250 ml suvda 173 g segnet tuzi (COOK-CHOH-CHOH-COONa.4H2O) eritiladi. Eritma 500 ml li kolbaga solinadi. Uning ustiga 50 g natriy ishqori eritilgan 100 ml suv qo’shiladi va belgilangan joygacha suv solinadi. Eritmalar
alohida saqlanadi va ishlatilishi oldidan 2 ta eritma teng miqdorda qo’shiladi.
Ishning bajarilishi: 3-4 ml 1% li glyukoza yoki fruktoza eritmasiga teng miqdorda Feling reaktividan qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Natijada mis gidroksining qizil cho’kmasi tushadi.Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya hayvon va o’simlik to’qimalaridagi redutsirlangan qandlarning miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |