Maxsulotlardan kraxmalni ajratish


α- naftol yoki timol bilan boradigan reaksiya


Download 428.42 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi428.42 Kb.
#1022897
1   2   3   4
Bog'liq
7.ЛАБОРАТОРИЯ

α- naftol yoki timol bilan boradigan reaksiya.
Bu reaktsiya uglevodlarga xos eng sezgir reaktsiya hisoblanadi. Uglevodlar sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, furfurol va 5-oksimetilfurfurol hosil qiladi va bu hosil bulgan birikma α-naftol yoki timol bilan qo’shiladi, bunda triarilmetan xromogeni va oxirida asa sulgpfat kislota bilan oksidlangan, bo’yalgan xinoid birikmasi hosil bo’ladi.

Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 1% li timol, v) α –naftolning 0,2%- li spirtdagi eritmasi, g) kontsentrlangan sulgat kislota.
Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularning har biriga 2 ml dan glyukoza eritmasidan solinadi va 1-probirkaga 3-4 tomchi timoldan, ikkinchisiga esa shuncha miqdorda α -naftoldan solib, yaxshilab chayqatiladi. Shundan so’ng, har ikkala probirkaga kontsentrlangan sulfat kislotadan 1-2 ml probirka devori orqali quyiladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik qizil rangga, 2-probirkadagi suyuqlik esa binafsha-qizil rangga kiradi. Bu rang ikki qatlam chegarasida yaqqol namoyon bo’ladi.
Antron bilan reaksiya
Reaktsiya davomida sulfat kislota uglevodlar bilan birikib, furfurol, metilfurfurol yoki oksimetilfurfurol hosil qiladi. Bu birikmalar antron bilan kodensatlanib, yashil, havo-rang yoki ko’k rang beradi.

Antron
Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 0,5% li fruktoza, v) Antron reaktivi.


Ishning bajarilishi: Probirkaga glyukoza eritmasidan 4-5 tomchi solinadi va unga 2 ml antron reaktividan qo’shiladi. Probirka yaxshilab chayqatiladi va 30 minut xona haroratida qoldiriladi. Shundan so’ng kondensatsiyaning mahsuloti bo’lgan yashil yoki havorang birikma hosil bo’ladi.
Fruktozaga xos bo’lgan Selivanov reaksiyasi.
Fruktoza xlorid kislota bilan qaynatilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi va bu birikma rezortsin bilan olcharangli qizil rang hosil qiladi. Aldozalar bilan reaksiya juda sekin boradi, shuning uchun Selivanov reaksiyasini ketogeksozalar uchun xos bo’lgan reaksiya deb yuritiladi.

Download 428.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling