Reaktivlar: a) 0,5%-li fruktoza, b) Selivanov reaktivi: 0,05 g rezortsin 100 ml 20%-li xlorid kislotada eritiladi.
Ishning borishi: 1 ml Selivanov reaktiviga 1-2 tomchi fruktoza eritmasidan qo’shiladi va qaynab turgan suv hammomida 1 minut davomida qaynatiladi. Natijada olcharangli qizil rang hosil bo’ladi.
R-Oksimetilfurfurola rangli modda
Ketozalar uchun karbazol bilan boradigan reaksiya
Ketozalar uchun xos bo’lgan Selivanov reaksiyasi kabi , bu reaksiya ketozalar uchun spetsifik xarakterga ega.
Reaktivlar: a) 2,2% li fruktoza eritmasi, b) L-sistein xloridning 2,4% li eritmasi, v) karbazolning 0,1% li spirtli eritmasi, g) sulfat kislotaning 75% li eritmasi.
Ishning borishi: 0,1 ml fruktoza eritmasiga 2,4% li tsistein eritmasidan va 6 ml 75% li sulfat kislotasidan qo’shiladi. Aralashma yaxshilab chayqatiladi va tezdan 0,2 ml 0,1% li karbozolning spirtli eritmasidan qo’shiladi. Bir necha minutdan keyin qizil yoki binafsha rang hosil bo’ladi.
Fruktoza uchun mochevina bilan boradigan reaksiya
Reaktivlar: a) fruktozaning 2% li eritmasi, b) mochevinaning kukuni, v)kontsentrlangan xlorid kislota.
Ishning borishi: chinni likobchaga 0,5-1 g mochevina sepiladi va uning ustiga 5-6 tomchi kontsentrlangan xlorid kislotadan va 2-3 tomchi fruktoza eritmasidan qo’shiladi. Mochevinani eritish uchun likobcha sekinlik bilan chayqatiladi, keyin qaynab turgan suv xammomiga qo’yiladi. 10-15 minutdan keyin feruza-ko’k rangli xalqa hosil bo’ladi. Bu reaktsiyada aldogeksozalar qizil rang, riboza va boshqa aldopentozalar sariq rang hosil qiladi.
Trommer reaksiyasi
Glyukoza ishqoriy muhitda mis oksidlarini qaytarilgan holatga o’tkazadi va bunda o’zi glyukon kislotasigacha oksidlanadi. Glyukozaning kuchli oksidlanishi natijasida qand kislotasi va bir qator birikmalar hosil buladi.
Reaktivlar: a) 1%-li glyukoza, b) 1%-li natriy ishqori, v) 5% li mis sulfat.
Do'stlaringiz bilan baham: |