Maxsulotlardan kraxmalni ajratish


Download 428.42 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi428.42 Kb.
#1022897
  1   2   3   4
Bog'liq
7.ЛАБОРАТОРИЯ


7-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

MAXSULOTLARDAN KRAXMALNI AJRATISH

UGLEVODLAR


Uglevodlar eng muhim organik birikmalardan bo’lib, ular hamma tirik organizimlar tarkibiga kiradi, lekin o’simlik organizimida ko’proq bo’ladi. Uglevodlarning almashinuvi organizim uchun juda muhim hisoblanadi. Avvalambor tirik tabiatdagi organik moddalar o’simliklarda ketadigan fotosintez natijasida hosil bo’ladigan uglevodlardan hosil bo’ladi. Shu bilan birga xujayra uchun kerakli energiyaning asosiy qismi uglevodlar parchalanishida hosil bo’ladi. Bundan tashqari ayniqsa o’simliklarda va mikroorganizimlarda uglevodlar energiya deposi va struktura birligi bo’lib ham hizmat qiladi.
Keyingi yillarda bioximiklar uglevodlarni o’rganishga katga e’tibor bera boshladilar, buning sababi shundaki, uglevodlardan glikoproteidlar va glikolipidlar xujayrada ketadigan muhim jarayonlarda, jumladan morfogenez va differentsiyalanishda muhim ahamiyatga ega.
Uglevodlar tirik organizimlarda bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Masalan; pentozalardan riboza va dezoksiriboza nuklein kislotalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglevodlar ko’pgina antibiotiklarning tarkibiga kiradi. (masalan, streptomitsin, neomitsin, linkomitsin va boshqalarning). Uglevodlar immunitetning hosil bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. Ko’pgina antitelolarni hosil bo’lishiga sabab bo’ladigan mikrob antigenlari ham uglevodlar (polisaxaridlar) jumlasiga kiradi. Antitelo sifatidagilarga asosan glikoproteidlar — oqsillarning uglevodlar bilan hosil qilgan birikmasi kiradi.
Uglevodlar nomi ularning empirik formulasi Cn(H2O)m bo’lishi bilan belgilanadi. Uglevodlar 3 ta sinfga bo’linadi:
1. Monosaxaridlar
2. Disaxaridlar
3. Polisaxaridlar
Monosaxaridlar molekulasidagi uglevod atomlari soniga qarab triozalar (3C), tetrozalar (4C}; pentozalar (5C), geksozalar (6C), geptozalar (7C) ga bo’linadi.
monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari

Download 428.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling