Maxsus fanlar” kafedrasi


-rasm. Turli shakllarda rastrli obyektlar


Download 1.07 Mb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1618928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malaka ishi update

1-rasm. Turli shakllarda rastrli obyektlar
Shaxsiy kompyuter va uning dasturiy ta'minoti rivojlanishi
va takomillashtirilishi shunga olib keldiki, kompyuter yordamida oldinlari bajarilmagan vazifa va ishlar amalga oshirilishi mumkin bo'ldi. Shular qatoridan kompyuter yordamida tasvirlarni yaratish va ularga ishlov berish, ya'ni kompyuter grafikasi tushunchasi vujudga keldi. Albatta bundan oldin ham kompyuter grafikasi mavjud bo'lgan, lekin u asosan, dasturlash tillari yordamida yaratiladigan geometrik figura (shakllar) va tasvirlar bo‘lgan. Kompyuter grafikasi grafik interfeysga ega bo'lgan operasion sistemalar va dasturlar ishlab chiqarilganidan keyin keng tadbiq etila boshlandi. Kompyuter grafikasining ikkita yo'nalishi: rastrli va vektorli turlari bilan tanishib chiqamiz.
Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi.

2-rasm Ranglarning modellari
Ranglar/Namunalar/Stillar (Цвет/Образцы/Стили) - tasvirda foydalanishi mumkin bo'lgan ranglarni tanlash, yangisini qo'shish, tayyor stillarni qo‘llash;
Tarix/Amallar (История/Действия) - hujjat yaratilganidan (ochilganidan) boshlab uning ustida barcha bajarilgan amal va ishlovlar ro‘yxati (tarixi);
Qatlamlar/Kanallar (Слой/Канали) - tasvirni tashkil etuvchi barcha qatlamlar va rang kanallari bilan ishlash.
Vektorli grafika tushunchasi
Vektor grafikasi matematik obyektlar ustida tashqi qurilmalarga (monitor, printer) bog’liqsiz holda amallar bajaradi. Vektor grafikasida birinchi navbatda obyektning formasi o‘zgaradi, rangi esa ikkinchi darajali bo‘ladi. Sababi vektor grafikasida rang bilan shakl bir-biriga bog‘liq emas, shakl birinchi darajali, rang esa ikkinchi darajali bo‘ladi. Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu – rasm masshtabini qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o‘zgarmaydi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
1.2. Xo’sh, bu dasturda qanday ishlash mumkin?
3D Studio MAX da ob’ektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni ko’rish maydoniga keltirganingizda kursor shakli uzgaradi. Sichqoncha yordamida obyektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’ektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Obyekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki gadir-budir sirt berishingiz mumkin.
Ko‘rish maydonida yaratilgan obyektlarni xarakatlantirib, kichik animastiya xosil kilish mumkin. Buning uchun {Animastiya} tugmasini bosib, kadrlarni uzgartirgan xolda ob’ektni xarakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra animastiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animastiya xosil bo’ladi. Bu yaratilgan animastiyani fayl ko’rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling