Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklarlari:
mezonlarni ishlab chiqish ko’p vaqt talab qiladi;
mezonlarning ob’ektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniqlashtirishga nisbatan talablar sonining ko’pligi;
ijtimoiy fan yo’nalishlari bo’yicha mezoilar ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch kslinadi.
Me’yorga asoslangan baholash – nisbiy baholash shakli bo’lib, u baholashda so’ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijadarini o’zaro taqqoslash orqali o’lchashdan iborat.
Me’yorga asoslangan baholash ham ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o’zaro taqqoslash orqali o’lchanadi. Me’-yorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko’rsatkich-larga va ta’lim olish shart- sharoitiga ko’ra o’zgarishi mumkin bo’la-di. Masalan, o’qituvchida xayrihohlikning paydo bo’lishi, o’qituv-chining o’ta qat’iyligi sababli ham baho o’zgarishi mumkin.
Me’yoriy (normaga asoslangan ) baholashning afzalliklari:
Me’yoriy asoslangan baholashning kamchiliklari:
baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi;
ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo’yadi;
baholar o’qituvchi tomonidan sub’ektiv tarzda belgilanishi mumkin;
ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo’yib yuborishga olib keladi. Bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy tarzda baholashning pasayishiga yo’l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |