Maxsus fanlarni o‘qitish natijalarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning tutgan o‘rni. Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablar. Reja
Download 32.85 Kb.
|
8.m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Maxsus fanlarni o‘qitish natijalarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning tutgan o‘rni. Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablar. Reja: 1. Mustaqil talimda qollaniladigan eng muhim metodlar. 2.Talabaning mustaqil ishidan maqsad va vazifalari . 3.Mustaqil ishlarini tashkil etish oziga xos jihatlari 4.Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari. 5.Kurs ishidan maqsadi va tayorlash metodikasi. Mustaqil talimda qollaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga oquv axborotini uning oziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. oquv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funk siyalarni barchasini bajaradi. Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki para-graflarni sinchiklab oqish, berilgan materialni organish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bolishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qoyilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qollash mumkin. Kitob ustida ishlash talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda kop talabalar oqishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki oqiganlarining ma'nosiga toliq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima? Nima sababdan oquvchilar ham, talabalar ham oquv adabi yotlari bilan ishlashni qiyin korishadi? Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot otkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi: Birinchidan, darsliklar, kopincha noaniq, mujmal yozilgan boladi, hech bolmaganda matnni tushunish uchun zarur bolgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi. Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan sozga duch kelgach, tipik holatda ozini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qoya qoladi. Uchinchidan, oquvchi, talabalar kopincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni kozlashadi. Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan oquvchi, talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «muallifdan sorang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qollab darsni boshlashdan oldin oqituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bolavermaydi. Uni tushunmagani uchun oquvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, sozni sozlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini soraymiz. Yozma matn, ya'ni kitob ma'nosi tushunarli bolmasa, uni tushuntirib berishlarini sorash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki ozi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi. Buning uchun oqituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida organishi mumkinligini korsatadi. Bu organilayotgan fan boyicha darslik, oquv qollanmasi yoki gazeta, jurnallarda chop etilgan bevosita organilayotgan mavzuga taalluqli ilmiy maqolalar bolishi mumkin. Bunda oqituvchi talabalarga mavzu boyicha oquv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani oqishni taklif etadi. Songra oqituvchi talabalaiga: Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, oqituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bolishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bolardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi. Bu metodni boshqacha variantda, dars otishni uch kursga bolib quyidagicha qollash mumkin: Dastlab, oqituvchi talabalaiga kitob yoki ilmiy maqolani oqib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi. Songra, ikkinchi kursda muallif nima haqida fikr yuritayotgani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi. Uchinchi kursda, oqituvchi talabalardan ozlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bolar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi. Tortinchi kursda, talabalar yozgan javoblar ozaro tekshiriladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar boyicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash. Talabalar oz fikrlarini bildirgach, ularni solishtirib, oqituvchi ozi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun avvaldan nimalarni oqigan bolishi, nimalarni bilish kerak? va hokazo. Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalaiga ball beriladi Bunday usulni qollash talabalarni oqishni faol organishga undaydi. Undan tashqari talabalarni oz fikrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni oigatadi. «Muallifdan sorang» usuli boyicha talabalar ozlari yangi matn bilan ishlab, yozishni organishadi. Kopincha, talabalar oliy oquv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar hayron bolishadi, nahot shu narsalami bilmaydi, oquv yurtini bitirib keldi-ku, u yerda bu narsalarni oqitgan, orgatgan bolishi kerak edi, deb. Psixologlarning fikricha, buning asosiy sababi, eng avvalo, har bir kishi oqishdan aniq maqsad qoymas ekan, kozlagan natijaga erishib bolmaydi. Agar aniq maqsad qoyilmasa, bilimli mutaxassis emas, oqiganini tutiqushdek takrorlovchi, bilganini real hayotda qanday qollashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi. Talabalar kitob yoki maqola oqir, ekan, unga olgan bilimi yoki undagi berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball toplashda qanday foydalansam boladi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb egasi bilimi jihatidan undan ustun bolmasada, mutaxassisligi boyicha qoliga kitob tushsa, eng avvalo, undan ish jarayonida qanday foydalanish mumkinligiga e'tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda. Shuning uchun ham hozirda oquv yurtlarini bitiruvchilarni egallayotgan kasblari boyicha amaliyot bilan boglashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunda nazariya bilan amaliyotni boglovchi dars otish metodlarini qollash muhim ahamiyatga ega. Kitob oqituvchi tomonidan tavsiya qilinishi yoki talabalarning ozlari tanlashlari mumkin. oqituvchi talabalrning hikoyasini tinglab yoki esselarini oqib, uni - naqadar real hayot bilan boglanganligi, fikrning originalligi, bayon qilinishiga qarab ball berishi lozim. «Bilaman, Bilmoqchiman,Bildim (BGBGB)» Bu metod talabalarni kitob, ilmiy maqolalarni oqishga, bilmaganlarini organishga harakat qilishlariga yordam beradi. Barcha talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlaydi. Bu metodni qollashda oqituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi. Organilgan mavzu boyicha savollar va ularning javoblarini, oqiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu boyicha bilish lozim bolgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi. Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu boyicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini korsatishi uchun jadval chiziladi. Talabaning mustaqil ishidan maqsad oqituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan oquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bolgan bilim va konikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat boladi: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta ozlashtirish konikmalariga ega bolish; kerakli ma'lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbalaridan samarali foydalanish; an'anaviy oquv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash; elektron oquv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ish-lash; internet tarmogidan samarali foydalanish; berilgan topshiriqni muntazam va me'yorida bajarish; ma'lumotlar bazasini tahlil etish; topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; natijalarni muhokamaga tayyorlash va korsatilgan kamchilik-larni qayta ishlash; ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki goyani asoslash, mutaxssislar jamoasida himoya qilish va boshqalar. Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bolib, ularni bir qismi oquv rejasida kozda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya'ni talabalar oz xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin. Mustaqil ishlarini tashkil etish oziga xos jihatlari bilan ajralib turadi: Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bolishini ta'minlashda ikki narsaga e'tibor qaratish kerak: A) mustaqil ish - oqishning, aqliy mehnatning alohida turi; B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengayadi. Ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, oqitishning interfaol usullarini qollash oqituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas'uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik texnologiyaning maqsadi oqitish emas, balki ularni mustaqil oqishga orgatishdir. Demak, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish oquvchilarda mustaqil ta'lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi. Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qoyiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq koz oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas. Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning oziga xos jihatlari uni tashkil etishning tamoyillari bilan uzviy bogliq bolib, ular quyidagilar: 1.Mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazamligidir, ya'ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma'lumki, oquv jarayonini tashkil etishda qafiy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta ozlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik korishi kerak. Bugungi otiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va ozlashtirishi uchun otilganlarni oz qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, organishi zarur. Chunki ma'ruzada talabaga yollanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib bolmaydi. Uning iloji yoq, ma'ruzada otilgan, muhokama qilin-gan masalalarni psixologlarning tadqiqoti natijalariga kora, atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. Ozi oqib organgani, organganlarini boshqalarga orgatishi esa bir necha baravar kop yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, talabaning ozini mustaqil tayyorlanib oqishi fanni organishda, uni asosiy mazmunini tushunish va ozlashtirishida, tahlil qilishi, oz fikrini ifodalashida muhim rol oynaydi. Mustaqil ishiarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni korsatadiki, 1725 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq otiradigan bolsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchogi yozilishi qiyin bolgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi. Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada otkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat boladigan bolsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bolsa 3 soatdan koproq, agarda ko'p.bo'lsa, kamroq tarzda rejalashtirish kerak. Oliy oquv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 2224 soat atrofida boladi. Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, gayrat qilib ishlashini moljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda sobir talaba ozini zorlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni organishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa, umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish mumkin. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar boyicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin kop narsa talabaning oziga ham bogliq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi. Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash konikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga orgatilmasa, u ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan kochirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda ozi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin. Bunda, yangi yoki oldindan ma'lum bolsada, ungacha boshqacha nuqtayi nazardan qaralgan goya, fikrlarni tadqiq qilish, ya'ni axborotlar toplash, ular ustida ishlash, oz fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi. TosFarMI da talabalar mustaqil ishi O`zbekiston Respublikasi OO`MTVning 2005 yil 21 fevral 34 buyrug`i bilan tasdiqlangan ―Ta'lim mustaqil ishini tashkil etish‖ to`g`risidagi Namunaviy nizom asosida Toshkent Pedagogika instituti bo`yicha ishlab chiqilgan va MUK ning 2013 yil 26 fevralda tasdiqlangan ―Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash to`g`risidagi Nizom‖ asosida olib boriladi. Talabalar mustaqil ishi uchun Pedagogika fanidan tasdiqlangan namunaviy dasturga kiritilgan mavzular bo`yicha har bir talabaga har bir semestrda alohida topshiriq beriladi. Topshiriq talabalarga amaliy mashg`ulotlarni olib boradigan o`qituvchilar tomonidan beriladi va o`qituvchi jurnalida belgilangan bo`ladi. TMI ballarini JN o`z ichiga olgan. TMI ni topshirmagan talaba YaB ga qo`yilmaydi. TMI TIJ bo`yicha olib boriladigan ilmiy anjumanga maqola tayyorlash, mavzular bo`yicha jadvallar, slaydlar, referativ ma`ruza, vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakllarda tashkil etilishi mumkin. Kurs ishlarini bajarish talabalarni mustaqil fikrlashiga, olgan ko`nikmalarini mukammallashtirishga yordam beradi. Uning asosida ilmiy tekshirish ishlarini elementlari mavjud bo`lib, bu esa o`z navbatida kafedrada o`quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga va rivojlantirishga yordam beradi. Kurs ishidan maqsad Pedagogika fanini o`qitish mobaynida bo`lajak Pedagoglarning malakasi uchun qo`yilgan talablarni amalga oshirish maqsadida talabalarning olgan nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish, olgan nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalari to`g`ri ekanligiga ishonch hosil qilish va ilmiy adabiyotlarda keltirilgan malumotlarni taxlil qilish va oldiga qo`yilgan masalalarni mustaqil yecha bilishga erishildi. Ushbu maqsadga talabalar muntazam ravishda mahsus adabiyotlar ustida ishlab, bilim doiralarini kengaytirish va kichik eksperemental izlanishlarni mustaqil amalga oshirish orqali erishadilar. Talabalar Pedagogikadan kurs ishi bajarish jarayonida ishlanayotgan mavzuning ahamiyatini va oldilarida turgan vazifalarni aniq tasavvur eta olishlari hamda darsliklar va ilmiy adabiyotlar ustida ishlay bilishlarini ko`rsata olishlari, shuningdek, adabiyotlardagi malumotlarni tanqidiy baholab, mustaqil ravishda umumlashtirib, xulosa qila olishlari shart. Agarda talabalar eksperemental mavzular ustida ishlasalar, kelgusidagi ilmiy tekshirish ishlar uchun kerak bo`ladigan yoki dorivor o`simlik mahsulotlarini tayyorlash, taxlil qilish va qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi dorixonalar ishiga asqotadigan takliflar kirita bilishlari lozim. Kurs ishlarini talabalar o`qituvchilar raxbarligi ostida yozuv qog`ozi hajmida 25-30 varaqda, qoida bo`yicha intervaliga amal qilgan holda, 20 tadan kam bo`lmagan adabiyot malumotlaridan foydalanib bajaradilar. Ilyustratsiyalar (rasmlar, grafika, jadval va chizmalar) mavzu bo`yicha bajariladi. Agarda tasvirlar surat holida bo`lsa, ishning kerakli joyiga yopishtiriladi. Tipografik rasmlarni yopishtirish tavsiya etilmaydi, chunki ular ishni ortiqcha bezatilishiga sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa, darsliklar, qo`llanmalar, monografiya va boshqa adabiy manbalardan olingan rasmlarni qo`llash taqiqlanadi. Bunday hollarda talabalarni javobgarlikka tortilib, kurs ishi qabul qilinmaydi. Kurs ishlari yil davomida olib borilib, 6 semestr yakunida himoyasi o`tkaziladi. Kurs ishlari 100 ballik tizimida baholanib va reyiting daftarchasiga qo`yiladi. Pedagogikadan kurs ishi kafedra professor-oqituvchilari tomonidan tuzilgan, 10 bo`lim va 401 mavzuni o`z ichiga olgan uslubiy qo`llanma asosida bajariladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1.Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет. 2.D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet. 3.Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013. 4.Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014. 5.Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б. w.w.w.uz Library.uz Yandex.Ru Ziyonet.uz Download 32.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling