Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari, asosan, ikki usulda tuziladi:
Elektron balans usuli. 2. Yarimreaksiya usuli.
Elektron balans usuli qaytaruvchi yo‘qotgan umumiy elektronlar sonini oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soni bilan baravarlashga asoslangandir. Bunda quyidagilarga amal qilish kerak:
Eng avval reaksiya sxemasi, ya’ni reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalarning formulalari yoziladi. Masalan:
Cu + HNO3 = Cu (NO3)2 + NO + H2O
Reaksiyadan oldin va reaksiyadan keyin oksidlanish darajasi o‘zgargan elementlarning oksidlanish darajalari hisoblab topiladi va ular har qaysi elementning belgisi tepasiga yozib qo‘yiladi:
0 +5 +2 +2
Cu + HNO3 = Cu(NO3)2 + NO + H2O
Oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini ikki qatorga yozib, oksidlovchining olgan va qaytaruvchining bergan elektronlari soni ularning yoniga yoziladi:
Cu0 — 2e Cu2+ 2
N5+ + 3e N2+ 3
Misning bergan va azotning olgan elektronlarini balans qilish uchun sxema quyidagicha ko‘chirib yoziladi:
Cu0—2e Cu2+ 2 3
N5++3e N2+ 3 2
Bu topilgan koeffitsiyentlar o‘zaro qisqarsa, qisqarti- riladi va oksidlovchi hamda qaytaruvchining oldiga, ya’ni oksidlovchining olgan elektronlari soni qaytaruvchiga koef- fitsiyent sifatida, qaytaruvchining bergan elektronlari bo‘lsa oksidlovchiga koeffitsiyent sifatida qo‘yiladi:
Cu + HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Reaksiyada ishtirok etayotgan boshqa birikmalarning koeffitsiyentlarini topishda tenglamaning o‘ng va chap tomon- lari bir-biri bilan taqqoslab chiqiladi:
3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |