Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika)


Download 34.37 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi34.37 Kb.
#1467699
  1   2   3
Bog'liq
Shoira annotat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Fakultet: Maxsus ta’lim va inklyuziv ta’lim
Kafedra: Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim
O’quv yili: 2022-2023
Magistratura talabasi: Shoira Shomuratova


Ilmiy rahbar: p. f.d., professor Z.N.Mamarajabova
Mutaxassisligi: 70110401-Maxsus pedagogika, defektologiya (Surdopedagogika)




« ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH » MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirish, nutqiy malakalarini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslarini G‘.Azizov, T.U.Ziyadova, Koyenov Shamuel, G.M.Axmedova, M.B.Mirmaqsudova, A.Q.Nisanbayeva, Sh.Sh.Yuldasheva tomonidan tadqiq etilgan. Umumta’lim maktabida adabiy ta’limning ilmiy-metodik asoslari, o‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va rivojlantirish, adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularda adabiy nazariy tushunchalarni shakllantirish va takomillashtirish masalalari F.Badriyev, Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov, U.M.Marasulova, M.Mirqosimova, R.X.Niyozmetova, Q.P.Husanbayevaning ilmiy ishlarida tadqiqot ob’yektlari bo‘lgan. M.Yu.Ayupova, Sh.Aripova, L.R.Muminova, X.M.Pulatova, N.X.Raxmonkulova tomonidan nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etish, nutqiy faoliyat faolligi va lug‘at boyligini oshirish, V.S.Raxmonova, N.Musayeva, D.A.Nurkeldiyeva, R.Sh.Shomaxmudova, M.P.Xamidova, M.F.Xakimova tomonidan aqli zaif bolalarni ona tiliga o‘rgatish, lug‘at boyligini shaklantirish, maktabga nutqiy tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish, N.Z.Abidova tomonidan ko‘zi ojiz bolalarni nutqini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Maxsus maktab o‘quvchilarini savodga o‘rgatish, so‘zlashuv nutqini va eshitish idrokini shakllantirish va rivojlantirish, bo‘lajak surdopedagoglarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasining ilmiy-nazariy, metodik asoslari o‘zbek surdopedagog olimlardan F.D.Alimxodjayeva, M.M.Abdullayeva, N.Sh.Bekmurodov, X.M.Gaynutdinov, D.A.Nazarova, R.R.Rustamova, U.Yu.Fayziyeva, M.M.Qodirov, F.U.Qodirova, Z.N.Mamarajabova, F.R.Teshaboyeva D.B.Yakubjanovalarning ilmiy ishlarida metodik jihatdan tahlil etilgan.

Download 34.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling